Elektr tokining inson va hayvonlarga ta'siri



Yüklə 51,27 Kb.
səhifə4/5
tarix27.12.2023
ölçüsü51,27 Kb.
#163735
1   2   3   4   5
Elektr tokining inson va hayvonlarga ta\'siri

Nol simga ulash. Tok o’tkazmaydigan qismlarda kuchlanish paydo bo’lganda undan jarohatlanishni oldini olish uchun bu qismlarga tarmoqning nol simi ulab qo’yiladi, faza simlaridan
biri korpusga tegib qolganda, shu faza bilan nol simi qisqa tutashadi va u orqali katga tok oqadi. Bu
tok eruvchan himoyalagich yoki boshqa himoya vositasiga avtomatik ta’sir etib, uni ishga tushiradi,
ya’ni shikastlangan fazani avtomatik tarzda uzadi. Bu usul odatda nol simi yerga ulangan kuchlanishi 1000 V gacha bo’lgan uch fazali to’rt simli tarmoqlarda qo’llaniladi (7.4-rasm). 7.3-rasm. Uskuna va elektr qurilmalarni 7.4-rasm. Nol simga ulash sxemasi
himoyalovchi yerga ulash sxemasi 1- tok iste’molchisi; 2-himoya qurilmasi. 1-yerga ulagichlar; 2- tutgich;
Rasm 7.5. Chorva komplekslarida potentsiallarni tenglashtirish usuli
Bitta tarmoqdan ta’minlanuvchi elektr qurilmalar korpuslarini yerga va nol simga ulash mutlaqo mumkin emas. Chunki bunda yerga ulangan qurilma fazalaridan birining himoyasi shikastlanib korpusga tegib qolganda uning yerdagi simi orqali katta tok o’tib, yer bilan korpus orasida kuchlanish paydo bo’lib qoladi. Bu tok miqdor jihatdan nolga ulash rejimidagidan kam bo’lganligi uchun himoya vositasini ishga tushira olmaydi. Ammo bitta elektr uskunasi bir vaqtda
nol simga va yerga ulash xavfsizligi nuqtai nazaridan maqsadga muvofiq hisoblanadi, chunki bunda
yerga ulab qo’yilgan himoya nol simi yerga qayta ulanib qoladi.
Elektr qurilmalarni kutilmagan va elektr halokat holatida avtomatik tarzda o’chirishni ta’minlash uchun himoyalovchi avtomatik ajratgichlardan keng foydalanadilar. Uzgichlarning ishonchli ishlashi yerga ulash simlari kesimining to’g’ri tanlanishiga bog’liq. Yerga ulash simining kesimi to’g’ri tanlanganda korpus yoki nol simga tutashganda eng yaqin saqlagich eruvchan quymasining nominal tokidan 3 marta va avtomatik uzgich tokidan 3 marta katta tok paydo bo’ladi.
Qishloq xo’jaligida elektr tokidan jarohatlanishning oldini olish uchun quyidagi profilaktik tadbirlarni amalga oshirish maqsadga muvofiqdir:
• ishlab turgan butun elektr jihozlarini iste’molchilarning elektr qurilmalarini ishlatishda rioya qilinadigan texnik ishlatish qoidalari va texnika xavfsizligi qoidalari talablariga javob beradigan holatga keltirish;
• mahalliy sharoitlardan kelib chiqib, elektr qurilmalar bilan ishlash xavfsizligini oshiradigan qo’shimcha tadbirlar ko’rish;
elektr asboblarni, tezda almashlab ulashlarni, ta’mirlash ishlarini pasaytirilgan kuchlanishga o’tkazish;
• ishlatiladigan shaxsiy himoyalanish vositalarini takomillashtirish;
• texnika xavfsizligi bo’yicha ishchilar malakasini oshirish va har yili texnik sinovlarni o’tkazishda;
• ishlab chiqarish sexlarida barcha nuqtalarida yer potentsiallarini bir xilligini ta’minlash. Kichik kuchlanishdan foydalanish. Elektr parma, elektr randa, elektr arra kabi asboblarni ishlatish jarayonida xavfsizlikni ta’minlash maqsadida past 36 yoki 42 V kuchlanishlardan foydalanish tavsiya etiladi.
Past kuchlanish (42, 36 va 12 V) manbai sifatida 380-127 V li tarmoqqa ulanuvchi maxsus pasaytyaruvchi transformatorlardan foydalaniladi. Transformator korpusida kuchlanish paydo bo’lib
qolishi oqibatida odamlarning tok urish xavfidan himoyalash maqsadida transformator korpusi, neytral simi yoki ikkilamchi cho’lg’amning o’rta nuqtasi yerga ulab qo’yiladi.
Qo’l elektr mashinalarini ГОСТ 12.2.013-87 talablariga muvofiq har olti oyda bir marta megometr yordamida 500 V kuchlanishga tekshirib turish shart. Texnik ishlatish qoidalariga va texnika xavfsizlik qoidalariga asosan barcha elektrlashtirilgan qo’l asboblari, shu jumladan qo’shaloq himoyalanganlar ham megometr yordamida har oyda tekshirib turilish kerak. Bunday asboblarni ishchining qo’liga har safar berganda undagi himoyalagichda shikastlar bor- yo’qligini va
uni korpusga urish-urmasligini maxsus stend yoki asboblar (pribor) orqali tekshirish kerak.

Yüklə 51,27 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə