Dorivor oʻsimliklar


Yana shunisi quvonarliki, “Xomkon Sherobod taraqqiyot” f/x hamda “Ajoyib asr” MCHJ ning 400 gektar maydonlarida ham kavrak plantatsiyasi tashkil etilgan



Yüklə 3,74 Mb.
səhifə3/8
tarix24.12.2023
ölçüsü3,74 Mb.
#159050
1   2   3   4   5   6   7   8
Dorivor o\'simliklar

Yana shunisi quvonarliki, “Xomkon Sherobod taraqqiyot” f/x hamda “Ajoyib asr” MCHJ ning 400 gektar maydonlarida ham kavrak plantatsiyasi tashkil etilgan.
Ola o‘t (rastaropsha)ga talab bugun ortib bormoqda. “Angor farm” MCHJ ning qayta ishlash va plantatsiya maydonlari ko‘zdan kechirilganda 8 gektar ola o‘t (rastaropsha) dorivor o‘simligi plantatsiyasi tashkil etilgani aniqlandi hamda 4 turdagi biologik faol qo‘shimchalar ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilgan.
Shuningdek, “Ollayor oxun” f/x klaster tashabbuskorining qilingan ishlar holati va muammolari ekish maydonlariga chiqqan holda o‘rganildi. Bu yerda 10 gektar maydoniga steviya o‘simligining plantatsiyasi hamda 1.0 ga maydonida issiqxonada steviya ko‘chatchiligini tashkil etgan. Klaster ro‘yxatga olingandan so‘ng yana 40 gektar maydoniga steviya dorivor o‘simligini plantatsiyasini tashkil etish rejalashtirilgan va Hindiston davlatidan steviya xom ashyosini qayta ishlaydigan, undan shakar o‘rnini bosuvchi steviozid (shakardan 150-200 barobar) va rebaudiozid (shakardan 350 barobar shirinroq) moddasini ajratib oladigan uskuna olib kelinishi bo‘yicha muzokaralar olib borilmoqda.
Qashqadaryo viloyatdagi umumiy dorivor va ziravor o‘simliklar yetishtirish va qayta ishlash bilan shug‘ullanadigan fermer va tashkilotlarining ro‘yxatini umumlashtirib reja tuzildi.
Rejaga ko‘ra, “Pinnacle world wide” QK klasteri rahbariyati bilan uchrashildi va yuzaga kelgan muammo muhokama qilindi. Maʼlum bo‘ldiki klasterning 477 gektar maydoni prokuror protesti bilan olib quyilgan. Bu muammoni xal etish bo‘yicha hozirda ishlar olib borilmoqda.
Dexqonobod tumanida joylashgan “Eco comfort” XK si ko‘zdan kechirildi va 300 gektar maydonda kovrak plantatsiyasi bilan birgalikda xandon pista plantatsiyasi xam tashkil etilayotgani aniqlandi. Hozirgi kunda maydon 11 kilometrlik temir to‘siqlar bilan o‘rab olinib kavraklar ekilganiga 2 yildan oshgani va ekish ishlari davom etayotgani aniqlandi. Loyiha umumiy qiymati 10 mlrd. so‘mni tashkil etadi shundan 8 mlrd. so‘m korxona o‘z mablag‘lari hisobidan va 2 mlrd. so‘m bank krediti asosida tashkil etilgan. Yaratilgan ish o‘rni soni 16 ta.
Eco comfort” XK si rahbari Vahob Norsafarovga muloqot mobaynida to‘siqlar yoniga itburun naʼmatagi ekilish, achchiq bodom, ola o‘t (rastoropsha) dorivor o‘simliklarini ekish tavsiya qilindi. Muloqot davomida tadbirkor - “200 gektar lalmi yerni bersangiz, o‘z mablag‘ hisobimdan o‘zlashtiraman” – degan taklifini bildirdi.
Qizil gulxayri va qora gulxayri plantatsiyasini ko‘zdan kechirish maqsadida “BBU-AZAMAT” MCHJ xodimlari bilan uchrashildi va dorivor o‘simliklar ekish uchun qiziqish bildirgan tashabbuskor tadbirkorga yo‘nalish ko‘rsatildi. Buyrak choy, dorivor moychechak, qalampir yalpiz, dorivor limono‘t, anzur piyozi, yer nok (topinambur), achiq bodom, itburun naʼmatagi, jumrutsimon chakanda 995,9 ga taʼbiiy maydonlarda dorivor o‘simliklar parvarishi va madaniy holda yetishtirilishi ishlarini ko‘zdan kechirish maqsadida klaster tashabbuskori “Kamar dorivorlari” MCHJ rahbari bilan uchrashildi va taklifar o‘rganilib, rejalar aniqlandi

Yüklə 3,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə