Entomologiya p65



Yüklə 3,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə22/57
tarix06.05.2018
ölçüsü3,01 Kb.
#42039
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   57

77
A. Sheraliyev  ToshDAU professori sifatida mikologiya,
fitopatologiya sohasida 1974-yildan boshlab olib borgan ilmiy ishlari
va pedagogik faoliyati davomida o‘simliklarning kasalliklariga
bag‘ishlangan 180 dan ortiq ilmiy, o‘quv uslubiy ishlarni
yaratgan. Uning “Tutning fuzarioz kasalligi” (1991),
”Fitopatologiyadan amaliy mashg‘ulotlar” (2003), “Umumiy va
qishloq xo‘jalik fitopatologiyasi” (2004), “Mikroorganizmlar
fiziologiyasi” (2005), “Texnik ekinlar kasalliklari” (2006),
“O‘simliklar immuniteti” (2007), “Tut kasalliklari va
hasharotlari” (2007), “Fitopatologiya” (2007), “Qishloq xo‘jalik
ekinlari karantini” (2007) kabi darsliklari Respublikada o‘simliklar
himoyasi va karantini bo‘yicha mutaxassislar tayyorlashda
o‘quvchilarga manzur bo‘lmoqda.
Vertitsilum zamburug‘ining ixtisoslashuvi masalasi V.F.Idessis
tomonidan o‘rganilishi asosida bu zamburug‘larning turli oilalarga
mansub o‘simliklarni kasallantirish xususiyati aniqlangan.
M.G. Gulyamova tuproqda uchraydigan vertitsilum
zamburug‘ining 17 ta turini aniqlab, tadqiqotlar asosida
vertitsilum zamburug‘iga nisbatan antagonistik xususiyatga ega
b o ‘ l g a n   s a p r o t r o f   z a m b u r u g ‘ l a r n i n g   x u s u s i y a t l a r i d a n
foydalanishni tavsiya etgan.
G.S. Bashirova Sirdaryo viloyati sharoitida tuproqda hayot
kechiruvchi zamburug‘lar 177 turga mansubligini aniqlab, tuproq
sharoitining o‘zgarishi, o‘zlashtirish darajasi zamburug‘lar turlar
tarkibining o‘zgarishiga sabab bo‘lishini isbotlagan.
S.T. Pestsova (1973) Toshkent viloyati sharoitida qovunda, T.I.
Pestsov (1995) pomidorda uchraydigan Fusarium zamburug‘i turlar
tarkibi va ularga qarshi kurash choralarini o‘rgangan.
R.K. Sattorova (1970) Respublika sharoitida g‘o‘zada uchraydigan
gammoz kasalligiga qarshi biologik kurash choralarini ishlab
chiqishda bakteriyalardan foydalanishni tavsiya yetgan.
M.M. Xoliqova (1989) Toshkent viloyati sharoitida uchraydigan
makromitsetlar 118 turga mansubligini aniqlab, ularni sun’iy ozuqa
muhitida o‘stirish texnologiyasini ishlab chiqqan va Respublika aholisi
uchun mahalliy qo‘ziqorin namunalarini o‘stirish usullarini
yaratgan.
V.I.  Xoxlachyeva (1981) Respublikamiz sharoitida tut va tut
i pak qurtining mikoflorasini o‘rganish  asosida ularning patogen
turlariga qarshi kurash choralarini ishlab chiqqan.


78
M.A. Zuparov (1984) tut rizosferasi mikoflorasini o‘rganish
asosida ular 143 turga mansubligini, sog‘lom o‘simliklarda saprotrof
turlar miqdorining ko‘pligini isbotlagan. Bu turlar payvandlash va
ko‘chatlarni ko‘chirib o‘tqazish jarayonida ildizlar mexanik
zararlanganda, saqlash sharoitlari buzilganda ularning chirishiga
sabab bo‘lishini ko‘rsatgan.
Ya.S.Saliyeva, X.Nuraliyev(1989) Surxondaryo va
Qashqadaryo viloyatlari sharoitida ko‘p yillik daraxtlarda uchraydigan
mikromitsetlar 352 ta, Botanika bog‘ida 313 ta turga mansubligini
aniqlagan. Ularning mavsumiy tarqalishi va patogenlik xususiyatlari
zamburug‘larning parazitlik xususiyatlari bilan bog‘liqligini
isbotlagan.
U.X. Rahimov (2001) tomonidan kartoshka va baqlajonda kasallik
keltirib chiqaruvchi tuproq zamburug‘lari orasida fuzarium turlari
asosiy rol o‘ynashi aniqlangan. Zamburug‘ning iqtisodiy zararini
kamaytirishda va kasallikka qarshi kurashda biologik kurash choralarini
qo‘llash tuproqda ekologik holatning yaxshilanishini ta’minlashini
isbotlagan.
Bug‘doyzorlarda fuzarioz kasalligini keltirib chiqaruvchi
infeksiyaning saqlanishida va tarqalishida begona o‘tlarning roli
K.U.Buxarov (2005) tamonidan o‘rganilgan. Bu ishlarni amalga
oshirishda fermer xo‘jaliklarida o‘simliklarni himoya qilish borasida
mehnat qilayotgan agronomlar, tuman, viloyat va Respublika
qishloq xo‘jalik kimyo aksionerlik uyushmasi tizimidagi malakali
mutaxassislarga olimlar ishlab chiqqan tavsiyalar asosiy rol
o‘ynaydi.
Qishloq xo‘jaligidagi iqtisodiy islohotlarni muvaffaqiyatli amalga
oshishida qishloq xo‘jaligini intensivlashtirish bilan birga,
ekinzorlarning fitosanitariya holatini yaxshilashda tuproqdagi infeksiya
miqdorini nazorat qilishga qaratilgan ilmiy tavsiyalarni ishlab chiqish
muhimdir. Qishloq xo‘jalik ekinlarining kasalliklarining zararini
kamayishida agrotexnik, kimyoviy, biologik kurash choralarini
kompleks qo‘llash ijobiy natija beradi.
O‘simliklarni himoya qilishda halqaro aloqalar ham muhim
ahamiyatga ega. Shu maqsadda Respublikada faoliyat ko‘rsatayotgan
bir qancha firmalar faoliyati qishloq xo‘jalik ekinlarida uchraydigan
kasalliklar, hasharotlar va begona o‘tlarga qarshi kurash choralari
xalqaro andozalar talabi darajasida tashkil qilishda munosib hissa
qo‘shmoqda.


79
Qishloq xo‘jalik ekinlarining hosildorligini oshirishda va
mahsulot sifatini yaxshilashda, yetishtirilgan hosilni nobud
qilmay yig‘ib olish va yaxshi saqlashga qaratilgan tizimni ishlab
chiqishda o‘simliklarni kasallik, hasharotlarga qarshi samarali,
zaharlilik darajasi past, ekologik xavfsiz kimyoviy va biologik
vositalardan ekinzorlarning fitosanitariya holatini yaxshilashda
foydalanishni taqozo qiladi. Ular inson salomatligiga, atrof
muhitning sofligiga salbiy ta’sir ko‘rsatmaydigan bo‘lishi
muhimdir.
Bu masalani muvaffaqiyatli hal qilish maqsadida O‘zbekiston
Respublikasida “Qishloq xo‘jalik o‘simliklarini zararkunandalar,
kasalliklar va begona o‘tlardan himoya qilish to‘g‘risida” qonun
qabul qilindi. Unda o‘simliklarni himoya qilishga xizmat qiluvchi
vazirliklar, tashkilotlar, idoralar va mutaxassislarning vazifalari
ko‘rsatib berilgan. Bu tartib-qoidalarning bajarilishini ta’minlashda
Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi hamda “O‘zqishloqxo‘ja-
likkimyo” Davlat aksiyadorlik kompaniyasining roli ham
ko‘rsatilgan.
 Savollar
Fitopatologiya fani rivojlanishining dastlabki bosqichlari qanday bo‘lgan?
Fitopatologiya fanining rivojlanishida rus olimlarining o‘rnini aytib
bering?
Respublika olimlarining fitopatologiya fanining rivojlanishidagi hissasi
qanday?


Yüklə 3,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   57




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə