D. O‘rinbayeva m. Rahimova


O‘CHMAS IZ QOLDIRGAN SHOIRA



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə97/99
tarix11.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#144494
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   99
DIKTANTLAR TO‘PLAMI

O‘CHMAS IZ QOLDIRGAN SHOIRA 
Nodira 1792-yilda Andijon hokimi Rahmonqulibiy oilasida dunyoga 
keldi. Uning asl ismi Mohlaroyim bo‘lib, yoshligidan o‘qishga, adabiyotga 
qiziqdi. U o‘tkir zehni, nozik tabiati, yaxshi fazilatlari bilan juda erta 


110 
tanildi. Nodira otinoyi qo‘lida ta’lim olgan. O‘z bilimi va dunyoqarashini 
mustaqil mutolaa bilan boyitib borgan. 
O‘zbek, fors-tojik adabiyotining eng mashhur vakillari merosidan 
bahramand bo‘lgan Nodira yoshligidanoq she’rlar yoza boshlagan. Shoira 
o‘z asarlarida muhabbat, adovat, saxovat, insof, muruvvat, firoq 
mavzularini katta mahorat bilan yoritadi. Nodira asarlari o‘zbek she’riyati 
xazinasining g‘oyat go‘zal namunalaridan hisolanadi. U o‘z asarlarida 
Nodira, Komila, Maknuna kabi taxalluslarni qo‘llagan. Shoira o‘zbek va 
tojik tillarida yozgan g‘azal, muxammas, musaddas, tarje’band, 
tarkibband, firoqnoma kabi janrlardagi asarlarini to‘plab, devon tuzgan. U 
o‘z she’rlarida ayollarning ichki kechinmalari, iztiroblari, oliyjanobligi, 
vafodorligi, insoniy muhabbatini kuylaydi. 
O‘zbek va tojik tillarida 10 ming misradan ko‘proq nazmiy asarlar 
yaratgan iste’dodli shoira Nodira hayotida katta fojia yuz berdi. Buxoro 
amiri Nasrullo 1842-yili Qo‘qonni bosib olgach, Nodira va uning 
yaqinlarini shariatni buzganlikda ayblab, yuzlab begunoh kishilarni, shu 
jumladan, Nodirani, uning o‘g‘illarini va hatto 12 yashar nevarasi 
Muhammad Aminni ham vahshiylarcha qatl ettiradi. 
O‘zbek adabiyotida o‘chmas iz qoldirgan shoira Nodira haqida 
ko‘plab ilmiy ishlar, badiiy asarlar, drama va kinofilmlar yaratilgan 
(187 ta 
so‘z). 
 
HUVILLAB QOLGAN QISHLOQ 
Berjlu qishlog‘i o‘rmonning qoq o‘rtasida joylashgan. Uylar bilan 
o‘rmon o‘rtasida bir necha bog‘ bor, xolos.
Berjlu qishlog‘i yarim tashlandiq ahvolga kelib qolgan. Daraxtlar 
uning, hatto, devorlarini ham bosib ketgan. Ana shuning uchun bu yerda 
tovush ham boshqa joylardagiga qaraganda, yanada tiniq va aniq eshitiladi.
Berjlu aholisi qishloqdan yuz metrlar chamasi narida joylashgan 
kattakongina sun’iy ko‘l bo‘yida o‘tirib, mazza qilib baliq ovlashadi. 
Berjluda bor-yo‘g‘i o‘ttizta uy bor. Ular ham allaqachon harobaga 
aylangan. Qishloqda ilgari kichik bir maktab ham bo‘lgan, biroq u hozir 
ishlamaydi: unda na eshik va na deraza bor. Berjluda odam juda kam. 
Unda qolgan odamlar ota, ona va ikki farzanddan iborat Pargalar 
xonadoni.
Pargalarning bir kichik kulbasi bo‘lib, u ham bog‘ va tomarqa bilan 
o‘ralashib ketgan. Uy bekasi tomarqada sabzovot yetishtiradi va uni 
begona o‘tlardan tozalaydi. 


111 
Pargalarning ikkita farzandi bor: o‘g‘lining ismi Antuan, qiziniki – 
Martin. Ular maktabda o‘qishadi, maktab Berjlu qishlog‘idan to‘rt 
kilometr chamasi uzoqlikdagi Ro-la-Min deb ataluvchi kichik bir shaharda 
joylashgan. Bizning hikoyamiz boshlangan paytda Antuan o‘n uch yoshda, 
singlisi esa o‘n bir yoshda edi. 
Pargalar qishloqni tashlab ketisholmaydi: ular shu o‘rmonni, atrofni 
o‘rab turgan mana shu bahaybat daraxtlarni hech kimga ishonmaydilar; 
tomarqalarini ham, barcha jihozlarini ham, hatto idish-tovoqlarini ham
sevishadi (o, sevganda qandoq), ularning birortasini tashlab ketgilari yo‘q 
(A.Dotel. O’rmon yog‘dusi) 
(200 ta so‘z).

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   99




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə