Buxoro innovatsiyalar universiteti



Yüklə 42,23 Kb.
səhifə1/3
tarix11.12.2023
ölçüsü42,23 Kb.
#144540
növüReferat
  1   2   3
Defektologiya Abdullayeva N.Q mustaqil ish

    Bu səhifədəki naviqasiya:
  • Bajardi

O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TA`LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI
BUXORO INNOVATSIYALAR UNIVERSITETI


_________________________fakulteti
_______________________ kafedrasi


Mavzu: INKLYUZIV TAʼLIM VA UNING OʻZIGA XOS XUSUSIYATLARI


REFERAT


Bajardi: Defektologiya____ guruh talabasi N.Q.Abdullayeva
Qabul qildi: ______________________


Buxoro 2023


INKLYUZIV TAʼLIM VA UNING OʻZIGA XOS XUSUSIYATLARI

Ushbu ta’lim insonning asosiy huquqi sifatida tushunishga asoslanadi. Inklyuziya keng ma’noda ham, tor ma’noda ham qo‘llaniladi. Keng ma’noda – u urush qurboni bo‘lgan alohida ehtiyojli bolalar, qochoq bo‘lgan bolalar, kam ta’minlangan oilalarning farzandlari, ijtimoiy zaif oilalarning bolalari, iste’dodli bolalar, sog‘ligida muammolari bo‘lgan bolalar va shqalarni o‘z ichiga oladi.Qo‘llanmaning ushbu bobidagi metodik tavsiyalar sog‘ligida muammolari bo‘lgan vanogironligi tufayli alohida ehtiyojli bolalar uchun inklyuziv ta’lim berishga taalluqlidir.Inklyuziv ta’lim g‘oyalari ijtimoiymadaniy nazariyalarga asoslanadi. Psixolog L.Vыgotskiy (1896-1934) inklyuziv ta’lim g‘oyasining asoschisi bo‘lib, uning ijtimoiy konstruktivizm nazariyasi orqali bolalar ijtimoiy muhitda eng samarali bilim oladilar. L.Vыgoskiy oliy aqliy funksiyalarning rivojlanishi ijtimoiy hamkorlikdan boshlanadi va keyin shaxsiy bo‘ladi deb aytib o‘tgan. Shunday qilib, bu ijtimoiy hamkorlik har doim rivojlanish va o‘rganishning asosiy usuli hisoblanadi. Shuningdek, u ta’lim rivojlanishdan oldin ekanligiga ishongan. Kattalar bolaning “bevosita rivojlanish zonasida” bo‘lgan ko‘nikma yoki bilimlariga e’tibor berib, o‘rganishni rag‘batlantirishlari mumkin. Vigoskiy “bunday rivojlanish zonasi”ni bolaning biladigan yoki qila oladigan va qobiliyatli odam yordamida nima qilishlari yoki tushunishlari mumkin bo‘lgan maydon yoki makon sifatida aniqladi. Vыgotskiyning ijtimoiy-madaniy rivojlanish nazariyasi pedagogning rolini aniq belgilaydi. Biz farzandlarimizni yaxshi bilishimiz va ularning “yaqin rivojlanish markazi” doirasida o‘quv faoliyatini aniqlash uchun ular bilan faol muloqotda bo‘lishimiz kerak. Agar bolalar birinchi navbatda ijtimoiy hamkorlik orqali o‘rgansalar, biz pedagoglar bolaning boshqa bolalar va kattalar bilan o‘zaro aloqada bo‘lgan vaqtini maksimallashtirishimiz kerak. Maktabgacha yoshdagi bolalarning shovqinli (lekin baland bo‘lmagan), band (lekin tartibsiz bo‘lmagan) guruhi –bu normal o‘quv muhitidir. Ko‘pgina mamlakatlarda inklyuziv ta’lim amaliyoti bu nazariyaning to‘g‘riligini ko‘rsatib berdi. Tadqiqotlarga ko‘ra, alohida ehtiyojli bolalar o‘z tengdoshlari bilan birga o‘qisalar, o‘rganishda, ijtimoiy muloqotda ancha yaxshi natijalarni ko‘rsatishga moyildirlar.Barcha bolalar inklyuziv ta’lim amaliyotidan yaxshi foyda oladilar. Odatda, alohida ehtiyoji bor bola rivojlanayotgan tengdosh bolalar bilan bir guruhda bo‘lishi ularga taqlid qilishga, ular bilan muloqot qilishga, ijtimoiy ko‘nikmalarini rivojlantirishga harakat qiladi. Rivojlanayotgan bolalar alohida ehtiyojlari bor odamlar duch keladigan muammolarni tushunib boradilar. Ular boshqalarning ehtiyojlariga sezgir bo‘lib, farqlarni yaxshiroq anglaydilar. Ular barcha odamlar muhim muammolarni bartaraf eta olishlariga va uvaffaqiyatga erishishlari mumkinligini bilib oladilar. Inklyuziv ta’lim tushunchasi Pedagoglarga guruhida alohida ehtiyojli bolalar bo‘lishi ham manfaatlidir, bunda ular o‘quv uslublaridagi farqlarni kuzatishda malakaga ega bo‘lishlari mumkin. Ular, shuningdek, bolalarning individual kuchli tomonlarini baholashda o‘zlariga ko‘proq ishonch orttiradilar va shu bilan birga qo‘llab-quvvatlash kerak bo‘lgan tomonlarini aniqlaydilar. Bu barcha bolalarni o‘qitishda tarbiyachilarga bolaning individual kuchli tomonini va alohida ehtiyojlarini aniqlashga va shu asosida ta’lim uslubini yaxshilashga imkon beradi. Inklyuziv ta’limning mavjudligi bolalar bir-biridan ko‘p jihatdan farq qilishini va bu farqlar to‘siq emas, balki qimmatli manba ekanligini tan olish demakdir. Bolalarning turli ta’lim ehtiyojlari va imkoniyatlari va ularning turli rivojlanish sur’atlarini o‘quv faoliyati va ta’lim strategiyasini individuallashtirish va differensiallashtirish yo‘li bilan qondirish mumkin.

Yüklə 42,23 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə