Eurasian journal of mathematical theory and computer sciences


EURASIAN JOURNAL OF MATHEMATICAL



Yüklə 0,59 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/6
tarix24.03.2023
ölçüsü0,59 Mb.
#103116
1   2   3   4   5   6
EJMTCS0307

EURASIAN JOURNAL OF MATHEMATICAL 
THEORY AND COMPUTER SCIENCES 
 
Innovative Academy Research Support Center 
UIF =
 
8.3
 | 
SJIF =
 
5.916
 
www.in-academy.uz
 
Volume 3 Issue 3, March 2023 ISSN 2181-2861 
Page 43 
ololmaydi. Shuning uchun ham inson o’z bilish – anglash jarayonida tabiatning ob‘ekt va 
hodisalaridan ma‘lum bir sifat va xususiyatlarini sun‘iy ravishda ajratgan va ularni turli bilim 
sohalariga kiritgan. Masalan, suvning ho’llash xossasini o’rganishni molekulyar fizikaga, uning 
shaffoflik xususiyatini optikaga, tarkibi va tuzilishini o’rganishni kimyo va fizikaning turli 
bo’limlariga kiritgan. Bunday differensial yondashuv bir tomondan fanning ma‘lum bir davri 
uchun shubhasiz to’g’ri yo’l bo’lgan. Oqibatda, shu narsaga olib keldiki, ko’p fanlar o’zining 
rivojlanishida krizisga uchrab qoldi. Masalan, suyuqlikning sirt tarangligini o’rganish bo’yicha 
adabiyotlarda 180 dan ortiq risola mavjud bo’lishiga qaramasdan, hozirgacha uning 
nazariyasi yo’q. Elementar zarachalar fizikasida ham shunday hol kuzatiladi. Bunday holni 
boshqa sohalarda ham uchratish mumkin. Masalan, biologiyada Darvinning evolyusion 
nazariyadan va nasl molekulasi DNK (dezorubin nuklid kislota) ochilishidan boshqa kashfiyot 
bo’lgan emas. Keyingi kashfiyotni ham rentgen usuli bilan fiziklar aniqladi. Fan va texnikaning 
tez sur‘atlar bilan rivojlanishi, uning integratsiyasi, hozirgi vaqtda ro’y berayotgan 
globallashuv jarayonida fanlarning integratsiyasini hal qilish masalasini kun tartibiga 
qo’ymoqda. Bu ikki tendensiyaning o’zaro munosabatlarini rus olimi N.N. Moiseev 
quyidagicha aniqlaydi: haqiqatdan ham bilimlar daryosi juda ko’p sondagi shaxobchalarga va 
oqimlarga bo’linib ketmoqda, lekin bu uzluksiz teskari jarayonning yuz bergani sababli, uning 
qurib qolishiga olib kelmaydi. Inson faoliyatining sohalari kengayib bormoqda. Alohida 
yo’nalishlar bir qator tor yo’nalishlarga bo’linib ketayotganligi, butunlay yangi bilim 
sohalarining paydo bo’lishi kutilmoqda. Bunday o’sishning ma‘lum bir ijobiy tomonlaridan 
tashqari salbiy tendensiya-ko’pchilik ongida olamning bir butunlik manzarasini yo’qolishi 
ham kuzatilmoqda. Buni stress o’sishi, psixologik majmualarning paydo bo’lishi, ijobiy 
qobilyatga bo’lgan susayishi kabi sotsial muammolar bilan bog’lanmoqda. Yuqorida aytib 
o’tganimizdek, bu yerda teskari jarayonni, ya‘ni faoliyatni turli yo’nalishlarida o’rganilgan 
natijalarni integratsiyalash va ular o’rtasida o’zaro aloqalarni o’rnatish zarur 
bo’lib qolmoqda. Bu esa oqibatda odamlar ongida olamning yagona manzarasining hosil 
bo’lishiga olib keladi. 
Tabiy-ilmiy va gumanitar bilimlarning integratsiyasining zarurligi haqida turli xil 
yozuvchilar va mashhur olimlarning fikrlarini eslatib o’tmoqchiman. A. P. Chexov quyidagicha
yozgan edi: ―Vaqt o’tishi bilan san‘at va tabiatshunoslik uslublarining rivojlanishi 
natijasida ular bir-biriga shunday qo’shilib ketadiki, uni hozir tasavvur qilib bo’lmaydi. Yoki
mashhur matematik N.N. Moiseev ―Biz gumanitarlarni tabiatshunoslik bilimiga, 
tabiatshunoslarni esa gumanitar fikrlashga o’rgatishimiz kerak. Bu hozirgi davrning 
zaruriyati, yoki boshqacha qilib aytganda uning ma‘nosidir. Afsuski, gumanitarlar bunga 
e‘tibor qaratishmayapti va uning ahamiyatini anglashmayapti, ayniqsa hozirgi zamon 
tabiatshunoslik ilmining yetakchisi hisoblangan - fizikaning o’rnini tushunishmayapti. 
Mashhur ingliz fantastik yozuvchisi, fizik olim Ch.Snoek o’zining ―ikki madaniyat 
asarida tabiatshunoslik bilan gumanitar fanlarning qo’shilishi va uning zarurligi haqida 
yozadi. 
XX asrning mashhur fiziki N. Bor aytgan ediki: ―Tabiat falsafasi bilan inson madaniyati 
o’rtasida aniq chegara o’rnatib bo’lmaydi. Aslida fizika fanlari bizning sivilizatsiyamizning 
ajralmas qismidir. Bunday fikrlarni juda ko’p keltirish mumkin. 



Yüklə 0,59 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə