Buxoro davlat universiteti xorijiy tillar


Ingliz tili va o’zbek tili grammatik ma’no va grammatik shakli



Yüklə 56,47 Kb.
səhifə3/8
tarix03.06.2022
ölçüsü56,47 Kb.
#88582
1   2   3   4   5   6   7   8
Barotova Charos

2. Ingliz tili va o’zbek tili grammatik ma’no va grammatik shakli.

Tilning grammatik tuzilishi uning sistemasidagi umumiy muhim jixatdir. Affikslar, grammatik qo‘shimchalar va so‘z yasalishi, sintaktik modellar, so‘z tartibi, yordamchi so‘zlar va h.k. kabi tilning grammatik tuzilish elementlari grammatik yoki shakliy ma’noni, leksik ma’nolarning aniq shaklini ko‘rsatishga xizmat qiladi. Tarjima qilish jarayonida bu ma’nolarni ifodalash muhim muammodir. Turli xil tillarning grammatik shakllari juda kam hollarda ularning ma’no va vazifasiga mos keladi. Qoida sifatida faqatgina qisman ekvivalentlikka ega, bu esa grammatik ma’nolar grammatik shakllar orqali ifodalanishidir, shunga qaramasdan ikki til o‘zaro o‘xshashdek ko‘rinadi, faqatgina ularning ma’nolaridagi ba’zi qismlari mos keladi va o‘xshash ma’nolar o‘zaro farq qiladi.


Misol uchun: otlardagi son kategoriyasi ingliz tili, rus tili, o‘zbek tilida ham bir-biriga mos keladigandek ko‘rinadi, aslida esa juda ko‘p kelishik qo‘shimchalarining qo‘llanishida bir-biriga mos kelmaydi.
Lekin qo‘shimchasi bo‘lmagan boshqa so‘zlaming ingliz tilidagi ko‘plik shakli rus va o‘zbek tillarida birlik shaklida ifodalanishiga ko‘plab misollar keltirish mumkin:
Scissors - ножницы - qaychi
Birinchi muammo aniq tarjima qilishning imkoni yo‘qligidir. Tillardagi so‘zlaming ma’nolari va grammatik tuzilishlari odatda o‘xshash bo’laydi. Biz buni “logos” so‘zini misol qilib keltirish orqali izohlaymiz. Ingliz tilidagi hech qaysi bir so‘z unga aniq ekvivalent bo‘la olmaydi. U so‘z, fikr-mulohaza aytish, muhokama qilish, mazmun va boshqa ma’nolarni anglatadi. Tarjimon har bir vaziyatda eng yaxshi ekvivalentini tanlay olishi kerak. Xulosa qilib aytganda, bir matnning ikkinchi bir tilga so‘zma- so‘z aniq ekvivalentini topishni umuman imkoni yo‘qdir. Aksariyat hollarda tarjimon original (tarjima asarining asli) ning ma’nosini imkon qadar chuqurroq anglay olishga , so‘ngra esa anglashilgan ma’noni ayni tilga xuddi asliday tasvirlashga urinadi.
Antonimik tarjima elementar mazmun o‘z tarkibida sinonimfar va sinonimli so‘zlar lug‘ati yoki ingliz tilining izohli lug‘atida bayon etiladi.
Antonimik tarzda qilingan taijima grammatika nuqtai nazaridan olib qaraganda u nafaqat leksik,balki grammatik transformatsiya natijasi hamdir. Misol uchun:
Take it easy - не беспокойся - xavotir olma.
Grammatik transformatsiyalar turli xil grammatik va leksik ko‘rinishlaming paydo bo‘lishiga sabab bo‘ladi. Ba’zi hollarda ular bir-biriga juda yaqin bog’liq va leksik-grammatik xarakterga ega bo’ladi.
Tarjima qilishda grammatik transformatsiyadan keng foydalanishning sababi rus yoki o‘zbek tilidagi gap ingliz tilining grammatik tuzilishi bilan mos kelmasligida deb izohlanadi: gapda so‘z tartibi gaplarning joylashuv tartibidagi farq bosh gap va ergash gap tartibidagi farqdir.
Tarjimada biror bir so‘z turkumi boshqa bir so‘z turkumi bilan o'zgartirilishi mumkin. Bu to’liq yoki qisman transformatsiyalarga bog’liqdir. Tarjima qilishda sifat, ot, fe’l va ravish bilan almashinishi mumkin. Amerika xayotidan:
White schools - schools for white - oq tanlilar uchun maktablar;
white churches — churches for white.

Juda yaqin bog’liq va leksik-grammatik xarakterga ega bo’ladi.


Tarjima qilishda grammatik transformatsiyadan keng foydalanishning sababi rus yoki o‘zbek tilidagi gap ingliz tilining grammatik tuzilishi bilan mos kelmasligida deb izohlanadi: gapda so‘z tartibi gaplarning joylashuv tartibidagi farq bosh gap va ergash gap tartibidagi farqdir.
Tarjimada biror bir so‘z turkumi boshqa bir so‘z turkumi bilan o'zgartirilishi mumkin. Bu to’liq yoki qisman transformatsiyalarga bog’liqdir. Tarjima qilishda sifat, ot, fe’l va ravish bilan almashinishi mumkin. Amerika xayotidan: White schools - schools for white - oq tanlilar uchun maktablar; white churches — churches for white.
Tarjima qilishda sifatlar ko‘p hollarda ravishlar bilan o‘zgartiriladi. Bu grammatik transformatsiyaning badiiy asar va publitsistika (ijtimoiy-siyosiy masalalarga oid (adabiyot) da epitet (sifatlash) xodisaning mavjudligiga bog’liqdir.
Misol uchun: Lord Nesby stretched a careless hand. - Лорд Несби небрежно протянул руку. - Lord Nesbi istar-istamay qo’lini cho‘zdi.
Ba’zan, ingliz tilidagi ravish so‘z turkumi boshqa bir so‘z turkumi bilan o‘zgarishi sodir bo‘ladi. Misol uchun:
The accusation has been disproved editorially. — Обвинение было опровергнуто в передовой статье. - Aybdorlik gazeta maqolasida oqlandi.

Ingliz tilida gapda so‘z tartibida dastlab bosh bo’laklar: ega va kesim, so‘ngra esa 2-darajali bo’laklari keladi. Rus tilining akademik (oliy) grammatikasida gapda so‘z tartibi quyidagicha ko‘rsatilgan: hol, kesim, ega; ingliz tilida buning aksi qabul qilingan. Misol uchun: Yesterday’s deal was considered in court. Xabarning boshi gapning oxirida bo’lishi lozim. Rus tilidagi gapda so‘z tartibi turlicha bo’lishi mumkin.


Deal was considered in court yesterday. Berilgan gapning markazidagi “deal” (gapning egasi) gapning boshida bo’lishi lozim. Ba’zan, rus tiliga tarjima qilishda gapdagi so‘z tartibi yakka tartibda va murakkab qo‘shma gaplardagi ergash gapning o‘rin almashish hodisasi sodir bo’ladi, ayniqsa doimiy bo’lmagan mazmunni ko‘rsatish muhim bo’lganda. Misol uchun: В работе этой выставки примут участие фирмы, выпускающие электронное оборудование, многие из которых хорошо известны на мировом рынке.
Bu gapni ingliz tiliga tarjima qilishda ingliz tilining qoidalariga ko‘ra turli xil o‘rin almashtirishdan foydalaniladi va gapni 2ta sodda gapga ajratsa ham bo’ladi. Gapdagi so'zlar bir-biri bilan sintaktik bog’lanish orqali bog’langan.
Ular 4ta: predikativ (ega va kesim o‘rtasida); to’ldiruvchi (kesim va to’ldiruvchi o‘rtasida); aniqlovchi vazifasida keladigan (aniqlanmish va aniqlovchi o‘rtasida); va hol vazifasini bajaradigan (hol va u ergashgan so‘z o‘rtasida) so'zlar guruhi turli xil sintaktik bog’lanishlar orqali birikadi va u so‘z birikmasi deb ataladi. So‘z birikmasi qat’iy jumlalar yoki ixtiyoriy so‘zlardari tuzilishi mumkin. Dastlab ma’lum birikmani tarjima qilib olib so‘ngra nutqning shaklini qo‘shimcha (kelishik)larga moslab yangi bir birikmani hosil qilish lozim. So‘zlarning birikish qoidasi turli xil tillarda turlichadir. Bunga har bir til dunyodagi narsa va hodisalaming o‘zaro aloqasini turli xil usullarda tasvirlaydi deb izoh beriladi. Shuning uchun turg’un (erkin) birikmalami tarjima qilish mushkul bo’lishi mumkin. Ingliz, o‘zbek va rus tillari tipologik va genetik jihatdan turli xil tillardir. Ingliz va rus tillari Hind-Yevropa tillari oilasining German va Slavyan guruhlariga mansubdir. 0‘zbek tili Oltoy tillar oilasining Turkiy tillar guruhiga mansubdir. Morfologik jihatdan ingliz tili analitik xususiyatga ega, rus tili esa sintetik xususiyatga ega, o‘zbek tili agglyutinativ (grammatik shakl va yasama so‘zlarning so‘z o‘zagi va negiziga affikslar qo‘shilis'ni natijasida yasaladigan) tildir.
Grammatik turlanishlar rus va o‘zbek tillarida qo‘llaniladigan asosiy vositalardir. Ingliz tilida so‘z tartibi qat’iydir. Misol uchun:
Ega + kesim.
Ega 1 - o'ringa joylashtiriladi, kesim esa 2 - o'rindan joy oladi. Agar kesim o’timli fe’l bilan ifodalansa 3 -o‘rinda biz to‘ldiruvchini ko‘rishimiz mumkin:
Ega + Kesim +To’ldiruvchi.
Kishilik olmoshlarida kelishiklar bosh (nominative) va ob’ekt (objective) kelishiklari deb ataladi. Who olmoshi bundan mustasno bo‘lib, ingliz tilida uchta shaklga ega bo‘lgan yolg‘iz so‘z hisoblanadi:

who-bosh kelishik,
whose –qaratqich kelishigi va
whom –ob’ekt kelishigi
Rus tilida otlar va olmoshlardan (hammasi emas) tashqari sifatlar va sonlar ham turlanadi. Kelishik paradigmasi oltita shakldan. Ingliz tilida tobe va tobe bo‘lmagan qaratqich kelishigifarqlanadi. Birinchi holatda u hamisha otli so‘z birikma tarkibiga ad’yunkt sifatida kiradi, masalan: my sister’s. Ikkinchi holatda esa –kelishik shakli mustaqildir. Taqqoslaymiz: Well, that was Gareth’s problem. Roger’s was to get some lunch (Wain). Is he a friend of Daddy’s (id).Tobe qaratqich kelishigining semantik vazifasi ifodalanayotgan ma’noga nisbatan quyidagi munosabatlarni bildiradi:
1)tegishlilik, egalikni: Gareth’s bus;
2)butun bir bo‘lakning bir kichik qismga munosabatini: the old man’s eyes, the water’s edge;
3)aniqlanmishga nisbatan sub’ekt fikrining yo‘naltirilganligini: Eden’s decision,Hugh’s visit (Snow);
4)aniqlanmishga ob’ektning yo‘naltirilganligini (nisbatan kam): They seemed to be laid down in black and white, that evening after George’s trial (Snow).
5)shaxsiy va ijtimoiy munosabatlarni: my sister’s friend;
6)sifatga xos munosabatni: in some special women’s clinics. What a dog’s life (Wain);
7)o‘lchov munosabatini (vaqt, masofa, og‘irlik, narx-navo ma’nolarini anglatgan so‘zlarda): a six weeks’ tour, a two miles walk, several shillings. Ko‘rib chiqilayotgan kelishik (egalik, tegishlilik ma’nosidan tashqari) bir qancha boshqa ma’nolarni ham ifodalashi kuzatildi. V. N. Jugadlo, I.P. Ivanova, Л.Л.Иофикlar ta’kidlaganlaridek, bu kelishikni qaratqich kelishigi deb atasak maqsadga muvofiq bo‘ladi. Rus tilida yuqorida keltirilgan semantik munosabatlarning birinchi uchtasi va beshinchisi qaratqich (roditelniy) kelishikdagi predlogsiz shakllari orqali amalga

Yüklə 56,47 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə