Eritmadagi temir(II) ni bixromatometrik aniqlash



Yüklə 22,47 Kb.
səhifə2/3
tarix11.12.2023
ölçüsü22,47 Kb.
#146626
1   2   3
eritmadagi temir 11

Ishni bajarish tartibi. Asosiy standart eritma tayyorlash uchun kimyoviy toza NH4Fe(SO4)2 · 12H2O temir achchiqtoshidan tarozida 0,5190 g tortib olib, u hajmi 100 ml bo`lgan kolbaga solinadi.
Eritmani nordonlashtirish uchun kolbaga 10 ml suyultirilgan (1:1) sulfat kislota va belgisigacha distillangan suv quyiladi. Bunda standart eritmaning konsentratsiyasi 0,06 mg/ml bo`ladi. So‘ngra sulfosalitsil kislota va ammiakning 10 % li eritmalari tayyorlanadi. Keyin beshta standart ishchi eritma quyidagicha tayyorlanadi: beshta 100 ml hajmli kolbaga asosiy standart eritmadan 1,2, 3,4 va 5 ml o`lchab quyiladi.
Har bir kolbaga sulfosalitsil kislota va ammiak eritmalaridan ham 10 ml dan qo‘shiladi. Kolbalarga belgisigacha distillangan suv quyilib, eritmalar yaxshilab aralashtiriladi. Standart eritmalarning erituvchiga nisbatan optik zichliklari λ=416 nm to`lqin uzunligida besh martadan o`lchanadi. Ishlatiladigan erituvchini tayyorlashda 100 ml hajmli kolbaga 10 ml sulfosalitsil kislota, 10 ml ammiak eritmalari quyiladi va kolba belgisigacha distillangan suv bilan to`ldiriladi. O`lchash natijalarining o‘rtachasi topilib, eritmaning optik zichligi va konsentratsiyasi orasidagi bog`lanishni ifodalovchi darajalash chizmasi tuziladi.
Tarkibida 0,1 dan 0,6 mg gacha temir bo`lgan namuna 100 ml sigimli kolbaga o`tkaziladi. Unga 10 % sulfosalitsil kislota va ammiak eritmalaridan 10 ml dan quyiladi, hamda distillangan suv qo‘shib eritma sathi kolbaning belgisiga qadar yetkaziladi. Shundan so‘ng tekshiriladigan eritmaning optik zichligi o`lchanadi va uning konsentratsiyasi topiladi. Olingan natijalar yordamida namunadagi temirning umumiy miqdori hisoblanadi.

Po’lat tarkibidagi nikel miqdorini fotometrik aniqlash
Nikel yerga osmondan tushgan meteroid toshlaridan kelgan deb taxmin qilinadi. Sof nikel tabiatda mavjud emas, odatda kobalt bilan birga uchraydi. Taxminlarga ko’ra nikel yerning yadrosida to’plangan. Chuqur qatlamlarda nikelning yuqori miqdori bor, ammo bu qatlamlarga erishish mumkin bo’lmaganligi sababli, nikel garnit, pirrotin va nikel deb nomlangan birikmalardan ishlab chiqariladi, ular yerga yaqinroq qatlamlarda joylashgan nikelning silikat va sulfat birikmalari hisoblanadi. U ikki turdagi foydali qazilma konlaridan olinadi. Ulardan birinchisi; lateritik konlar, ularning asosiy minerallari limonit va garnieritdir. Ikkinchisi magmatik sulfid bo’lib, ularning asosiy minerallari pentlanditdir. Nikel zaxiralarining 60 foizi lateritik konlardan; 40 foizi pentlandit, sulfid va oltingugurt birikmalaridan olinadi.

Yüklə 22,47 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə