Elektrotexnik fanlarini o‘qitishda elektr sxemalarni vertuallashtirish dasturlaridan foydalanish metodikasi



Yüklə 36,36 Kb.
səhifə1/3
tarix30.12.2023
ölçüsü36,36 Kb.
#164848
  1   2   3
ELEKTROTEXNIK FANLARINI O‘QITISHDA ELEKTR SXEMALARNI VERTUALLASHTIRISH Jurayev.Yunus aka


ELEKTROTEXNIK FANLARINI O‘QITISHDA ELEKTR SXEMALARNI VERTUALLASHTIRISH DASTURLARIDAN FOYDALANISH METODIKASI
Jo‘raev Yunus Kuylievich katta o‘qituvchi
Nizomiy nomidagi TDPU
Abukarimov Asliddin Abdurim ug‘li
2-kurs TDPU
Oliy va o‘rta ta’lim tizimida mutaxassislarni kasbiy tayyorlash sifatiga qo‘yiladigan zamonaviy talablarida, elektrotexnika fanlarini o‘qitishga davlat standartida ajratilgan o‘qitish vaqtining kamligi muammosi, o‘quv jarayoniga kompyuter texnologiyalarini kengroq kiritish va u asosida o‘qitishning yangi usullarini joriy etishni belgilab beradi.
Hozirgi vaqtda elektrotexnik fanlarida virtual laboratoriya ishlarini tashkil qilish orqali o‘quv jarayonida kompyuter texnologiyalaridan keng foydalanilmoqda. Bunda, asosan, qulay interfeysga, komponentlarning keng kutubxonasiga ega va ulardan foydalanish oson bo‘lgan Electronics Workbench, Multisim, Circuit Maker kabi va boshqa elekt sxemalarni vertuallashtirish dasturlari qo‘llaniladi.
An’anaviy o‘qitish usullarining imkoniyatlarini kengaytirish, analog va raqamli sxemalarni vertuallashtirish dasturlari laboratoriya mashg‘ulotlari davomida kutubxona komponentlaridan foydalangan holda qurilmaning ekvivalent sxemasini yaratish, deyarli har qanday elektr yoki elektron sxemani yig‘ish, uni elementlarining qiymatlarini o‘zgartirish ishlashni tekshirish, kontaktlarning istalgan nuqtasida signallarning qiymatlarini o‘lchash hamda haqiqiy ossillogrammalarini ko‘rish imkonini beradi. Bu kabi dasturlarda yig‘ilgan sxemadagi xatolar, elektr zanjirining ma’lum parametrlariga ta’sirini ham ko‘rish mumkin bo‘ladi.
Kompyuter dasturlarida ossilograf, signallar generatori, multimetrlar, spektr analizatorlari va ovoz mikrofonlari, har xil standartdagi radio detallardan tranzistorlar, diodlar, transformatorlar, rezistorlar, kondensatorlar va induktivlik g‘altaklari hamda mikrosxemalar va boshqalardan keng foydalanish orqali katta moliyaviy resurslarni sarflamasdan juda ko‘p haqiqiydek laboratoriya ishlarini bajarish mumkin.
Quyida "Sinusoidal o‘zgaruvchan tok manbaiga aktiv qarshilik ulangan yelektr zanjirini o‘rganish" mavzusida virtual laboratoriya ishini bajarish uchun uslubiy ishlanmadan misol keltirilgan.
Laboratoriya ishi
Sinusoidal o‘zgaruvchan tok manbaiga aktiv qarshilik

Yüklə 36,36 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə