Buxoro davlat pedagogika instituti pedagogika va ijtimoiy fanlar fakulteti ijtimoiy fanlar kafedrasi


II BOB. Alisher Navoiy asarlarida milliy maʼnaviyatimizga oid qarashlar tahlili



Yüklə 46,25 Kb.
səhifə4/6
tarix03.06.2023
ölçüsü46,25 Kb.
#115313
1   2   3   4   5   6
jonibek kurs 3-guruh

II BOB. Alisher Navoiy asarlarida milliy maʼnaviyatimizga oid qarashlar tahlili.
2.1. Alisher Navoiy hayotini o‘rganish.
Navoiyning haqiqiy insoni-pok, mehnatsevar, sof vijdonli, insofli, to’g’ri, sahovatli, odobli, kamtar, hayoli, muruvvatli shaxs. Bu hislatlarni odamlarda tarkib toptirish uchun ularda ana shu oliyjanob hislatlarni tarbiyalash kerak deydi va ahloqiy fazilatlarga ta’rif beradi, ularning oqibatlarini tushuntiradi.
Jaloliddin Davoniyning axloqiy qarashlari. “Axloqi Jaloliy” asari.
Jaloliddin Davoniy (1427-1502) Eronning Davon qishlog`ida tug`iladi. Boshlang`ich ma’lumot olgach, Sherz madrasasida o‘qiydi, shu yerda qozilik qiladi. Mudarrislik ham qiladi. U falsafa, pedagogika, riyoziyot, fikx bo‘yicha asarlar yozadi. "Risolayi isboti vojib" (Zaruratning isboti haqida), "Risola-tul-Xuruf" (Harflar haqida risola), "Risoladur ilmul nafs" (Ruhshunoslik haqida), "Axloqi Jaloliy" asarlarini yozgan. "Axloqi Jaloliy" mashhur bo‘lib, madrasalarda o‘qitilgan. U 1839 yilda V.Tompson tomonidan ingliz tiliga tarjima qilingan. Asarda ijtimoiy - siyosiy masalalar, axloq - odob qoidalari uz aksini topgan.
U tarbiyada maktab va oila rolini kursatadi. U qo‘pol, badjahl muallimlarni tanqid qiladi, u aklli, yaxshi hislatli bo‘lish lozim, deydi. Ota bolani jismoniy tarbiyalasa, muallim uni ma’naviy tarbiyalaydi. Oila va maktab tarbiyasini taqqoslaydi, bunda muallimning roli,o‘rni yuqoriligini ko‘rsatadi. U kasb - hunar egallashni insoniy fazilat deb biladi. U kasb - hunar egalarini 4 toifaga bo‘ladi: 1. Qalam ahllari: olim, noib, munajjim, qozi, muxandislar. 2. Harbiylar. 3. Savdogar, hunarmandlar. 4. Dehqonlar. Devoniy insoniy fazilatlarni 4 ga bo‘ladi: donolik, adolat, shijoat, iffat. U bularning har biri ichiga ham yana qator fazilatlar kiritadi. U yana sevgini 5 xilga buladi: 1.Ilohiy sevgi. 2. Ota - onaga muhabbat. 3. Muallimning o‘ztalabasiga muhabbati. 4. Podshoning fuqarosiga muhabbati. 5. Ilm - ma’rifatga muhabbat. U sevgini ham kamolot belgisi sifatida qaraydi. Devoniy insondagi yomon xislatlar haqida gapirish bilan birga ularni bartaraf etishga ham maslahatlar beradi. Devoniyning ta’lim - tarbiyaga oid qarashlari hozirgi kunimiz uchun ham g`oyat qimmatli va foydalidir.
Asl ismi Nizomiddin Mir Alisher. U Hirotda tug`ilib, shu yerda umrining asosiy qismini o‘tkazgan. Navoiyning otasi G‘iyosiddin Bahodir temuriylar xonadoniga yaqin bo‘lgan. She’r zavqi va iste’dodi erta uyg`ongan. Bolalikdayoq Farididdin Attorning«Mantiqut-tayr» asarini yod olgan, Sharafiddin Ali Yazdiy nazariga tushgan, Mavlono Lutfiy yosh shoir iste’dodiga yuqori baho bergan, Kamol Turbatiy e’tirofini qozongan. Sayyid Hasan Ardasher, Pahlavon Muhammad kabi ustozlardan ta`lim olgan, Abdurahmon Jomiy bilan ijodiy hamkorlikda bo‘lgan. Navoiy 1469 yilgacha temuriylar orasidagi ichki nizolar sababli Hirotdan yiroqroqda yashagan. Husayn Boyqaro Xuroson taxtiga o‘tirgach (1469), Navoiy hayoti va ijodida yangi bosqich boshlanadi, muhrdorlik (1469) mansabiga, vazirlik (1472) va Astrobod hokimligi (1487)ga tayinlanadi. 1480—1500 yillar mobaynida o‘z mablag`lari hisobidan bir necha madrasa, 40 rabot (safardagi yo‘lovchilar to‘xtab o‘tish joyi), 17 masjid, 10 xonaqoh, 9 hammom, 9 ko‘prik, 20 ta hovuz qurdiradi. Husayn Boyqaro Alisher Navoiyga «muqarrabi hazrati sultoniy» («sulton hazratlarining eng yaqin kishisi») degan unvonni beradi. Unga ko‘ra Navoiy davlatning barcha ishlariga aralasha olardi3.
Alisher Navoiy tarjimai holi o‘z davrida Xondamir, Vosifiy, Husayn Boyqaro, Bobur kabi tarixchi va davlat arboblarining asarlarida aks etgan.
O‘zbek olimlari O. Sharafiddinov, V.Mahmud, Oybek, Ya. G`ulomov, I.Sulton. A.Zohidov, V.Abdullaev, A.Qayumov, S.G`anieva v.b. Navoiyning hayot yo‘li haqida asarlar yaratishgan. Xamsa Alisher Navoiy ijodining yuksak cho‘qqisi «Xamsa» asari (1483-85)dir, shoir birinchilardan bo‘lib, turkiy tilda to‘liq «Xamsa»yaratdi va turkiy tilda shunday ko‘lamdor asar yozish mumkinligini isbotlab berdi. «Xamsa» tarkibiga «Hayrat ul-abror», «Farhod va Shirin», «Layli va Majnun», «Sab`ai sayyor», «Saddi Iskandariy» kabi dostonlar kiradi.
«Hayratul-abror»da hamd, munojot, na`t, hayrat boblaridan keyin shoirning Yaratganga, borliqqa, tabiatga, insonga bo‘lgan falsafiy, ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy, ilmiy, ma`rifiy, axloqiy va estetik munosabati aks ettirilgan. Podshoh bilan ulusning insonlik nuqtai nazaridan ayirmasiz, farqsizligini, podshohning hunar, axloq, adl, insof, mantiq, taqvo yo‘lida ulusdan o‘ta olmaganini anglatish bilan o‘zining adolatli shoh haqidagi qarashlarini anglatadi.
«Farhod va Shirin»da qahramonlar sevgi sarguzashtlari orqali insonning tarix va kelajak oldidagi vazifasini belgilaydi, insonlik faqat muhabbatda emas, balki o‘sha sharafli nomning himoyasi orqali ekanini uqdiradi. Sharq tarixidagi Xusrav va Shirin voqeasini badiiy jihatdan qayta ishlab, Farhod orqali o‘zining komil inson haqidagi qarashlarini ifoda qilgan. Navoiy dostoni orqali Firdavsiy, Nizomiy, Dehlaviy an`analari yangilangan bo‘lsa, undan keyin bu syujet turk mumtoz adabiyotining o‘zak muammolarini hal etishda asosiy o‘rin tutdi va bu yo‘nalishda Ahmad rizvon, Jaliliy, Harimiy, Bafqiy, Urfi Sheroziy, Lamiiy, Nizoriy v.b. dostonlari yaratildi. «Layli va Majnun» dostonida arab ertaklari orqali ma`lum syujet o‘zining tugal shaklini topdi, unda ishq falsafasi betakror uslubda ifoda qilindi4. Keyinroq yaratilajak Fuzuliy, Andalib, Sayqaliy dostonlari uchun ma`naviy zamin bo‘ldi. «Xamsa»tarkibidagi «Sab`ai sayyor» va «Saddi Iskandariy»da shohlik bilan bog`liq masalalarni birinchi o‘ringa olib chiqdi. Bu dostonlar xamsanavislik an`anasida o‘zining ijtimoiy-siyosiy xarakteri va originalligi bilan ajralib turadi. «Xamsa»ga ustoz Abdurahmon Jomiy (1414—1492) yuqori baho berdi.
O‘RFAShI qo‘lyozmalar fondida 15-20 asrlarda ko‘chirilgan 166 qo‘lyozma saqlanadi. Ulardan 84 tasida beshlikning hamma dostonlari berilgan.
«Xamsa» haqida xorijiy olimlar A.Vamberi, J.Malokolin, F.Richard, L.Vari, Y.Ekman, E.Partele; rus tadqiqotchilari I.Krachkovskiy, V.Bartold, E.Bertels, Konrad, B.Jirmunskiy, A.Yakubovskiy, A.Semyonov; turk olimlari F.Ko‘prulu, A.S.Levend, K. Eraslon; ozar olimlari H. Arasli, G. Aliev; o‘zbek olimlari Fitrat, I.Sulton, V.Zohidov, A.Qayumov, T.Jalolov, Sodir Erkinov, S.Nazrullaeva, A.Abdug`afurov, M.Hakimov, S.Hasanov v.b. ishlari ma`lum. O‘zMUda «Xamsa»ni tadqiq etish borasida B.Qosimov, B.Akrom, H.Boltaboev, A.Erkinov, D.Farmonova tadqiqot ishlari olib bormoqdalar. Navoiy Devonidan sahifa Tasavvufiy asarlari Navoiyning tasavvufiy qarashlari deyarli barcha asarlarining ruhiga singgan bo‘lsa-da, maxsus «Lison ut-tayr» dostoni(1499)da, «Nasoyim ul-muhabbat» manqabasi]]"(1495-96)da, «Tarixi anbiyo va hukamo»(1485-8), «Arbain», «Munojot» singari asarlarida aks etgan. «Lison ut-tayr»da borliq va ilohiyot haqaidagi qarashlarini, inson, tabiat va hayot haqidagi fikrlarini qushlar tili va sarguzashtlari orqali bayon qilgan. O‘zbekiston mustaqillikka erishganidan so‘ng Navoiy asarlarini diniy va so‘fiylik jihatidan o‘rganish kengaydi, ular ob’ektiv va ilmiy bahosini olmoqda. «Arbain», «Munojot» kabi asarlari chop etildi. Jomiyning «Nafahotul-uns min hazarotil-quds» tazkirasini tarjima qilib va to‘ldirib, so‘z yuritilgan 618ta shayxlar sonini 770 taga yetkazdi. Nasriy asarlari Navoiy merosining salmoqli qismi nasriy asarlardan iborat. Ular ijtimoiy-siyosiy, axloqiy-ta`limiy va ilmiy-falsafiy yo‘nalishdadir. «Mahbub ul-qulub»(1500-01) Navoiyning so‘nggi yirik asari bo‘lib, unda ulug` mutafakkir adibning hayoti davomidagi kuzatishlari, to‘plagan boy tajribasi o‘z yuqori darajasida aksini topgan. Uch qismdan iborat bu asarda «Soriun-nosning af'ol va ahvolining kayfiyati» (1), axloqiy muammolar, «mutafarriqa favoyid va amsol surati» (3) masalalari ifodalangan. «Xamsatul-mutahayyirin»(«Besh hayrat»,1494) asarida ustozi va do‘sti Abdurahmon Jomiy, uning hayoti lavhalari, tariqati, yozishmalari, asarlari haqida hayratomuz hikoyalar keltiriladi. «Holoti Sayyid Hasan Ardasher» (1488-89), «Holoti Rahlavon Muhammad»(1493) asarlari manoqib-holot yo‘nalishida bo‘lib, ularda shoirga ustozlik qilgan buyuk shaxslar hayoti, faoliyati yoritilgan.
«Munshaot» (1498-99) Navoiyning maktublari to‘plami (jami 88 ta xat) bo‘lib, ular sog`inchlik xatlari, navro‘z tabriklari, ta`ziyanomalar, siyosiy o‘gitlar, sulhnomalar va boshqa yo‘nalishlardadir. Ular Husayn Boyqaro, Badiuzzamon va boshqa tarixiy shaxslarga bitilgan. Ilmiy-filologik merosi
«Majolisun-nafois» (1490-91; 1497-98) tazkirasi turk tilidagi yozilgan dastlabki tazkira bo‘lib, unda shoir sakkiz majlis doirasida 459 shoir va adib haqida ma`lumot bergan. Birinchi va ikkinchi majlisda tazkira tartib berilganda hayot bo‘lmagan shoirlar, uchinchi majlisda shoirning zamondoshlari, to‘rtinchi majlisda beshinchi majlisda Xuroson, oltinchisida Movaraunnahr, Kichik Osiyo va Eron, yettinchi va sakkizinchi majlislarda temuriylar sulolasiga mansub ijodkor shoh va shahzodalar haqidagi ma`lumotlar jamlangan. Asar Fahriy Hirotiy(1521-22), Muhammad Qazviniy(1522-23), Shoh Ali Abdulali (1598) tomonidan uch marta fors tiliga tarjima qilingan. Navoiy «Muhokamatul-lug`atayn» asarini o‘z zamonidagi turkiy lahjalar, ziyolilar nutqi, badiiy va ilmiy asarlarning leksik-grammatik xususiyatlarini forsiy til xususitlari bilan qiyoslashga bag`ishladi. Jonli xalq tilida qo‘llanilgan ko‘plab so‘zlarni asarga kiritib, adabiy tilda qo‘llanilishiga sababchi bo‘ldi. O‘zigacha ishlatilgan so‘zlarni yangi ma`no qatlamlarini ochdi. O‘zbek tili grammatikasini Mahmud Koshg`ariydan so‘ng ilmiy asosga soldi. O‘zbek tilining badiiy va estetik imkoniyatlari kengayishiga sababchi bo‘ldi. Fors va turk tillarida yaratilgan eng yirik va e`tiborli asarlarga murojaat qildi, shoir va olimlarni til istiqloli uchun kurashga chorladi. Aruz nazariyasiga bag`ishlangan «Mezonul-avzon»(1492) asarida arab va fors aruzi qoidalarini turkiy tilda aniq va ravon tushuntirdi. Turk yozma va og`zaki she`riyati namunalarining vazn xususiyatlarini o‘rgandi. Turkiy aruz tabiatini yoritish bilan birga turk she`riyati murakkab aruz tizimini boyitganini anglatdi. Bahrlar va doiralar haqidagi tasavvurni kengaytirdi. To‘qqizta yangi vazn va she`riy shaklni aniqladi. Turklik tarixida ilk bor milliy vazn haqidagi qarashlarni ilgari surdi. Navoiyning ilmiy-filologik merosini muntazam tadqiq qilish 20 asrning 20-yillaridan yo‘lga qo‘yildi. Bu yo‘nalishda Fitrat, Oybek, A.Sa`diy, O.Sharafiddinov, A.Hayitmetov, I.Sulton, H.Qudratullaev kabi adabiyotshunos va A.K.Borovkov, O.Usmonov, A.Rustamov kabi tilshunos olimlarning ishlari e`tiborli.
Navoiyning portreti Qirg`izistonning Isfana shahridagi Alisher Navoiy o‘rta maktabining asosiy zalida uzoq yillar davomida turgan. Portret 2012-yil mahalliy qirg`iz rasmiylarining tazyiqi ostida asosiy zaldan olib tashlangan. Mahalliy rasmiylar maktab nomini almashtirishga harakat qilishmoqda. «Tarixi muluki Ajam» («Ajam shohlari tarixi»,1488) qisqa tarix bo‘lib, Eron shohlari xronikasi bayon qilingan «Tarixi Tabariy», «Shohnoma» asarlarini mantiqan to‘ldiradi, ulardagi faktlarni izchil ilmiy tizimga soladi. Afsonaviy shoh Kayumarsdan sosoniylarning so‘nggi vakili Yazdi Shahriyorgacha bo‘lgan shohlar tarixini, mifologik talqinini beradi. «Tarixi anbiyo va hukamo» («Payg`ambarlar va hakimlar tarixi», 1485—1498) asarining birinchi bo‘limida «Qissasul-anbiyo»lar an`analarini davom ettirib, Odam alayhis-salomdan Nuh, Iso, Muso, Ya`qub, Sulaymon, Yusuf, Dovud kabi payg`ambarlar tarixiga oid qissalar keltiradi. Navoiy Luqmoni hakimga ham anbiyolar qatoridan joy beradi. Asarning «Hukamo zikrida» deb nomlangan ikkinchi bo‘limida insoniyat tarixida chuqur iz qoldirgan donishmand hakimlar Fishog`urs, Jomosp, Buqrot, Suqrot, Aflotun, Arastu, Bolinos, Jolinus, Batlimus, Buzurgmehr haqida ibratli hikoyalar keltiradi, ularning donishmandligi, ilmiy kashfiyotlari siri qisqa satrlarda talqin qilinadi.
«Vaqfiya» (1481) asarida vaqf yerlari, mulklari, ularning miqdori, ulardan foydalanish, vaqf mulki va mablag`i evaziga quriladigan bino va inshootlar, bu yo‘nalishda madrasa va xonaqohlarda o‘rnatilgan tartiblar haqida fikr yuritdi. Navoiy o‘z ixtiyoridagi mablag`lar hisobiga qurilgan xayriya muassasalari, ilmiy-madaniy binolar va bog`larni sanab o‘tdi. Asar Navoiy va Husayn Boyqaro munosabatlarini o‘rganish uchun ham muhim hujjatli manbadir.


Yüklə 46,25 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə