D. M. Sayfurov Тoshkent: "Тasvir", 2020. 112 b


-DARS.  INFORMATIKA FANI HAQIDA



Yüklə 16,04 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/80
tarix04.10.2023
ölçüsü16,04 Mb.
#125315
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   80
5-sinf informatika uzb

2-DARS. 
INFORMATIKA FANI HAQIDA
2-dars. INFORMATIKA FANI HAQIDA
Informatikaga fan sifatida XX asrning 50-yillarida Fransiyada asos solingan. “Informatika” 
atamasi fransuzcha 
informatique
va 
avtomatique
so‘zlaridan tashkil topgan.
Bu davrda Amerika va Janubiy Yevropa mamlakatlariga inson imkoniyatlaridan bir necha 
pog‘ona yuqori turgan, axborotni katta tezlikda qayta ishlay oladigan 
elektron hisoblash
mashinalari
(EHM) kirib kelgan va inson kundalik faoliyatining ajralmas qismiga aylangan.
Yevropa mamlakatlarida bu fan 
“informatics”
sifatida taqdim etilgan. Amerikada u 
“computer science”
, ya’ni kompyuter ilmi nomi bilan mashhur bo‘lgan.
XX asrning 70–80-yillariga kelib kompyuter ilmi faqat olimlarni 
emas, balki butun jahon jamoatchiligini qamrab oldi. Ishlab chiqarish 
korxonalari hamda jamiyat hayotining turli sohalarida faol qo‘llanila 
boshlandi.
Chunki bu davrda rivojlanish murakkab bosqichga yetdi. Yig‘ilib 
qolgan ulkan hajmdagi axborotni saqlash, qayta ishlash, uzatish va 
tezkorlik bilan almashishda jiddiy muammolar yuzaga keldi.
O‘z davri ilm-u fanining yangi yo‘nalishi sanalgan “kompyuter ilmi” 
bu muammolarni o‘rgandi, ularni zamonaviy kompyuter va aloqa 
texnologiyalari yordamida yechish imkoniyatini yaratdi.
ESLAB QOLING!
INFORMATIKA – kompyuter va kommunikatsion texnologiyalar yordamida axborotni 
katta tezlikda izlash, to‘plash, saqlash, qayta ishlash va uzatish usullarini o‘rgatuvchi fan.
http://eduportal.uz


10
I BOB. 
INFORMATIKA VA AXBOROT OLAMI
Vaqt o‘tishi bilan informatika fanini tashkil etuvchi bo‘limlar o‘zgardi. Hozirgi kunda bu fan 
quyidagi yangi bo‘limlar asosida o‘rganilmoqda:
KIBERNETIKA
(yun. kybernetile – boshqarish sanʼati) — axborotni qabul qilish, saqlash, uni 
qayta ishlash jarayonlarni avtomatik tarzida boshqarish bilan shug‘ullanuvchi fan. 
Kibernetika raqamli olamning malikasi hisoblanadi.
Hardware
(qattiq qism yoki texnik ta’minot); 
Software
(yumshoq qism yoki dasturiy ta’minot); 
Brainware
(aqliy ta’minot yoki intellekt).
Ilmiy qarashlarning va kompyuter texnologiyalarning yuqori tezlikda rivojlanishi atrofimizdagi 
olam va inson faoliyatining deyarli barcha sohalarida ko‘p o‘zgarishlarga olib keldi.
1
2
3
Kompyuter injeneriyasi, 
sun’iy intellekt, 
robototexnika, 
golografik xotira,
optik kompyuterlar, 
kvant kompyuterlar, 
neyro kompyuterlar.
Ushbu yo‘nalishlarning rivojlanishi natijasida esa, yangi istiqbolli kasblar vujudga kelmoqda. 
Bunda Informatika fanining ahamiyati beqiyosdir.
Olimlarning ta’kidlashicha: 
shaffof aqlli oynalar (smart glasses), gologrammalar, 
shaffof panellar, sun’iy intellekt, aqlli uy robotlari, dronlar, hyperloop
kabi innovatsion 
texnologiyalar bizning hayotimizda oddiy hol bo‘lib qolgan. Ular, albatta, ixtirolarning 
so‘nggisi emas.
O‘zbekistonga informatika fanining kirib kelishi 1970-yillarda O‘zbekiston 
Fanlar Akademiyasi «Kibernetika» ilmiy ishlab chiqarish birlashmasining 
bosh direktori, kibernetika fanining rivojlanishiga katta hissa qo‘shgan 
matematik olim, O‘zbekiston Fanlar akademiyasining akademigi Vosil 
Qobulovich Qobulov nomi bilan bog‘liq. Uning ilmiy ishlari hisoblash 
texnikasini fan, texnika va xalq xo‘jaligining turli sohalariga qo‘llash, ish 
jarayonini avtomatlashtirish bilan bog‘liq bo‘lgan.
1
2
3
http://eduportal.uz


11

Yüklə 16,04 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   80




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə