D. I. Mendeleyevning elementlar davriy sistemasi elementlarni birinchi marta sinflashga bo‘lgan urinish fransuz olimi A. Lavuazye


Atomlarning oksidlovchilik-qaytaruvchilik xossalari



Yüklə 36,48 Kb.
səhifə4/11
tarix30.12.2023
ölçüsü36,48 Kb.
#167829
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
D. I. Mendeleyevning elementlar davriy sistemasi-fayllar.org

Atomlarning oksidlovchilik-qaytaruvchilik xossalari. Element atomlarining oksidlovchilik-qaytaruvchilik xossalari atomlar yoki ionlar radiusi hamda atomlarning elektron tuzilishi bilan bog‘liq. Odatda metallar qaytaruvchilardir. Metallmaslarda oksidlovchilik va qaytaruvchilik xossalari kuzatiladi. Ftor faqat oksidlovchi xossasiga ega.
Agar atom kichik radiusga ega bo‘lsa, unga elektronlarning tortilishi oson va atomning oksidlovchilik xossasi kuchayadi. Shuning uchun ham galogenlar ichida ftor eng kuchli oksidlovchidir.
Metallarda esa atom radiusining kattalashganligi hisobiga elektronlarni berish osonlashadi va ularning qaytaruvchilik xossalari ortib boradi. Davrlar bo‘yicha bo‘lsa chapdan o‘ngga qarab elementlarning qaytaruvchilik xossasi zaiflashadi.
Qo‘shimcha guruh elementlarida bo‘lsa, element atom radiusi ortgan sari yadro zaryadi ortib, qaytaruvchi xossalarning zaiflashishi yuz beradi. Bu holatda metallarning kimyoviy faolligi kamayadi.


Element atomlarining kislota- asos xossalari. Odatda tipik metallarning oksidlari asosli oksidlardir. Ular davrlarning boshlaridan o‘rin olgan. Davrlarning oxirida joylashgan metallmaslarning oksidlari kislotali oksidlar hisoblanadi. Davriy jadvaldagi ba’zi elementlarning oksidlari amfoter oksidlardir. Ularga Al, Zn, Be, Sn, Pb, Ge kabi metallarning oksidlari va ba’zi metallmaslarning oksidlari ham kiradi.
Agar element bir necha valentlikka ega bo‘lganida past valentlikka ega bo‘lgan element oksidlari asosli, o‘rtachasi amfoter va yuqori valentlikka ega bo‘lganda esa, kislotali xossasiga ega ekanligi kuzatiladi. Masalan, xrom birikmalarida shunday qonuniyatlar topilgan. CrO – asosli oksid, Cr2O3- amfoter va CrO3 - kislotali oksiddir.


3. Davriy jadvaldagi qonuniyatlar
Davriy jadvaldagi elementlarning elektron tuzilishi asosida bir element atomidan ikkinchisiga o‘tganda ba’zi o‘xshash qonuniyatlar kuzatiladi.


Chala o‘xshash elementlar. Bu xil elementlar elektron konfiguratsiyalari ba’zan kichik oksidlanish darajasi uchun o‘xshash (C, Si va Ge, Sn, Pb) yoki yuqori oksidlanish darajasida bir xil elektron strukturali valent pog‘onaga ega bo‘ladi (Si va Ti).


Yüklə 36,48 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə