Eshboyev asliddinning



Yüklə 0,9 Mb.
səhifə6/12
tarix16.03.2023
ölçüsü0,9 Mb.
#102703
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Aslidddin uzb kurs ishi

Qorako`l zotli qo`ylar.
Qo`chqorlar tirik vazni – 60-70 kg, sovliqlarniki – 40-45 kg, tug`ilganda qo`zilar vazni – 3,5-4,5 kg bo`ladi. Dag`al jun beruvchi: qorako`l qo`ylari juni yilida 2 marta qirqib olinadi, o`rtacha bir yilda qo`chqorlardan fizik og`irlikda 3-4 kg, sovliqlardan 2,5-3,5 kg ni tashkil qiladi. Qorako`l qo`ylari bahor va kuz paytida yaylovlardan samarali foydalanib tez semirish qobiliyatiga ega.
Puchak qilingan qorako`l qo`ylarining barchasi burdoqilanib go`shtga topshiriladi. Ayniqsa bu borada yaroqsiz qorako`l sovliqlarini qochirib burdoqilash va ulardan suyib sifatli go`sht va qorako`lcha olish tajribasi respublikamizda keng tarqalgan. Qorako`l qo`zilari 1-2 kun sut iste`mol qilganidan keyin teri uchun so`yish natijasida qo`zilardan sifatli shirdon olinadi. Qorako`l qo`ylarining tabiiy pushtdorligi yuqori bo`lib har 100 sovliqdan o`rtacha 95-110 qo`zi berishi mumkin. Qorako`l go`shti va qorako`lcha olish uchun SJK sovliqlarini gavjum kuyikish va serpushtlikni oshirish uchun foydalaniladi.
Qorako`l qo`ylarini pushtdorligini oshirishda gormonal usullarni keng qo`llash, qo`zi olishni ko`paytirgani bilan, nozik, hayotchanligi va teri sifati past qo`zilar olishga sabab bo`ladi. Qorako`l zoti har xil barra tiplari, konstitutsional xususiyatlari, rangi va rangbarangligi bilan farqlanib turadi. Rangi bo`yicha qora, ko`k, sur, guligaz, jigarrang, oq, xalili va boshqa ranglar tashkil qiladi. Ko`k rang o`z navbatida 3 tusga: to`k ko`k, o`rta va och ko`kka, 9 rangbaranglikka bo`linadi. Qorako`l qo`ylarining tarkibida sur qo`ylarining uch zot tipi mavjud – Buxoro, Qoraqalpoq va Surxandaryo. Shu zot tiplari o`z navbatida 13 ta rangbaranglikka bo`linadi.
Hisor zoti – ushbu zotga mansub qo`ylar jahonda eng yirik zot bo`lib go`shtyog` yo`nalishiga mansub hisoblanadi. Ular asosan O`zbekistonning tog` va tog`yonbag`ri hududlarida keng miqyosda urchitiladi. Ularning suyaklari kuchli rivojlangan, mustahkam, oyoqlari uzun, boshi do`ng peshonali bo`ladi. Qo`chqorlari asosan to`qol bo`lib, o`rtacha 130-140 kg, eng og`irlari 170-188, sovliqlari- 80-85, ko`plari 90-95 kg tosh bosadi.
Maxsus bo`rdoqilangan bichmalar 190 kg gacha tosh bosadi, ular so`yilganda 50 kg sof dumba olish mumkin, uning uzunligi 45-50 smni tashkil etadi. Qo`zilari 6 oyligida 65 kg vaznga ega bo`lib so`yim chiqimi 48-56% tashkil etadi. Ularning go`sht tolalari ancha yo`g`on bo`ladi. Hisor qo`ylarining tanasi chuqur va keng, dumg`azasi to`g`ri va uzun bo`ladi. Qo`chqorlari va sovliqlari shoxsiz bo`ladi. Tusi asosan to`q qo`ng`ir bo`lib, juni dag`al va siyrak bo`ladi, hammasi bo`lib qo`chqorlaridan 2 kg, sovliqlaridan 1,2-1,5 kg jun qirqib olinadi.
Hisor qo`ylari juni tarkibida qiltiq va o`lik jun tolalari uchrab to`qimachilik sanoati uchun yaroqsiz bo`lib, ulardan kigiz bosiladi. Hisor qo`ylarining nafaqat boshi va oyoqlari qoplovchi qattiq jun bilan qoplanib qolmasdan, balki bo`ynining va qornining tagi ham shunday jun bilan qoplangan. Hisor zotli qo`ylar asosan Surxondaryo viloyati xo`jaliklarida urchitilish bilan birga Respublika qishloq va suv xo`jaligi vazirligining buyrug`iga asosan boshqa viloyatlarda jaydari qo`ylarni takomillashtirishda foydalanilmoqda.
4-Rasm


Yüklə 0,9 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə