Corel draw dasturi imkoniyatlari bilan tanishish



Yüklə 1,15 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/11
tarix27.12.2023
ölçüsü1,15 Mb.
#162744
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI 
OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI 
FARG’ONA DAVLAT UNIVERSITETI 
FIZIKA 
MATEMATIKA FAKULTETI 
 
“Amaliy matematika va informatika” yo’nalishi 
19.121- guruh talabasi 
Raxmonov Jabboralining 
“Kompyuter grafikasi” fanidan 
“Corel Draw dasturining texnologik imkoniyatlari va tasvirlar 
yaratishdagi asosiy kamchiliklari ” mavzusidagi 
KURS ISHI 
Kurs ishi rahbari: 
B.Mullayev 
 
 
 
 
 
 
 
Farg’ona shahri 



 
 
 
 
REJA: 
1.
Kirish ........................................................................................... ....3 
2.
COREL DRAW dasturi imkoniyatlari bilan tanishish........................ 5 
3.
COREL DRAW ob’ektlari va ularning shakllari bilan ishlash ................ 10 
4.
COREL DRAW dasturida murakkab chiziqlar va shakllar xosil qilish.. 14 
5.
COREL DRAW dasturida matnlar yaratish ....................................... 17 
5.
Xulosa ................................................................................................ 29 
6.
Foydalanilgan adabiyotlar ................................................................... 30 



Kirish. 
Hozirgi zamon mutaxassislardan faoliyat doirasi qanday bo’lishidan qat’iy 
nazar, informatika bo’yicha keng ko’lamdagi bilimlarga zamonaviy hisoblash 
texnikasi va informatsion aloqa va kommunikatsiya tizimlari, orgtexnika vositalari 
va ulardan foydalanish borasida yetarli malakaga ega bo’lishi, hamda yangi 
informatsion texnika va texnologiya asoslarini uning ertangi kuni, rivoji 
to’g’risidagi bilimlarni o’zida mujassamlashtirgan bo’lishi shart. Zamonaviy 
hisoblash texnikalari va information texnologiyalarining kun sayin rivojlanib
jamiyatning esa, tobora informatsiyalashib borishi sababli, uzluksiz ta’lim 
tizimining o’rta va yuqori bosqichlariga informatika, ishlab chiqarish va 
boshqarish jarayonining kompyuterlashtirish bo’yicha bir qator o’quv fanlari 
kiritilgan. 
XX asr o’rtalariga kelib, tezkor mashina mexanizmlaridan foydalanila 
boshlandi, murakkab texnika va texnologiyalardan ko’p funksiyalilari o’ylab 
topildi. Ko’pgina masalalarni hal qilish jarayonida axborot hajmi behisob bir 
majmuaga aylandi, hamda bu axborotlarni yig’ish va uzatish vositalarini yaratish, 
ularni vaqtida qayta ishlab, boshqarish uchun zarur bo’lgan choralarni belgilab 
chiqish kerak bo’ladi. 
Axborot kommunikatsion texnologiyalar(AKT) talabalarning kelajakdagi 
faoliyatiga tayyorlashga ko’mak beradi. Hozirgi zamonda mehnat faoliyati 
o’quvchilar qoniqish bilan ishlayotgan kompyuterlar, texnologiyalar, dasturlar va 
qurilmalar yordamida boshqariladi. AKT o’rganish va o’qitishning yangi 
imkoniyatlarini ochib beradi. Inson multimediya ko’rgazma vositalari yordamida
o’quv ma’lumotlarini qabul qilganda sezgi a’zolari ishtirok etadi va u oson 
tushunadi. Multimediya ko’rgazma vositalari kompyuter animatsiyalari yordamida 
ham yaratiladi. Animatsiya obyektlar harakatini, immitatsiyasini namoyon etishga 
keng imkoniyat ochib beradi. O’quv ma’lumotlarini shartli grafik tasvirlar 
(sxemalar, bloksxemalar, diagrammalar, tarayektoriyalar) yordamida tushunishda 
animatsiyalardan foydalanish unumli hisoblaniladi. 



O’zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgan yillaridan e’tiboran 
mamlakatimiz hayotida haqiqatan ham ulkan tarixiy ahamiyatga ega bo’lgan eng 
muhim ijtimoiy dasturlar – kadrlar tayyorlash milliy dasturi va maktab ta’limini 
rivojlantirish davlat umummilliy dasturining ijrosi amalda nihoyasiga yetkazildi. 
O’zbekistonda o’qitish texnologiyalari zamonaviylashtirish, jadallashti- 
rish rivojlangan iqtisodiyotli mamlakatlarga qaraganda yanada dolzarb aha- 
miyatga ega. Chunki hozirgi kunda o’zbek milliy ta’lim tizimining salohi- 
yatli tizimli rivojlanishi yanada yuqori pog’onasiga ko’tarildi. 
Birinchi prezidentimiz I.A.Karimov 2001-yil Oliy Majlisining 5-sessiyasida 
so’zlagan nutqida axborot texnologiyalarni va kompyuterlarni jamiyat hayo- 
tiga, kishilarning turmush tarziga, o’rta maktab, o’rta maxsus va oliy ta’lim 
muassasalariga jadallik bilan kirish g’oyasi ilgari surildi. Xususan, biz kabi 
yoshlarni zamon talablariga javob beruvchi mutaxasislar qilib tayorlashda alohida 
e`tibor qaratilmoqda. 
Respublikamizda olib borilayotgan islohotlarning tarkibida yuqori malakali 
mutaxasislarning roli benihoyat kattadir. Prezidentimiz ta’kidlaganlaridek, 
“Ertangi kun yangicha fikrlay oladigan zamonaviy bilimga ega bo’lgan yuksak 
malakali mutaxasislarni talab etadi”. 
Respublikamiz mutaxassislar tayyorlashni davr talablari darajasida tashkil 
etishda yetarlicha ishlar olib borilayotganligiga qaramasdan, hozirgacha bir qator 
muammolar o’z yechimini topgani yo’q. Xususan, jahon andozalariga mos va 
raqobatbardosh, bilimli, malakali, kuchli mutaxassislarni tayyorlashga imkon 
beruvchi pedagogik shart – sharoitlarni yaratish, mazkur jarayonni metodik 
jihatdan to’g’ri tashkil etish, mutaxassislik fanlaridan kasbiy ta’lim va malakalarni 
shakllantiruvchi ilmiy – uslubiy qo’llanmalar ishlab chiqish kabi masalalarni shular 
qatoriga kiritish mumkin. 




Yüklə 1,15 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə