Falsafa yakuniy nazorat javoblari 1 Falsafa atamasi va u ifoda etadigan bilimlar majmui. Falsafaning baxs mavzulari va asosiy muammolari


) Ijtimoiy taraqqiyot va falsafiy tafakkur



Yüklə 165,19 Kb.
səhifə13/92
tarix28.05.2023
ölçüsü165,19 Kb.
#113638
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   92
Falsafa yakuniy nazorat javoblari 1 Falsafa atamasi va u ifoda e

12) Ijtimoiy taraqqiyot va falsafiy tafakkur.
Falsafaning umumbashariy fan ekani uning bahs mavzulari va asosiy muammolarini belgilab beradi. Shu ma’noda odam va olam, ularning ibtidosi va intihosi, hayoti va o’zaro munosabatlari, inson tafakkuri, tabiat va jamiyat taraqqiyotining umumiy qonuniyatlari falsafa uchun azaliy muammolardir. Shu bilan birga muayyan davrda tug’iladigan va hal etiladigan o’tkinchi muammolar ham bo’ladi. Ular abadiy muammolar darajasiga ko’tarilmasada, o’z davrining talab va ehtiyojlaridan kelib chiqqani uchun muhim ahamiyat kasb etadi.
Falsafa yangi g’oyalarning tug’ilishiga imkon beradi, hayot, ijtimoiy tajriba bilan uzviy bog’liq holda rivojlanadi. U tarixiy davr bilan mustahkam aloqadorlikda taraqqiy etadi. Har bir tarixiy davr uning oldiga yangi masala va muammolarni qo’yadi. Falsafiy muammolar bevosita hayot zaruratidan tug’iladi. Aynan ular orqali falsafada davrning taraqqiyot tamoyillari va uziga xos xususiyatlari aks etadi. Masalan: hozirgi davrda istiqlol mafkurasi falsafiy asoslarini izoxlash zarurati bilan belgilanadi. Falsafiy ta’limotlarda jamiyat hayotining barcha sohalari, tarixiy jarayonga xos tamoyillar, ijtimoiy guruxdarning manfaat va kayfiyatlari, tafakkur usullari o’z aksini topadi. Shuning uchun ham muayyan ijtimoiy kuch, sinf, guruh, partiya va oqimlar o’z maqsad-muddaolari va g’oyalarini ilmiy asoslashda falsafadan foydalanadi. Falsafadagi ustuvor qarash va qoidalar davr mahsuli bo’lgani uchun zamonning taraqqiyot tamoyillari va muammolari unda o’z ifodasini topadi.


13) Istiqlol va falsafiy tafakkurni yangilash zarurati.
Falsafiy tafakkur rivoji insoniyat taraqqiyoti bilan uzviy bog‘liq jarayondir. Ma’lumki, hayotdagi voqea-hodisalarning barchasi ijtimoiy ongda aks etadi. Taraqqiyot jarayonida davrlar o‘zgarishi bilan unga xos ma’naviy, huquqiy, siyosiy va falsafiy mezonlar ham shakllana boshlaydi. Ammo bu o‘z-o‘zidan yuz bermaydi. Ayniqsa, inson tafakkurining o‘zgarishi, dunyoqarashning yangicha tamoyillarga ega bo‘lishi uzoq davom etadigan murakkab jarayondir.
Hozirgi kunda jamiyatimizda istiqlol g‘oyalariga asoslanadigan yangi dunyoqarashni shakllantirish asosiy vazifa bo‘lib turibdi. Zero, inson dunyoqarashini, uning asosiy tamoyillarini o‘zgartirmasdan, yangi jamiyatni qurish qiyin. Istiqlol talablari darajasida falsafiy tafakkurni yangilash vazifalarini bajarish g‘oyat murakkab bo‘lib, quyidagi bir qator muammolarni hal qilishni taqozo etmoqda:

  • mustabid tuzum mafkurasining ijtimoiy, ma’naviy va falsafiy sohalardagi asoratlarini bartaraf etish;

  • kishilar ongi va turmush tarzidan sobiq tuzumga xos g‘ayriinsoniy tamoyillarni siqib chiqarish;

  • O‘zbekiston falsafasida jahon falsafiy tafakkuri yutuqlaridan yanada kengroq foydalanish;

  • bozor munosabatlariga bosqichma-bosqich o‘tish jarayonida nafaqat oddiy fuqaro, balki ziyoli va falsafa mutaxassislarining ongida hamon saqlanib kelayotgan loqaydlik va mutelik kabi kayfiyatlarga barham berish;

  • ma’naviy merosimizni qayta tiklash va ijodiy rivojlantirish jarayonida buyuk ajdodlarimiz falsafiy merosini yanada keng va chuqurroq o‘rganish;

  • falsafiy adabiyotlarni milliy manfaatlarimizga yanada ko‘proq moslash, qo‘llanma va darsliklarimizda milliy g‘oya va istiqlol mafkurasi tamoyillarini aks ettirish;

  • istiqlol talablariga mos keluvchi sog‘lom g‘oyali ma’naviy barkamol avlodni tarbiyalash zaruratiga mos tadqiqotlar olib borish, ular asosida ta’lim-tarbiyaning samarali usul va imkoniyatlarini izlab topish.

  • jahon va Sharq xalqlari falsafiy merosini puxta va chuqur o‘rganish, bu jarayonda turli g‘oya va mafkuralarning davlatlar va xalqlar taqdiriga ta’sirini aniq ko‘rsatish va shu asosda istiqlol mafkurasining tamoyillarini kishilar ongiga singdirish.

14) Istiqlol falsafasining asoslari.


Mustaqil taraqqiyot ma’naviy yangilanish borasidagi asosiy omil ekani har qanday mamlakat, jumladan, O’zbekiston uchun ham tarixiy qonuniyatdir. Shu bilan birga, istiqlolning ma’no-mohiyatini kishilarga to’g’ri anglatish, ularni mustaqillik bergan imkoniyatlarni amalga oshirishga jalb etish bilan bog’liq nazariy va amaliy faoliyat ham nihoyatda muhim. Mustaqillik yillarida falsafaning yangilanishi uchun zarur asoslar shakllandi.

Yüklə 165,19 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   92




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə