Darsga qo’yiladigan talablar. Dars rivojlanishining asosiy tendensiyalari darsga bo’lgan talablarda o’zining aniq ifodasini topadi



Yüklə 83 Kb.
səhifə3/9
tarix24.12.2022
ölçüsü83 Kb.
#97801
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Darsga qo’yiladigan talablar. Dars rivojlanishining asosiy tende

vaqtning tejamli emasligi;

o’qituvchi ta`sirining cheklanganligi (o’qituvchining vazifasi o’quvchiga topshiriq berish va uni bajarilishini tekshirishdan iborat);

boshqa o’quvchilar bilan hamkorlikda ishlash imkoniyati cheklanganligi (bu holat ijtimoiylashishi jarayoniga salbiy ta`sir ko’rsatadi);

jamoada ishlash tajribasining shakllanmasligi.

Mazkur sabablar XVI asrdan boshlab individual o’qitish usulining ahamiyati pasayib, uning o’rnini ta’limning individual-guruhli shakli egallashiga imkon berdi.

Ta’limning individual-guruhli shaklidan Yevropada, XVI asrda keng foydalana boshladilar. Markaziy Osiyo davlatlarida bu usuldan qadim davrlarda ham foydalanganlar. Bunga Avesto davri misol bo’la oladi, bu davrda o’quvchilar uchun asosiy o’quv qo’llanma zardushtiylikning muqaddas manbayi «Avesto» (eramizdan avvalgi VII—XVI asrlar) bo’lib kelgan. Avesto davri jamiyatidagi maktablarda individual o’qitish jamoali o’qitish bilan birga olib borilar edi. O’qituvchi «Avesto» kitoblaridanbirini ochadi va o’quvchilar navbatma-navbat kelib ovoz chiqarib o’qiydilar, keyin esa hamma birgalikda o’qilganni takrorlaganlar, mashqlarni maxsus taxtachalarda yozganlar. Aqliy mashqlar o’qituvchining o’quvchi bilan erkin suhbati davomida olib borilgan. Jismoniy tarbiyalash individual va jamoali mashg`ulotlar shaklida amalga oshirilgan. Jismoniy tarbiyaning maqsadi yoshlarni harbiy xizmatga tayyorlashdan iborat bo’lgan. Otda yurish, ov qilish, qilichdan foydalanishni bilish, suvda suzish, yugurish, nayza otish va shu kabilar harbiy tayyorgarlikning majburiy turlari hisoblangan. Ta’lim olish jarayoni kun chiqqandan kun botgungacha davom etgan, uy vazifalari mavjud bo’lmagan1.

XI asrdayoq Abu Ali ibn Sino o’zining «Tadbiri manzil» nomli ilmiy asarining maxsus «Amuzish va parvarishi modrasas farzand» («Bolalarni maktabda o’qitish va tarbiyalash») bo’limida o’quvchilarga jamoali o’qitish haqida quyidagi tavsiyalarni beradi:

agarda o’quvchilar birgalikda o’qisalar, ular zerikmaydilar, fanni o’rganishga qiziqish kuchayadi; ularda bir-birlaridan ortda qolmaslik uchun o’zaro musobaqalashish istagi rivojlanadi, ular bolaning o’qishi yaxshilanishiga yordam beradi;


Yüklə 83 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə