Chivin chumoli kapalak



Yüklə 164,5 Kb.
səhifə8/9
tarix19.05.2023
ölçüsü164,5 Kb.
#111387
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Hasharotlar haqida umumiy ma\'lumot

PASHSHALAR (Toshkent shevasida), chivinlar (boshqa shevalarda) — 2 qanotli hasharotlar guruhi. Pashshalarga, odatda, barcha kalta moʻylovli 2 qanotlilar: soʻqirlar, boʻkalar, pashshalar, taxinlar va boshqa oilalar kiritiladi. Gavdasi nisbatan yoʻgʻon, qanotlari keng , ogʻiz organlari yalovchi tipda. Qurtlarining oyogʻi va boshi boʻlmaydi. Gʻum-bagi bochkasimon. Pashshalar yirtqich (qoʻtirlar), parazit (taxinlar, qon soʻruvchi pashshalar, soʻnalar, boʻkalar), oʻsimlikxoʻr (Gessen pashshasi), turli suyuq organik moddalar (chin pashshasi) bilan oziqlanadi. Pashshalar tabiatda koʻpchilik qushlar, sudralib yuruvchilar, hasharotxoʻr sut emizuvchilar uchun asosiy oziq sifatida katta ahamiyatga ega. Bir qancha Pashshalar parazitlik qilishi va kasallik tarqatishi tufayli odam va hayvonlarga katta ziyon yetkazadi.
Eng katta pashsha turi Janubiy Amerikada yashaydi. Uning uzunligi 5,5 santimetr, yozilgan qanotlari esa 10 santimetrga yetadi.
· Oddiy pashsha ikki yarim oy mobaynida 600 dan 2000 tagacha tuxum qo’yadi.
· Sayyoramizda taxminan 10000000000000000000 ta hasharot yashaydi. Bu har bir insonga 250 mln hasharot to’g’ri keladi degani.
· Ninachi lichinkasida ilk rivojlanish bosqichida 2 ta yurak bo’ladi: biri boshida, ikkinchisi tananing past qismida. Yetishgan ninachi lichinkasida 5 ta ko’z, 18 ta quloq, 8 kamerali yurak bo’ladi. Qoni yashil rangda.
· Qo’ng’izlar odatda ikki oy, ba’zida bir yilgacha yashaydi. Ayrim qo’ng’izlar esa oziqlanmasdan yillab yashay oladilar.
· Pashshaning ko’zi 4 ming, kapalakning 17 ming, qo’ng’izniki 25 ming, ninachiniki 28 ming ko’zchalardan tuzilgan.
· Bolari 1 kilogramm bol to’plash uchun 10 million gulga qo’nishi kerak.
· Chigirtka xech qo’nmasdan 2200 kilometrgacha ucha oladi.
· Suvaraklar insonni o’ldiradigan radiatsiya ta’sirida ham yashay oladilar.
· Xasharotlar ichida uzoq umr ko’radigan jonzot – chirildoq. Uning ko’payish tsikli 17 yilda bir marta keladi. Uning bu muddatni qanday “taqvim” yoki “soat” bilan hisoblashi hali ham sirligicha qolmoqda.

Yüklə 164,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə