Daromad-isteʼmol chizigʻi va uning tahlili


-rasm . «Narx-iste’mol» (a) va talab chizig‘i (b)



Yüklə 170,58 Kb.
səhifə4/9
tarix27.12.2023
ölçüsü170,58 Kb.
#163709
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Daromad istemol

2-rasm . «Narx-iste’mol» (a) va talab chizig‘i (b).


Iste'molchi endi bir birlik qo‘shimcha olma olish uchun, oldingidan kamroq miqdordagi apelsindan voz kechadi. Masalan, bitta apelsin narxi 10 so‘m va bitta olma narxi 5 so‘m bo‘lsa, yarimta apelsinga bitta olma to‘g‘ri keladi, olma narxi 2,5 so‘mga tushsa, qo‘shimcha bitta olma olish uchun 1/4 qism apelsindan voz kechishi kerak. Olma narxining pasayishi, ma'lum miqdordagi olmani apelsin bilan almashtirish imkoniyatini yaratadi. Natijada optimal majmua (olma va apelsinlarning optimal miqdori) E nuqtadan yuqoriroq naflik darajasiga ega bo‘lgan befarqlik egri chiziqlarida joylashgan E, E2 va E3 nuqtalarga o‘tadi.


Agar biz optimal majmua nuqtalarini (befarqlik egri chiziqlari bilan byudjet chiziqlari kesishgan nuqtalarni) chiziq bilan birlashtirsak, bu chiziq «Narx-iste'mol» chizig‘i bo‘ladi (a rasmdagi V chizig‘i). «Narx-iste'mol» chizig‘iga ko‘ra, talab chizig‘ini aniqlash mumkin (b) rasm. Bu holda ordinata bo‘yicha narx, absissa o‘qi bo‘yicha X1 ne'mat miqdori belgilanadi.
Tovarlar qiymati va ularning nafliligi o‘zlarining namoyon bo‘lishini narxda topadi. Amaliy hayotda qiymat tovar ishlab chiqaruvchilarni, naflilik esa iste’molchilarni rag‘batlantiruvchi, ularni harakatga keltiruvchi kuch sifatida amal qiladi.
Tovarning doimo bir-birini taqozo etadigan, ikki xususiyatga, ya’ni ma’lum bir naflilikka va qiymatga ega ekanligi sababli narx mazmuni turlicha talqin qilinadi va unga turlicha ta’rif beriladi. Bunga qo‘shimcha narxning darajasiga uning o‘zgarishiga turli omillar ta’sir qiladiki, bu ham masalani to‘g‘ri tushunishni biroz chigallashtiradi. Masalan, ingliz klassik siyosiy iqtisod maktabi vakillari g‘oyalarida narxning asosini qiymat tashkil qiladi deyilgan bo‘lsa, marjinalizm yo‘nalishidagi oqimlar qarashlarida tovar narxining asosini uning nafliligi, aniqroq aytganda, qo‘shilgan miqdor nafliligi tashkil qiladi deyiladi. Bunda so‘nggi qo‘shilgan miqdor nafliligiga alohida e’tibor beriladi. Uchinchi guruh toifa-dagilar esa narx talab va taklif asosida tashkil topadi deyishadi. Ularning har biri o‘zlaricha turli dalillar topib, o‘z g‘oyalarini isbotlashga harakat qiladilar.
Bozor iqtisodiyotida narx butun tizimni harakatga keltiruvchi asosiy harakatlantiruvchi kuch sifatida namoyon bo‘ladi. Tovarlar narxi bozor mexanizmining asosiy iqtisodiy dastagi hisoblanadi.
Ayni vaqtda ishlab chiqaruvchi va iste’molchilar (sotuvchi va xaridor)ning, tadbirkorlar, butun jamiyat va davlatning iqtisodiy manfaatlari narx orqali ro‘yobga chiqariladi. Bu narxning mazmuniga turlicha qarashlarni qaror toptiradi.
Narxning mazmuniga turli qarashlardan A.Marshall tomonidan sintezlashtiriladi.
A.Marshall narxga keyingi naflilik, ishlab chiqarish xarajatlari hamda talab va taklif nisbatining pulda mujassamlashishi sifatida qaraydi.
A. Marshall o‘zining narx konsepsiyasida A.Smit, D.Rikardo, J.B.Sey, Bem-Bavrik va boshqalarning nazariyalariga tayanadi hamda ularni umumlashtiradi.
U o‘z qarashlarida keyingi qo‘shilgan naflilik, ishlab chiqarish xarajatlari, talab va taklif nazariyasini uyg‘unlashtirib narxning mazmunini ochishga harakat qiladi. U qiymatning amal qilishini inkor qilib, faqat almashuv qiymatni tan oladi. Uning fikri bo‘yicha shu almashuv qiymat – narxdir.
A. Marshall fikricha narx – bu tovar va xizmatlarning foydaliligini, ya’ni kishilarga naf keltirishini baholash vositasi bo‘lib, tovar birligi uchun to‘lanadigan pul miqdori bilan o‘lchanadi.
Bunda ikki xil narxni ajratib ko‘rsatishadi.
a) talab narxi. Bu – narx har bir tovar birligining xaridorlarni o‘ziga jalb qila olish qobiliyatidir, istaklar ko‘paysa u ortadi.
b) taklif narxi – bu tovarning sotuvga kelib tushgan narxidir.
Narx – talab va taklifning muayyan nisbatida, tovar (xizmati)ni ishlab chiqarishga ketgan iqtisodiy resurs xarajatlari hamda uning nafliligining pul ko‘rinishida mujassamlashtiradi.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida narx bir qator vazifalarni bajaradi:


Yüklə 170,58 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə