Dunyoning etakchi mamlakatlari iqtisodiy rivojlanishning xususiyatlari 1 12-mavzu. Ikkinchi jahon urushidan so'ng dunyoning yetakchi mamlakatlari iqtisodiy rivojlanishning xususiyatlari



Yüklə 370,85 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/5
tarix23.01.2023
ölçüsü370,85 Kb.
#99046
1   2   3   4   5
12-MAVZU. IKKINCHI JAHON URUSHIDAN SO\'NG DUNYONING Yetakchi MAMLAKATLARI IQTISODIY RIVOJLANISHNING XUSUSIYATLARI.

12.3.
 
Integratsiya jarayoni 

Integratsiya. Yevropa Ittifoqi. 
Ikkinchi jahon urushi yakunida, 1944 yilda, Yevropada yevropa iqtisodiy integratsiyasi 
g'oyasi amalga oshirila boshlandi. Birinchi urinish sifatida Belgiya, Gollandiya va Lyuksemburg 
hukumatlar- ining 1948 yil 1 yanvardan bojxona ittifoqini tuzish to'g'risidagi qarori namoyon 
bo'ladi, keyinchalik ushbu ittifoqni 
Benilyuks
deb atashadi. Tomonlar keyinchalik 1921 yildan beri 
mavjud Belgiya- Lyuksemburg iqtisodiy ittifoq tipidagi ittifoqqa aylantirish xohishini bildirdilar. 
1949-1950 yy.da sanoat mahsulotlari importi cheklovlari olib tashlandi, 50-yy.ning o'rtalariga 
kelib Benilyuks doirasida ish kuchi va kapital erkin harakatlana boshladi. Benilyuks tajribasi mu- 
vaffaqiyatli bo'lib chiqdi. 
1948
yil martida Fransiya va Italiya 
Fransital
bojxona ittifoqini tashkil etishdi. O'sha 
davrda Germaniya og'ir sanoati ustidan xalqaro nazorat yuritish to'g'risida qaror qabul qilgan 
AQSh va Buyuk Britaniya xalqaro ma'muriyatni tashkil etib, uning tarkibiga faqatgina AQSh va 
Buyuk Britaniya vakillari emas, balki Fransiya, GFR va Benilyuks mamlakatlari vakillari ham 
kiritildi. XX asrning ikkinchi yarmida G'arbiy Yevropadagi davlatlararo aloqalar xalqaro iqtisodiy 
integratsiyaga aylana boshladi. 
Xalqaro iqtisodiy integratsiya
- bu mamlakatlarni xo'jalik-siyosiy jarayonini o'zaro chuqur 
va barqaror aloqalari va milliy xo'jaliklar o'rtasida mehnat taqsimoti, ularning takror ishlab 
chiqarish tuzil- malarining o'zaro faoliyatini rivojlantirish asosida birlashtirishdir. 
Rasman 1993 yil 1 noyabrga qadar G'arbiy Yevropa mamlakatlarida Yevropa Ittifoqi 
yetakchi integratsion birlashma hisoblangan, u 1967 yilda avvallari mustaqil bo'lgan uch 
mintaqaviy tashkilot- larni qo'shilishi natijasida vujudga kelgan: 
1)
Yevropa ko'mir va po'lat birlashmasi (YKPB). 1951 yil 18 aprelda Fransiya, GFR, 
Italiya va Benilyuks mamlakatlari 1952 yil 25 iyuldan ushbu tashkilotni tuzilishi to'g'risida Parij 
kelishuvini imzo- lashdi. 
2)
Yevropa Iqtisodiy Hamjamiyati (YIH). 1957 yil 25 martda Fransiya, GFR, Italiya 
va Benilyuks mamlakatlari 1958 yil 1 yanvardan YIH va atom energiyasi bo'yicha Yevropa 
Hamjamiyati (Yevroatom) tashkilotini tuzilishi to'g'risida Rim kelishuvini imzolashdi. 1973 yildan 
Buyuk Britaniya, Irlandiya, Daniya, 1981 yildan - Gretsiya, 1986 yildan - Portugaliya va Ispaniya, 
1995 yildan - Shvetsiya, Avstriya, Finlyandiya YIH tarkibiga kirishdi. 
3)
Yevropa erkin savdo assotsiyasiyasi (YESA). 1960 yil 4 yan- varda Yevropaning 
quyidagi yetti davlati tomonidan Stokgolm kon- vetsiyasi imzolandi: Buyuk Britaniya, Norvegiya, 
Shvetsiya, Daniya, Avstriya, Shveysariya va Portugaliya. 1991 yil oktyabrida YI va YESA 
Yevropa iqtisodiy makoni
(YIM) ni tuzish bo'yicha kelishuv imzolashdi: unga Arktikadan O'rta 


12-MAVZU. IKKINCHI JAHON URUSHIDAN SO'NG
DUNYONING ETAKCHI MAMLAKATLARI IQTISODIY RIVOJLANISHNING XUSUSIYATLARI
10
yer dengizigacha bo'lgan 19 mamlakat kirdi. YESA - YI malakatlarining asosiy savdo hamkoridir 
(unga YI eksportining - 27 %, importining 35% to'g'ri kelardi). 
1973 yilning 23 yanvarida Norvegiya hamjamiyat tarkibidan chiqdi, buning sababi 1972 
yil 26 noyabrda ushbu mamlakatda o'tkazilgan referendum natijasi edi. 
G'arbiy Yevropa integratsiyasi rivojlanishini to'rt bosqichga bo'lib o'rganish 
mumkin.Birinchi bosqich (50-yillarning oxiri - 70-yillarning o'rtalari). Bu davr YIH davlatlari 
hayotida "oltin asr" hisoblanadi. Unda bojxona ittifoqi belgilangan muddatidan oldin tashkil etildi, 
yagona agrar bozori yaratildi. YIHga uchta yangi davlat - Buyuk Britaniya, Daniya va Irlandiya 
a'zo bo'lib kirdi. YIH yoki "Umumiy bozor"ni tashkil qilishning maqsadlari quyidagilardan iborat 
edi: 
-
ishtirokchi davlatlar o'rtasidagi o'zaro savdoda asta-sekin barcha to'siqlarni olib 
tashlash; 
-
uchinchi davlatlar bilan savdoda bir xil boj tariflarini o'rnatish; 
-
"insonlar, ishchi kuchi, kapital va xizmatlar" ning erkin harakat- lanishiga qo'yilgan 
to'siqlarni olib tashlash
-
transport va qishloq xo'jaligi sohasida umumiy siyosat ishlab chiqish va amalga 
oshirish; 
-
valyuta ittifoqi tuzish; 
-
soliq tizimini unifikatsiya qilish; 
-
qonunchilikni yaqinlashtirish; 
-
iqtisodiy siyosatni muvofiqlashtirish tamoyillarini ishlab chiq- 
ish. 
Bularni amalga oshirish maqsadida boshqaruv strukturasi ma- jmui - YIH Vazirlar 
Kengashi, Yevropa Hamjamiyati komissiyasi, Yevropa Kengashi, Yevropa Sudi, Yevropa 
parlamenti tashkil qil- indi. 
YIHning birinchi galdagi vazifasi sifatida a'zo davlatlar o'rtasida tovarlar, kapital, 
xizmatlar va ishchi kuchining umumiy bozorini tashkil qilish vazifasini qo'yildi. Buning uchun 
Bojxona ittifoqi tuz- ildi. Aynan Bojxona itgifoki YIHning asosi hisoblanadi. Bojxona ittifoqi 
doirasida quyidagilar amalga oshirildi: 
-
ishtirokchi davlatlar o'rtasidagi o'zaro savdoda to'siqlar olib tashlandi; 
-
uchinchi davlatlarga nisbatan bir xil bojxona tariflari o'rnatildi; 
-
kapital, kreditlar, pul ko'chirmalarining erkin harakatlanishiga sharoit yaratildi; 
-
ishchi kuchi migratsiyasi erkinligi va turar joy tanlash erkinligi ta'minlandi. 
Bu choralar YIHga a'zo davlatlari o'rtasida sanoat integratsiyas- ining tezlashishiga imkon 
berdi. Ayni bir paytda a'zo davlatlarda kompensatsion yig'imlar va qishloq xo'jaligi fondi orqali 
moli- yalashtirish yordamida, umumiy proteksionizm siyosatini qo'llash yo'li bilan agrar sohaning 
integratsiyalashuvini amalga oshirishga harakat qilindi. YI doirasidagi agrar siyosat YIga a'zo 
davlatlarn- ing asosiy qishloq xo'jalik mahsulotlari uchun bir xil minimal narx o'rnatishni 
kafolatlaydigan yagona narxlar tizimiga asoslanadi. Umumiy bozorning shakllanishi YIH 
davlatlarining milliy monop- oliyalarini transmilliy korporatsiyalarga aylanish jarayonini te- 
zlashtirdi, hamkor davlatlar iqtisodiyotiga kirishga imkon yaratdi. YIHni rivojlanishi 
Hamjamiyatga a'zo-davlatlarning yopiq milliy xo'jalikdan tashqi bozorga yuzlangan ochiq tipdagi 
iqtisodiyotga intensiv ravishda o'tishini anglatadi. 
Ikkinchi bosqich (70 va 80-yillarning o'rtalari). Bu davr YI tarix- iga asosan turg'unlik davri 
sifatda kirdi. Bu davrda YIga a'zo-dav- latlar Yevropa valyuta hamkorligi dasturi, tashqi siyosiy 
maslahatlar mexanizmini qabul qilishga muvaffaq bo'lsalarda, vujudga kelgan salbiy jihatlar 
G'arbiy Yevropa iqtisodiy integratsiyasining jiddiy inqiroziga olib keldi. Bu inqiroz 
"yevroskleroz" nomini oldi. 70 va 80- yillarning boshida YI davlatlari o'rtasida rivojlanish darajasi 
bo'yicha farq o'sib bordi. 1981 yilda YIga Gretsiyaning kirishi bilan bu farq yanada kuchaydi, 
chunki ushbu davlat iqtisodiyoti ham- jamiyatning boshqa ishtirokchi davlatlari iqtisodiyotiga 
nisbatan juda past darajada rivojlangan edi. 
Uchinchi bosqich (80-yillarning oxiri va 90-yillarning boshi). Bu davr Hamjamiyat 


12-MAVZU. IKKINCHI JAHON URUSHIDAN SO'NG
DUNYONING ETAKCHI MAMLAKATLARI IQTISODIY RIVOJLANISHNING XUSUSIYATLARI
11
tarkibining yanada kengayishi bilan xarakterla- nadi. 1986 yilda Ispaniya va Portugaliyaning 
YIHga qo'shilishi a'zo- davlatlar o'rtasidagi farqning yanada kengayishiga olib keldi. YIHga a'zo 
bo'lgan vaqtida Portugaliyada aholi jon boshiga to'g'ri keladi- gan daromad YIH dagi o'rtacha 
daromadning taxminan 45-50%ga, Ispaniyada esa 3/4 qismiga to'g'ri kelgan edi. Yangi ishtirokchi 
davlatlarda aholining taxminan 1/5 qismi qishloq xo'jaligida band bo'lgan bo'lsa, YIH da esa 
o'rtacha 1/13 qismi to'g'ri kelgan. Shu bilan bir qatorda, aynan shu davrda G'arbiy Yevropa 
integratsiyasi yanada rivojlandi. Bunga birinchi navbatda Yagona Yevropa Akti (YaYA)ning 
qabul qilinishi ham sabab bo'ldi. Ushbu aktda YIHga ishtirokchi-davlatlarining umumiy maqsadi 
- Yevropa Ittifoqining tashkil qilinishi yana bir bor tasdiqlandi. Yevropa Ittifoqi Hamjami- yati 
ham siyosiy, ham iqtisodiy ittifoq bo'lib, a'zo-davlatlar o'rtasida iqtisodiy, valyuta-moliya, 
gumanitar sohalardagi hamkorliklar bilan bir qatorda tashqi siyosat havfsizlikni ta'minlash 
sohalarida ham chuqur hamkorlikni amalga oshirish ishlari nazarda tutilgan. YaYAning asosiy 
maqsadi shundaki, YIHga a'zo-davlatlar o'rtasidayagona xo'jalikni tashkil qiladigan yagona 
iqtisodiy hududni yara- tilishidir. YaYAning qabul qilinishi bilan Hamjamiyatga a'zo-davlat- lar 
o'rtasida mikro va makroiqtisodiyot, siyosat va huquq, fan va ekologiya, mintaqaviy rivojlanish, 
ijtimoiy munosabatlar sohasidagi integratsion jarayonlar kuchaydi. 90-yillar boshida YIga a'zo-
dav- latlar yagona bozor asoslarini yaratishni amalda tugatib, valyuta, iqtisodiy va siyosiy 
ittifoqlarni shakllantirishga bevosita yaqinlash- dilar. 
To'rtinchi bosqich (90-yillarning o'rtasi va XXI asr boshi). Bu Yagona Yevropa Aktiga 
muvofiq 1993 yilning 1 yanvaridan boshlab Hamjamiyat chegaralari doirasida ishlab chiqarish 
vositalarining erkin harakati yo'lga qo'yildi. Hamjamiyat doirasida yagona iqtisodiy hudud 
vujudga keldi. Bu YI doirasidagi iqtisodiy integratsiyaning sifat jihatdan yangi bosqichga kirganini 
anglatadi. 
Maastrixt Bitimiga (1992 yil fevral) muvofiq 1994 yilning 1 yan- vardan YIH Yevropa 
Ittifoqiga aylandi va uning a'zolari 15 taga yet- di. YI doirasida yagona ichki bozorning tuzilishi 
amalga oshirildi. Maastrixt bitimida integratsion hamkorlikning keyingi bosqichlarini maqsadlari 
(Yagona valyuta - YEVROni emissiya qilish huquqiga ega yagona Yevropa bankini tuzish, ichki 
chegaralarsiz yagona G'arbiy Yevropa hududini tashkil qilish va boshqalar) e'lon qilingan edi. 
YI integratsiyasida hozirgi kunda ijtimoiy - iqtisodiy va siyosiy muvaffaqiyatlar bilan bir qatorda 
qiyinchiliklar ham ro'y bermoqda. Yuqorida YI ga yangi a'zo-davlatlarning kirishi munosabati 
bilan yuzaga kelgan davlatlararo iqtisodiy rivojlanishdagi farqlar ko'rib chiqilgan edi. YIga yangi 
davlatlarning a'zo bo'lib kirishi ham sezilarli muammolari keltirib chiqarishi mumkin. Eng katta 
muam- molardan biri Yevropa valyuta tizimini shakllantirish davomida namoyon bo'lmoqda. 
1992 yildagi 7%ga Britaniya funt sterlingi va Italiya lirasi devalvatsiyasi oqibatida ro'y bergan 
YVT inqirozi Buyuk Britaniya va Italiyani avtomatik tarzda YVT dan chiqarib tashladi. Valyuta 
ittifoqini shakllantirishda unga kirish uchun qo'yilgan bir qator talablar ham davlatlarga 
qiyinchiliklar tug'dirgan edi. O'sha davrda almashuv kursi inflyasiyasining darajasiga, foiz 
stavkalari darajasiga, budjet defitsiti va davlat qarzi bo'yicha qo'yilgan ta- lablarga faqat 
Lyuksemburg javob bergan edi. YIga a'zo-davalatlar orasida Ittifoqni kengaytirish, integratsiyani 
chuqurlashtirish yo'llari haqida kelishmovchiliklar mavjud edi.

Yüklə 370,85 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə