Buxoro davlat universiteti tabiiy fanlar fakulteti kimyo kafedrasi


Metodik maslahatlarning turli xilligi



Yüklə 1,55 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə23/30
tarix29.09.2023
ölçüsü1,55 Mb.
#124941
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   30
77e4bdd36bbc099a9e608bda1f9f1862 Табиий ва синтетик полимерлар асосида биологик парчаланадиган композитсион материаллар яратиш.

7.
Metodik maslahatlarning turli xilligi
: modul dasturi axborotlarni oson 
o‘zlashtirish uchun o‘qituvchi maslahatidan foydalanishni taqozo etadi (savollar 
tizimi, algoritmlar va h.)
Modul dasturini loyihalashga kirishishdan oldin o‘qituvchi o‘zining yangi 
funksiyasi
ni aniq anglab olmog‘i lozim.Uning yangiligi shundan iboratki, 
o‘qituvchi: 
- o‘quvchilarning biluv faoliyatini boshqaradi, ya’ni, o‘qituvchi tayyor bilimni 
beruvchi emas, balki o‘quvchilarning shaxsiy - biluv faoliyatining tashkilotchisiga 
aylanadi; 
- darsda o‘quvchilarni biluv faoliyatiga qiziqtirib (motiv), ularning o‘quv 
predmetiga ijobiy munosabatini tarbiyalaydi;
- darsda o‘quvchilarni axborot materiallari bilan ishlashga o‘rgatadi va 
mustaqil ishlarni tashkil etadi;
- ta’limning jamoa usulidan foydalanib, barcha o‘quvchilarni ijodiy ishlashga 
jalb etadi, ular o‘rtasida o‘zaro yordamni tashkil etadi;
- muvaffaqqiyatga erishish vaziyatini yaratadi, ya’ni, har bir o‘quvchining 
kuchi yetadigan topshiriqlar va ularning metodikasini ishlab chiqadi, ijodiy 
hamkorlik muhitini yaratadi;
- o‘quvchining o‘z faoliyatini tahlil qilishi va baholashini tashkil etadi. 
Xulosa qilib aytganda modulli ta’limning mohiyati shundaki, o‘quvchi 
modullar bilan ishlash jarayonida o‘quv-biluv faoliyati oldiga qo‘yilgan maqsadga 
mustaqil ravishda to‘liq erishadi (ba‘zida o‘qituvchi yordamidan foydalanadi).
Modul – ta’lim mazmunining shunday bir yaxlit bo‘lagiki, u ta’lim mazmuni 
va uning texnologiyasi birlashtirilgan yuqori darajadagi yaxlit tizimidir.
Modulli ta’limning boshqa ta’lim tizimlaridan 
farqlari 
quyidagilar: 
1. Ta’lim mazmuni alohida tugallangan mustaqil qismlar (bloklar)dan iborat 
bo‘lishi va ularni o‘zlashtirish ta’lim maqsadlaridan kelib chiqishi lozim. Didaktik 
maqsad o‘quvchi uchun belgilanadi va u faqat o‘quv materiali hajmini 
o‘zlashtirishga oid ko‘rsatmalarni emas, balki o‘zlashtirish darajasini ham o‘z 
ichiga oladi. Har bir o‘quvchi modulni qanday o‘rganish kerakligi, zaruriy o‘quv 


46 
materiallarini qanday topishi kerakligi haqida o‘qituvchidan yozma tavsiyalar 
oladi.
2. O‘qituvchi va o‘quvchi o‘rtasidagi muloqot individual tarzda yoki modullar 
asosida o‘tadi. Faqat modulgina ta’limni subyekt-subyekt asosida o‘tishiga yordam 
beradi.
3. Har bir o‘quvchi o‘z faoliyati davomida vaqtining ko‘p qismini mustaqil 
ishlashga , maqsad asosida o‘qishga, ishni rejalashtirish, tashkillashtirish, nazorat 
qilish va tekshirishga bag‘ishlaydi. Shunday qilib har bir o‘quvchi o‘z bilim 
darajasi haqida aniq tasavvurga ega bo‘ladi, bilim va ko‘nikmalaridagi 
kamchiliklarni anglaydi.
4. O‘qituvchi o‘quvchilarning o‘quv-biluv faoliyatini modullar orqali yoki 
bevosita boshqaradi. Bevosita boshqarganda u aniq maqsad asosida va o‘quvchi 
bilan yaxshi munosabatda bo‘lib boshqaradi.
5. Chop etilgan modullarning mavjudligi o‘qituvchiga o‘quvchilarning har 
biriga individual maslahat bera olish va o‘quvchiga qanday yordam qilishni 
belgilab olish imkoniyatini beradi.
Bilim o‘zlashtirish 

Yüklə 1,55 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   30




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə