Hozirgi vaqtda tog’ o’rmonlari 311
ming ga maydonni egallaydi, asosiy o’simligi archa
hisoblanib, qolganlari turli-xil daraxt va butalardan iborat.
Cho’l o’rmonlari 2,4 mln. ga dan iborat. Bu o’rmonlarning asosiy o’simligi
saksovulzorlardir.
To’qay o’rmonlari ilgarilari juda zich bo’lib, hozirda atigi 25 ming ga maydonda saqlanib
qolgan.
Vodiy o’rmonlarini madaniy iqlimlashtirilgan daraxtlar tashkil etib, ular 12 ming ga dan
iborat.
XX asr boshlarida O’zbekiston o’rmonlarining maydoni 4-5 martaga qisqardi.
Ayniqsa
to’qay o’rmonlari antropogen tayziqqa duch keldi.
Dunyo bo’yi o’rmonlar xolati qoniqarli emas. Haddan tashqari o’rmonlarni kesilishi avj
olib, ularning tiklanishi etarli emas. O’rmonlar kesilishini yillik hajmi 3 mlrd.m
3
ni tashkil etadi.
Bu FAO (BMTning oziq-ovqat va q/x tashkiloti)ning ma’lumotlariga qaraganda 2000 yilga kelib
1,5 barobarga ortdi. Ayniqsa tropik o’rmonlar (Yer yuzining 7%idan iborat) holati g’oyat
tashvishlidir.
Aniq ilmiy manbalarda keltirilishicha, biz yashab turgan yer kurasida bundan 1,5 ming yil
muqaddam o’rmonlar 47% maydonni tashkil qilgan bo’lsa, hozir ular 27% ni tashkil qiladi. Ko’p
mamlakatlardagi sanoat manbalarida foyda ketidan quvish oqibatida juda ko’p o’rmonlar kesilib,
ularning o’rniga katta-katta zavod, fabrikalar qurilmoqda. Bu zavod va fabrikalarda chiqayotgan
chiqindilar atrof-muhitni ifloslanishi natijasida ko’plab nodir va noyob o’simlik
turlari qirilib
ketishiga sabab bo’lmoqda. BMTning rasmiy ma’lumotlariga qaraganda sanoat rivojlana
boshlagan davrdan 250 ming xil o’simlik turi yo’q bo’lib ketishi
xavotir ostida ekanligi
ta’kidlangan. O’zbekiston Respublikasida mustaqillikka erishgach atrof-muhitni,
hayvonot va
o’simliklar dunyosini muhofaza qilishga alohida e’tibor berildi. 1992 yil 9 dekabrda «Tabiatni
muhofaza qilish» to’g’risida, 1993 yil 7 mayda «Alohida muhofaza qilinadigan hududlar»
to’g’risida va nihoyat 1997 yil 26 dekabrda «O’simliklar dunyosini muhofaza qilish va undan
oqilona foydalanish» to’g’risida qonunlar qabul qilindi. Ushub
qonunlarda tabiiy sharoitda
o’sadigan o’simliklar dunyosini shuningdek, takror etishtirish va genetik fondini saqlash uchun
ekib o’stiriladigan yovvoyi o’simliklarni muhofaza qilish va ulardan
foydalanish sohasidagi
munosabatlar to’g’risida boradi.
2-modda – O’simlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish sohasidagi
munosabatlar to’g’risida qonun hujjatlarini asosiy vazifalari quyidagilardir:
- Floraning tur bo’yicha tarkibini va genetik fondini tabiiy sharoitlarda saqlab qolish.
Tabiiy o’simlik jamoalarining va yovvoyi o’simliklar o’sadigan muhitning bir butunligini saqlab
qolish.
- O’simlik dunyosidan oqilona foydalanish va uni takror etishtirishni ta’minlash yuridik va
jismoniy shaxslarni o’simliklar dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish sohasidagi
faoliyatini huquqiy tartibga solish.
O’rmonlar
Vodiy o’rmonlari
To’qay o’rmonlari
4-modda - O’simliklar dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish sohasidagi davlat
boshqaruvi.
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi
davlat hokimiyati organlari, shuningdek,
mahsus vakolat berilgan davlat organlari va davlat organlari boshqaruv organlaridir. YUridik va
jismoniy shaxslar o’simliklar dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish to’g’risidagi
qonun hujjatlarda belgilangan tartibda va sharoitlarda qoplashlari shart.
Bu qonunlar barcha o’simliklar
turlarini saqlab qolish, uni asrab avaylash va muhofaza
qilishda muhim hujjatlar bo’lib hisoblanadi. O’zbekiston Respublikasi hududida 4,5
mingga
yaqin o’simlik turlari mavjud. Ular orasida jiddiy muhofazaga muhtoj ko’pgina kamyob, endem
va relekt turlari ham. Unday turlarning soni 301 ta bo’lib O’zbekiston Respublikasining «Qizil
kitobi»ga kiritilgan. Mustaqilligimiz sharofati bilan bunday muhofazaga muhtoj o’simliklar
borasida ko’pgina ishlar qilindi (1-2-jadval).
Dostları ilə paylaş: