Darsni tashkil qilishga tayyorgarlik, 1soatlik dars reja konspektini tayyorlash Reja



Yüklə 80,65 Kb.
səhifə6/8
tarix30.12.2023
ölçüsü80,65 Kb.
#167275
1   2   3   4   5   6   7   8
Darsni tashkil qilishga tayyorgarlik, 1soatlik dars reja konspektini tayyorlash

O'quv ustaxonasida dars
Har bir kompleks uchla-to'rtla mehnat operatsiyasi va kompleks ishlarini o'z ichiga oladi. Bu ishlar ana shu operatsiyalardan foydalanilgan holda bajariladi. Har bir navbatdagi kompleks ishlar mazkur kompleks operatsiyalarnigina emas, balki ilgari o'rganitgan operaciyalarni ham o'z ichiga oladi. Shu tarzda ta'lim jarayoni harakatlar, operatsiyalarni o'rganishni o'z ichiga oladi,
Umuman, mehnat harakatlari va operatsiyalarini to'g'ri bajarish bilan bir qatorda eng muhim narsa: o'quvchilarga o'rganilgan operatsiyalarni o'quv-ishlab chiqarish ishlarini bajarishning muayyan texnologiya jarayonida qo'shib olib borishga o'rgatishdan; o'quvchilarni tez va aniq ishlashga o'rgatishdan iborat, ya'ni ta'limning bu bosqichida o'quvchilarda tez va aniq ishlash ko'nikmalari, shuningdek, mehnatni rejalashtirish ko'nikmalari shakllanadi.
O'quv ustaxonalarida amaliy-kasbiy ta'limni amalga oshirishda quyidagi instruktaj turlari amalga oshiriladi.
1. Kirish instruktaji. Kirish instruktaji, odatda, dars boshida o'tkaziladi.
Kirish instruktajini o'tkazish paytida uning quyidagi tuzilishiga amal qilish zarur:

  • dars mavzusi va maqsadlarini aytish;

  • nazariy darslarda, shuningdek, mazkur dars materiali bilan bog'liq bo'lgan ishlab chiqarish ta'limining avvalgi darslarida o'rganilgan materiallari yuzasidan o'quvchilarning bilimlarini tekshirish;

- darsda bajariladigan ishlarning xususiyati va maqsadini o'quvchilar mashqlarining yoki mustaqil ishlarining bajarilish tarkibini tushuntirish;

  • bajariladigan o'quv-ishlab chiqarish ishlarining chizmalari, sxemalari, texnika talablarini o'rganish namunalarini namoyish qilish;

  • o'quvchilarni darsda qo'llaniladigan va ishni bajarishda foydalaniladigan moslamalar va boshqa vositalar bilan tanishtirish;

  • topshiriqni bajarishning eng oqilona yo'llari, usullari va izchilligini, shuningdek, ish sifati nazoratining usullarini tushuntirish va ko'rsatish;

  • tipik xatolarni, ularni oldini olish va bartaraf etish usullarini ko'rib chiqish;

  • topshiriqlarni bajarish paytida ish o'rinlarini oqilona tashkil etish usullarini tushuntirish va ko'rsatish;

-o'quvchilarni mehnat xavfsizligi qoidalarini ko'rib chiqish;
- kirish instruksiyasi materialini mustahkamlash va o'quvchilar qanday o'zlashtirganini lefcshirish, ish yo'llarini, usullarini qo'shimcha takroriy tushuntirish hamda ko'rsatish; topshiriqlar berish va o'quvchilarni ish o'rinlariga taqsimlash va shu kabilami o'z ichiga olgan holda amalga oshiriladi.
Bo'lg'usi dars materialini o'quvchilarning bilimlari va ishlab chiqarish tajribasi bilan bog'lash, ularning mashqtarat va mustaqil ishni ongli ravishda bajarishlari uchun asosdir. Ana shunday bog'lanish yo'li bilan o'quvchilar ongida ular bitadigan
va qila oladigan narsalar bilan darsda o'zlashtirishlari, o'rganishlari kerafc bo'lgan narsalar o'rtasida «ko'prik» o'matiladi. Bunday bog'lanish o'quvchilarga kirish instruktaji boshida maxsus predmetlar materiali hamda ishlab chiqarish ta'limining ilgdrigi darslari bo'yicha savol berish orqali erishiladi. Bunda muvaifaqiyat ko'p jihatdan masalalarni to'g'ri tanlash hamda savol berish tartibiga bog'liq.
Savollarni ta'riflashda shuni nazarda tutish kerakki, javob berish paytida o'quvchilardan eslashnigina emas, fikr yuritishni ham talab qilinadigan savollar berish maqsadga muvofiqdir,

Yüklə 80,65 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə