Denov tadbikorlik V pedagogika instituti



Yüklə 37,54 Kb.
səhifə3/3
tarix19.12.2023
ölçüsü37,54 Kb.
#150632
1   2   3
Gulmira

mustaqil ishlab, o`qishni davom ettirishga imkoniyat bеriladi.
Mustaqillik - davlatning ichki va tashqi ishlarda boshqa davlatlarga qaram boʻlmay faoliyat koʻrsatishi. M. tamoyillariga rioya etish davlatlararo oʻzaro munosabatlarda yetakchi, hukmron qoidadir. Har bir davlatning mustaqilligini tan olish oʻzaro tinchtotuv yashashning prinsiplaridan biridir.
ОOOKning asosiy xususiyatlari ta’lim­ning uzluksizlik va shaxsga yo‘naltirilgan tamoyillarini amalga oshirish, tushunish uchun qulay bo‘lgan shaklga keltirib, zamonaviy ilmiy g‘oyalarni keng targ‘ib etish kabi vazifalar bilan bog‘liq: 1) ommaviylik, ya’ni kurs tinglovchilari soni cheksizligi; 2) ochiqlik, ya’ni istagan kishiga, unga qulay joyda va vaqtda bilimlarni bepul berishi; 3) kurslarning yaxlitligi, ya’ni kurslar nafaqat o‘quv material parchalari, balki amaliy mashg‘ulotlar, kommunikatsiya, olingan bilimlarni nazorat qiluvchi materillarni o‘z ichiga oladi; 4) kurs muvaffaqiyatli o‘zlashtirilganda sertifikat olish imkoniyati. Ommaviy ochiq onlayn kurslarda о‘qitish о‘qituvchi bilan о‘quvchi ma’lum bir masofada joylashgan holda ta’lim berish tizimidir. Bunda о‘qituvchini dars jarayonida kompyuterlar, sun’iy yо‘ldosh aloqasi, kabelli televideniye kabi vositalar asosida tashkil qilishini talab qiladi.
Televideniye (yunon. τήλε - uzoq va lot. video - koʻraman) harakatlanayotgan tasvir va tovushni masofadan uzatish tizimidir. Televideniyening ishlash prinsipi tasvir kadrini satrlarga boʻlib uzatishga asoslangan.
Ommaviy ochiq onlayn o’qitish: - ochiq ta’limning zamonaviy shaklidan iborat; - kompyuterli ta’limni foydalanishga qaratilgan; - о‘qituvchilar va boshqa о‘quvchi (talaba)lar bilan faol muloqat qilish uchun zamonaviy - kommunikatsiya texnologiyasidan foydalaniladi. Oliy ta’lim dargohlari, korporatsiyalar, davlat tashkilotlari uchun onlayn ta’lim tizimi ko‘plab imkoniyatlarni beradi. Darslardan keyin qo‘shimcha vazifalarni berish, global darajada almashinuv dasturlarini amalga oshirish mumkin. Sinf xonasida o‘quvchilar soni cheklangan bo‘lsa, onlayn ta’limda bir vaqtning o‘zida ko‘plab insonlarga ta’lim berish imkoniyati paydo bo‘ladi. Onlayn ta’lim uyatchang talabalarning faolroq bilim olishlariga imkon beradi. An’anaviy darslarda berilgan ma’lumotlarni to‘liq eslab qolish qiyin bo‘lishi mumkin. Onlayn ta’limda esa bilimlarni takrorlash, ularni global miqyosda almashish, bo‘lishish imkoniyati mavjud bo‘ladi[1,236-b] Xulosa qilib shuni aytish kerakki, ta’limni modernizatsiya va isloh qilish jarayonlari oliy ta’lim tizimida, ayniqsa, yaqqol namo­yon bo‘ladi. Bu yerda dars berish jarayonida yangi texnologiyalar ta’lim sifatini oshi­rish maqsadida doimiy ravishda joriy etib borilishi zarur. O‘z-o‘zidan ravshanki, ta’lim tizi­mini isloh qilish jarayoni mamlakatda amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar­ning zaruriy omili hisoblanadi va doimiy xarakterga ega. Bu jarayonda oliy ta’lim sifatini ta’minlashda ilg‘or xorijiy tajribalar va modullarni tatbiq etish ustuvor vazifalardan biri bo‘lib qolishi juda muhimdir.
Ommaviy onlayn ochiq kurslar (OOOK) butun dunyoda Massive Open On­line Courses (MOOC) deb yuritiladiI.
Ommaviy (Massive) so'zi katta auditoriyani o'z ichiga olishini bildiradi. Ommaviy so'zi tizimda talabalar o'zaro cheksiz muloqot qilishlari mumkinligini ham bildiradi.
Ochiq (Open) deb atalishiga sabab bu tizimdan erkin, ochiq foydalanish mumkinligidir. Ba'zi tijorat firmalari faqat pullik tizimda faoliyat yuritsa ham, lekin ko'pchilik ma'lumotlar va o'quv jarayonlarini bepul tashkil qilish imkoniyati ham mavjud.
Onlayn (On-line) deyilishi o'z-o'zidan aniq, chunki barcha jarayonlar internet tarmog'ida real vaqtda amalga oshiriladi. Tizimni kompyuterga ko'chirib, avtonom tarzda ishlab bo'lmaydi.
Kurs (Courses) so'zi axborotlar ma'lum bir yo'nalish bo'yicha jamlanganligini, ular eng zamonaviy usulda pedagogika va kompyuter texnologiyalari yutuqlaridan foydalanib tashkil etilganligini anglatadi.
OOOK o'z rivojlanish tarixida quyidagi formatlarda amaliyotga joriy etilgan: xMOOCs, cMOOCs i quasi-MOOCs.
xMOOCs formati an'anaviy universitet modeliga mos keladi (Coursera, edX, Udacity). Bu format 2011 yilda joriy etilgan. Bun tizimda o'qituvchi juda tajribali bo'lishi talab etiladi va talaba iste'molchi sifatida tashkil qilingan. Ma'ruzalar 3-30 minutdan oshmaydi. O'qituvchi bilan to'g'ri va teskari muloqot tashkil qilinmagan (bahs-munozaralardan tashqari). Coursera va Udacity talabalarni ko'proq jonli uchrashuvlar o'tkazishga chorlaydi.
cMOOC formati pedagogik muloqot modeliga asoslanilgan. Bunda bilimlar tizimiga tarmoqdagi jarayon, tarmoqni tashkil qilish, ma'lumot qo'shish, olish va chiqish faoliyatlari sifatida qaraladi. Har bir talaba o'zicha texnologiyani tanlaydi, unga infrastrukturani tashkil qilishda administratorlar yordam berishadi.
quasi-MOOC formali tarmoqdagi o'qitish dasturlari sifatida joriy etilgan (Khan academy, OpenCourseWare MIT - OCW). Texnik jihatdan olib qaraganda bular kurslar emas, balki ma'lum masalani yechishga yo'naltirilgan asinxon resurslardir (masalan, algebra bo'yicha masalani yechish). Ulardan ba'zi xorijiy oliy o'quv yurtlarida kreditlar to'plashda foydalanishadi.
Quyidagi sxemada OOOK modellarining rivojlanishi ko'rsatilgan.
Yüklə 37,54 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə