Elektroradio ashyolar va tibbiyot texnikasini



Yüklə 4,26 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə23/169
tarix15.05.2022
ölçüsü4,26 Mb.
#87108
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   169
Elektroradio ashyolar va tibbiyot texnikasini

Aluminiy  qotishmalari.  Aluminiy  qotishmalari  yuqori  me-
xanik mustahkamlikka ega. Aldrey qotishmasi tarkibi 0,3—0,5 %Mg,
0,4—0,7 % Si va 0,2—0,3% Fe dan iborat (qolgani aluminiy).
Sim ko‘rinishidagi aldrey zichligi 2,7 Mg/m
3


p
 =350 MPa,

= 6,5  %; 
l

= 23 · 1 0
-6
  K
-1


= 0,0317  mk 

· m;

p
= 0,0036  K
-1
.  Shunday  qilib,  aldrey  aluminiy  yengilligini
saqlab qolgan holda va unikiga yaqin solishtirma o‘tkazuvchanlikka
ega bo‘lib, bir vaqtning o‘zida mexanik mustahkamligi qattiq cho‘-
zilgan misnikiga yaqinlashadi.
Turli metallar. Quyida elektron va elektr asboblar, kabellar va
boshqalarni  ishlab  chiqarish  va  montaj  qilishda  keng  qo‘lla-
niladigan ba’zi metallarning xossalari keltirilgan.
Oltin.  Oltin  yuqori  egiluvchanlikka, 

= 0,024  mk

· m  ga
ega bo‘lgan metall. Elektrotexnikada oltin yemirilishlarga bardoshli
qoplamalar,  elektrodlar,  Shottki  o‘tishili  diod  va  tranzistorlar
yasashda kontakt material sifatida ishlatiladi.
Kumush. Kumush normal temperaturada oksidlanishga bar-
doshli  material.  Kumush  normal  temperaturada  ancha  kichik


39
solishtirma  qarshilikka  ega  (

= 0,016  mk 

· m)  va  yarimo‘t-
kazgich  asboblarning  kontaktlarini  yasashda  hamda  keramik,
sludali kondensatorlarning obkladkalari sifatida qo‘llaniladi.
Platina. Platina normal sharoitlarda oksidlanmaydigan hamda
kimyoviy ta’sirlarga bardoshli metall. Platina diametri 1 mkm
gacha  bo‘lgan  ingichka  iðlar  ko‘rinishida  cho‘zilishi  mumkin
bo‘lib, elektrometr va boshqa sezgirligi yuqori bo‘lgan asboblarda
harakatchan  tizimlarning  osma  elementlari  sifatida  qo‘llanilishi
mumkin. Bundan tashqari, platina 1600°C gacha bo‘lgan yuqori
temperaturalarda ishlaydigan termoparalar yasashda hamda mo-
nolit keramik kondensatorlarda elektrodlarni o‘rash uchun qo‘lla-
niladi.
Qo‘rg‘oshin.  Qo‘rg‘oshin  —  yumshoq,  egiluvchan,  yuqori
solishtirma qarshilikka (

= 0,21 mk 

· m), kichik mustahkam-
likka  ega  bo‘lgan  metall.  Yemirilishlarga  nisbatan  juda  yuqori
bardoshlilikka  ega,  suv,  oltingugurtli  va  tuzli  kislotalar  va  bir
qator  ta’sirlarga  bardoshli.  Katta  miqdordagi  qo‘rg‘oshin  elektr
kabellarini namlik ta’siridan himoyalovchi izolatsiyalar, qobiqlar
sifatida  keng  qo‘llaniladi.  Qo‘rg‘oshin  yumshoq  saqlagichlar
yasashda ham ishlatiladi, chunki ancha past erish temperaturasiga
(327°C)  ega.
Qalay. Qalay — yumshoq, cho‘ziluvchan metall bo‘lib, undan
qalinligi 6—8 mkm bo‘lgan yupqa folga olish mumkin. 15 %
qalay va 1 % surma kiritmali folga ba’zi turdagi sludali konden-
satorlar  ishlab  chiqarishda  qo‘llaniladi.  Katta  miqdordagi  qalay
bronza va kavsharlar yasashda ishlatiladi.
Rux. Rux — elektrolitik tozalanadigan metall. Rux latunning
tarkibiy qismi, himoyalovchi qobig‘i sifatida qo‘llaniladi. Bundan
tashqari, rux fotoelementlarda va kichik o‘lchamli metall-qog‘ozli
kondensatorlarning qog‘ozini metallashtirishda ham qo‘llaniladi.


40
Qog‘ozga metall qatlamini surtish 600°C temperaturada vakuumda
ruxni bug‘lash yo‘li bilan amalga oshiriladi.
Kadmiy. Kadmiy — rux kabi elektrolit tozalanadigan metall.
Fotoelementlar va o‘ta yuqori chastota tolalarini kumush o‘rniga
qobiqlash  uchun  qo‘llaniladi.  Kadmiy  bir  qator  bronzalar  va
kavsharlar tarkibiga kiradi.
Indiy. Indiy — past erish temperaturasiga (156°C) ega bo‘lib,
yarimo‘tkazgichli diod va tranzistorlar ishlab chiqarishda kontakt
material va akseptor kiritma sifatida qo‘llaniladigan metall.
Galliy. Galliy — deyarli xona temperaturasida (29,7°C) eriy-
digan metall. Indiy kabi u ham yarimo‘tkazgichli texnikada germa-
niy uchun akseptor kiritma sifatida ishlatiladi.

Yüklə 4,26 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   169




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə