F. I. O. Imzo Sana Bet



Yüklə 145,74 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə9/14
tarix22.03.2024
ölçüsü145,74 Kb.
#181935
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Boyitish mahsulotlarini termik qayta ishlash jarayonlari.

F.I.O. 
Imzo
 
Sana

Bet. 
 
TDTU OF 60712100-Metallurgiya. Rudalarni qayta 
ishlashga tayyorlash. 1Es-22 Мet. Mustaqil ish. 2023. 
 ass. Jalolov B.A . 
в Б.А. 
Eshonqulov X. S 
Bajardi
 
 
Tekshirdi
 
pechlarda aglomeratsiyalashning bu turini sanoat miqyosida qo‘llash bir muncha 
cheklangan. Aglomeratsiyaning nisbatan kengroq tarqalgan usuli havoni sizib 
o‘tkazish usuli hisoblanadi. Bu usulning mohiyati quyidagilardan iborat: 
qizdiriladigan ruda maydasi qattiq yonilg‘i (koks maydasi, maydalangan antratsit) 
bilan aralashtiriladi. Olingan aralashma idishga yoki panjarali taglikka ega alohida 
yondiruvchi aravachalardan tashkil topgan uzluksiz plastinkali transportyorlarga 
joylanadi. Panjara ostida havoni siyraklashtiruvchi kamera joylashgan bo‘lib, unda 
panjara ustidagi shixta qatlami orqali atmosferadan havoni so‘rib olishni 
ta’minlovchi vakuum hosil qilinadi. Agar yonilg‘ini shixtaning yuqori qatlamlarida 
yoqilsa, issiq gazlar shixta orqali sizib chiqadi va yoqilg‘ini yonish zonasi shixtaning 
yuqoridan pastga to panjaraga yetguncha suriladi va yoqilg‘ining yonish jarayoni 
tugaydi. Shixtada yonilg‘i tekis taqsimlansa yonish jarayoni shixtaning barcha 
uchastkalarini qamrab oladi. Shixta qatlamida ketuvchi jarayonlar shixtaning 
komponentlari orasida boruvchi murakkab fizik-kimyoviy reaksiyalarning o‘zaro 
qo‘shilishidan iborat. Yoqilg‘i ruda maydasi bilan to‘qnashganda shixtadagi harorat 
1300oCgacha va undan ham yuqori ko‘tariladi va bu xol kimyoviy reaksiyalarning 
rivojlanishiga olib keladi. Shixtaning ruda qismidagi temirning mineral shakli 
qanday bo‘lishidan qa’ti nazar, aglomeratda temir asosan magnetit, uncha ko‘p 
bo‘lmagan miqdorda temir (II) – oksid ba’zan Metall holidan temir silikati – fayalit 
(Fe2SiO4) yoki 2FeO ∙ SiO2 holida ifodalanadi. 
3Fe₂ O₃ +CO= 2Fe₃ O⁴ +CO₂ Fe₃ O₄+ CO = 3Fe O+ CO₂ 
Fe O+ CO= Fe +CO₂ 
Yuqori haroratda magnetit gematitga nisbatan mustahkamroq shakl hisoblanadi, 
uglerodning miqdori yetarli bo‘lganda u temir (II) – oksid va metall holidagi 
temirgacha qaytariladi. Aglomeratsiya jarayonida shixtani tashkil etgan 
komponentlarning temir silikati, kalsiy feritlari, shlakli qo‘shimchalar hosil qilib 
qayta kristallanishi sodir bo‘ladi. Bunda 1100–1200°C haroratda oson eruvchi 
birikmalar qisman eriydi. Bu erigan moddalar hosil bo‘lgan aglomeratga 
mustahkamlik beruvchi moddalar hisoblanadi. Shixtani yuzidan boshlab 
yondirishdan va panjara ostida vakuum hosil qilishdan so‘ng shixta qatlamida 
quyidagi 6 ta zonaning izlarini ajratish mumkin: 1) o‘rindiq zonasi, 2) o‘ta namlash 
zonasi, 3) quritish zonasi, 4) jadal qizdirish zonasi, 5) yonish zonasi, 6) aglomeratni 
sovutish zonasi. 



Yüklə 145,74 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə