Ekstraktlar. Suyuq ekstraktlar tarifi, tavsifi va tasnifi. Ularni ishlab chiqarish texnologiyasi. Reja



Yüklə 57,82 Kb.
səhifə2/2
tarix30.05.2023
ölçüsü57,82 Kb.
#114407
1   2
Ekstraktlar. Suyuq ekstraktlar tarifi, tavsifi va tasnifi.

Bosin usuli. Xom ashyoni teng bo’laklarga bo’lib, 4 yoki 6 perkolyatorlarga joylashtiriladi. Perkolyatordagi xom ashyoni bo’ktirish, ivitish va ajratma olish perkolyasiya usulidagidek olib boriladi. Birinchi perkolyatordagi xom ashyoning miqdoriga nisbatan 50—100% miqdorda ajratma perkolyasiya qilib olinadi va u ikkinchi perkolyatordagi xom ashyoni bo’ktirish uchun sarflanadi. So’ng birinchi perkolyatordagi xom ashyoni ta‘sir qiluvchi modda qolmagunga qadar perkolyasiya qilinadi. Bu ajratma ikkinchi perkolyatordagi xom ashyoda «oynasimoi yuza» hosil qilish va perkolyasiyalash uchun ishlatiladi. Qolgan perkolyatorda bu jarayon takrorlanadi va oxirgi perkolyatorda umumiy xom ashyo middoriga teng ajratma perkolyasiya qilib olinadi.
Kamchiligi: uzoq vakt davom etadi va oxirgi perkolyatordagi xom ashyoda ta‘sir etuvchi moddaning bir qismi qolib ketadi.
Moskva nlmiy-tekshirnsh farmatsiya oliygohi uch xil usul taklif etgan.
Birinchi usul, xom ashyo uchta perkolyatorga teng miqdorda joylashtiriladi. Birinchi perkolyatordagi xom ashyo ustiga «oynasimon yuza» xosil bo’lguncha ajratuvchi quyiladi va 1 kunga qoldiriladi, so’ng ajratma ikkiichi perkolyatorga o’tkaziladi, birinchiga yana toza ajratuvchi quyiladi va 1 kunga qoldiriladi. Keyii ikkinchidan ajratma uchinchiga, birinchidagi ikkinchiga o’tkazilib birinchiga toza ajratuvchi solinadi va uchchala perkolyator 1 kunga qoldirib qo’yiladi. So’ng uchinchi perkolyatordan undagi xom ashyo miqdoricha ajratma quyib olinadi Ikkinchidagi ajratma uchinchiga, birinchidagi ikkinchiga o’tkaziladi; birinchi perkolyator batareyadan ajratiladi (o’chiriladi), ikkinchi va uchinchi perkolyatorlar 1 kunga qoldiriladi. So’ng uchinchidan yana shuncha ajratma quyib olinib, suyuqlik ikkinchidan uchinchiga o’tkaziladi va bir kundan keyin uchinchidan oxirgi ajratma quyib olinadi, hamma ajratmalar qo’shib, tindiriladi va filtralanadi.
Ikkinchi usul. Birinchi perkolyatordagi xom ashyoga ajratuvchi solib, 2 soatga qo’yiladi, so’ng ajratma 2 perkolyatordagi xom ashyoga o’tkaziladi, birinchisiga yana ajratuvchi solinadi, 1 va 2 perkolyatordar 2 soatga qoldiriladi, so’ng ikkinchi perkolyatordagi ajratma 3 ga, birinchidagi ikkinchiga o’tkazilib, birinchiga toza ajratuvchi solinadi. Uchchala perkolyator 1 kunga qoldiriladi. Keyin 3 perkolyatordan shu perkolyatorldagi xom ashyo miqdoricha ajratma quyib olinadi. Ikkinchidan ajratma uchinchiga, birinchidan ikkinchiga o’tkazilib, birinchi perkolyator batareyadan ajratib olinadi, ikkinchi va uchinchi perkolyatorlar 2 soatga qoldirilib, so’ng uchinchi pekrolyatordan ikkinchi qism ajratma quyib olinadi. Ikkinchi perkolyatordan ajratma uchinchiga o’tkaziladi, ikkinchi perkolyator esa batareyadan uziladi. Uchinchi perkolyator 2 soatga qoldiriladi, so’ng yana oxirgi qism ajratma quyib olinadi; hamma qo’shib tindiriladi va suziladi. Uchinchi usul. Xom asheni teng bo’laklarga bo’lib, uchta perkolyatorga joylashtiriladi. Birinchi perkolyatordagi xom ashyoga ―oynasimon yuza‖ hosil bo’lguncha ajratuvchi quyib 24 soatga qoldiriladi. So’ng birinchi perkolyatordagi ajratma ikkinchisiga o’tkaziladi, birinchisiga esa qolgan ajratuvchining hammasi quyilib, ikkalasi 6-7 soatga qoldiriladi. Ikkinchi perkolyatordagi ajratma uchinchiga, birinchidagi ikkinchiga o’tkazilib, birinchi perkolyator batareyadan ajratib olinadi. Ikkinchi va uchinchi perkolyatorlar bir kunga qoldiriladi va uchinchi perkolyatordan tayyor mahsulotning 1/3 qismiga teng miqdorida ajratma quyib olinadi. Ikkinchi perkolyatordan ajratma uchinchisiga o’tkaziladi va u 6-7 soatga qoldiriladi, bunda ikkinchi perkolyator batareyadan ajratib olinadi. So’ng uchinchi perkolyatordan tayyor mahsulotning umumiy hajmini 2/3 ga teng ajratma quyib olinadi. Birinchi va ikkinchi ajratmalar tindirgichga solinadi.
Ajratmalarni yot moddalardan tozalash. 100S dan yuqori bo’lmagan haroratda kamida 2 kun tindirib, suzib olinadi.
Suyuq ekstraktlar tashki ko’rinishi, hidi, mazasi, rangi, quruq qoldiq, spirt quvvati yoki zichligi, og’ir metallar va ta‘sir etuvchi moddalari bo’yicha baxolanadi.
Og’ziya xshi berkitilgan shisha idishlarda, qorong’i va salqin joyda saqlanadi. Saqlash vaqtida suyuq ektsratklarda cho’kma xosil bo’lsa, u suzilib, tekshirilib ishlatilishi mumkin. Maxsulotda ta‘sir etuvchi modda me‘yoridan ortiq bo’lsa, toza ajratuvchi bilan suyultiriladi. Suyuq ekstratklarning sifati DF, FM yoki VFM bo’yicha baxolanadi.
Yüklə 57,82 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə