Evolyutsiya jarayonini tadqiq qilishning asosiy usullari Reja


O‘SIMLIKLARNING KO‘PAYISH XILLARI VA UNDAN SELEKSIYADA FOYDALANISH



Yüklə 84,17 Kb.
səhifə4/8
tarix23.12.2023
ölçüsü84,17 Kb.
#156309
1   2   3   4   5   6   7   8
Evolyutsiya jarayonini tadqiq qilishning asosiy usullari

5 O‘SIMLIKLARNING KO‘PAYISH XILLARI VA UNDAN SELEKSIYADA FOYDALANISH


O'simliklarning ko'payish usullari. O'simliklarda ko'payishning uchta xili: jinsiy, jinssiz va vegetativ ko'payish farqlanadi.
Jinsiy ko'payishda yangi organizm ikkita jinsiy hujayralarning qo'shilishidan hosil bo'ladi.
Jinssiz ko'payish sporali o'simliklar uchun xos bo'lib u yoki bu darajada aniq navbatlashadigan jinssiz diploid (sporofit) va jinsiy gaploid (gametofit) ko'payishni o'z ichiga oladi. Jinssiz ko'payishda yangi organizm sporofitlarda hosil bo'ladigan sporalardan rivojlanadi.
Vegetativ ko'payish- o'simliklarning vegetativ qismlaridan yani tallom bo'lakchasidan yoki tuban o'simliklarda ayrim bir hujayralardan, yuksak o'simliklarda organlar hamda ularning ayrim qismlaridan yangi organizm paydo bo'lishini o'z ichiga oladi.
V.V.Skripchinskiyning (1977, 1985) ma’lumotlari bo'yicha o'simliklarda ko'payish evolyutsiyasi quyidagicha bo'lgan bo'lishi mumkin. Birinchi bosqichda hujayralarning oddiy bo'linish yo'li bilan ko'payish usuli, sporalar hosil qiluvchilarga, keyinroq esa jinsiy ko'payishga almashgan. So'ngra jinsiy va jinssiz ko'payishning birlashishi natijasida avlodlarning navbatlashishi xos bo'lgan turlar hosil bo'lgan. Keyinchalik nisbatan yuksakroq rivojlangan suv o'simliklarida yashash muhitiga ko'proq moslashgan ko'payishning bitta turi dominantlik qila boshlagan. Yer usti o'simliklarida bu hol yanada yaqqolroq yuz bergan, masalan moxlarda sporofit yakka o'zi yashay olmaydi va gametofit hisobiga yashaydi. Qolgan yuksak o'simliklarda buning teskarisi yuz berib gametofit reduktsiyalangandir ya’ni paporotniksimonlarda ular hali o'simta ko'rinishida mustaqil holda saqlanib qolgan bo'lsa, gulli o'simliklarda mikrogametofit 2-3 hujayraga redutsirlangan bo'lib, makrogametofit ertangi bosqichda sakkiz yadroli murtak xaltaga aylangandir.
Ko'payishning anatomik-morfologik jihatlari ko'pchilik o'simliklarda yaxshi o'rganilgan bo'lsada, uning fiziologik asoslari hozircha yaxshi o'rganilmagan.

Yüklə 84,17 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə