Buxoro davlat pedagogika instituti pedagogika va ijtimoiy fanlar fakulteti ijtimoiy fanlar kafedrasi


Navoiy ilm-ma’rifatni o‘ganish masalasida qarashlari



Yüklə 46,25 Kb.
səhifə3/6
tarix03.06.2023
ölçüsü46,25 Kb.
#115313
1   2   3   4   5   6
jonibek kurs 3-guruh

1.2. Navoiy ilm-ma’rifatni o‘ganish masalasida qarashlari.
Mutafakkir ilm o'rganishni har bir kishining insoniy burchi deya e'tirof etadi. Zero, ilm o'rganishdan maqsad ham xalqning farovon, baxtli-saodatli hayot kechirishini, mamlakatning obod bo'lishini ta'minlashga hissa qo'shishdir, deya ta'kidlaydi. Bilimli va dono kishilar hamisha o'z xalqining manfaati hamda mamlakatining ravnaqi yo'lida faoliyat olib borishlariga ishonadi. Mazkur o'rinda Mirzo Ulug'bekni ana shunday xislatga ega bo'lgan kishilardan biri bo'lganligiga urg'u beradi hamda uning nomi tarix sahifalarida abadiy saqlanib qoladi, deb hisoblaydi. Alisher Navoiy orzu qilgan komil inson faqat ilmli bo'lish bilan qanoatlanib qolmaydi. Uni yetuk inson sifatida ta’riflash uchun unda, yana shuningdek, sabr-qanoat, saxiylik, himmat, to'grilik, rostgo'ylik, tavoze, adab, vafo va hokazo sifatlarning ham mavjud bo’lishi taqozo etiladi. Mutafakkir axloqlilikning eng muhim mezoni odob deb hisoblaydi. Odobli, axloqli bo'lish insonga atrofdagi kishilar o'rtasida muayyan mavqe hamda hurmatga sazovor bo'lishga yordam beradi. Odobga ega bo'lishning inson hayotidagi rolini ko'rsatib berar ekan, Alisher Navoiy shunday fikrlarni ifoda etadi: “Adab kichik yoshdagilarni ulug'lar duosiga sazovor etadi va u duo barakati bilan umrbod bahramand bo'ladi. Adab, kichkinalar mehrini ulug'lar ko'ngliga soladi va u muhabbat ko'ngilda abadiy qoladi”. Alisher Navoiyning asarlaridagi Farhod, Shirin, Layli, Dilorom, Qays, Shopur kabi ijobiy qahramonlar umuminsoniy tarbiya asosida tarbiyalanganlar, kamtarin, odobli, or-nomusli insonlardir. Bu qahramonlar orqali yoshlarni ulardan ibrat olishga chorlaydi. Alisher Navoiyning barcha asarlari yoshlar tarbiyasi uchun muhim xazina hisoblanadi. U o’z asarlarida har bir so’zdan unumli va o’rinli foydalana olgan. Har bir hikmati biz uchun ibratlidir. Alisher Navoiyning hayoti va merosi yoshlarda umuminsoniy fazilatlarni tarbiyalashda bizga har tomonlama namuna bo’ladi. Ulug’ shoir o’zining ta’lim-tarbiyaga oid fikr-mulohazalari bilan barkamol avlod tarbiyasiga katta hissa qo’shdi, umuminsoniy fazilatlar to’g’risidagi fikrlari hozirgi davrimiz uchun ham muhimdir.
Buyuk mutafakkir Alisher Navoiy (1441 - 1501) fan va san’atning turli sohalari: adabiyot, tarix, til bilimlari, musiqa, hattotlik,tasviriy san’at, me’morchilik rivojlantirish bilan birga ta’lim - tarbiya takomillashishiga katta e’tibor beradi. U o‘zining "Xamsa", "Maxbubul qulub" kabi ta’limiy - axloqiy asarlarida, shuningdek "Munojat", "Vaqfiya", "Majolisun nafois", "Muxokamat ul-lug`atayn" asarlarida, Jomiydan tarjima "Qirq hadis" kabilarda tarbiyaga oida qarashlarini ifoda etadi.
Buyuk mutafakkir olim Alisher Navoiy fan va san’atning turli sohalarini rivojlantirish bilan birgalikda ta’lim-tarbiyani ham takomillashtirishga e’tibor bergan. Uning hamma asarlarida tarbiyaga oid qarashlar o’z ifodasini topgan. Alisher Navoiy o’zining badiiy asarlarida komil inson obrazlarini yaratib, ta’lim-tarbiya to’g’risidagi fikrlarini ifodalagan bo’lsa, ta’limiy-ahloqiy asarlarida esa komil insonning mazmuni, yo’llari, usullarini bayon etadi. U inson kamolotida ilm -fanning o’rni aql-idrokning ahamiyati, aqliy tarbiyaning mohiyatini yoritib beradi.
Alisher Navoiy ilmni inson kamoloti uchun eng zarur fazilatlardan deb biladi. U insonni, xalqni nodonlikdan, jaholatdan qutqaruvchi omil deb ta’riflaydi. SHunga ko’ra o’z asarlarida kishilarni ilm-ma’rifatli bo’lishga undaydi. Ilm olish har bir kishining insoniy burchi deb hisoblaydi. CHunki egallashdan maqsad ham xalqning, o’z mamlakatining baxt saodatli, farovon hayot kechirishi uchun xizmat qilishdan iboratdir deb ta’kidlaydi. U bilim olishda barcha fanlarni o’rganishni targ’ib etadi. Bunda u (fozillarni yig’ib, ular orqali ilm-fanni taraqqiy ettirishga e’tibor beradi. Alisher Navoiy «Ixlosiya» deb nomlangan madrasa va uning qoshida maktablar ochadi. Madrasa va maktabda ta’lim olayotgan har bir talabadan ilmda katta intizom va talabga rioya qilishni talab etadi. Elga qilsa bir jafo yuz qatla faryod aylaram. yokiOdami ersang demagil odami Onikim yo‘q xalq g`amidin g`ami. Alisher Navoiy inson kamolotida ilmning o‘rnini muhim deb biladi. U ilmni insonni, xalqni nodonlik, jaholatdan qutqaruvchi omil sifatida ta’riflaydi. Ilm olishni insoniy burch deb biladi. U bilimda barcha fanlarni urganishni targ`ib etadi. Navoiy ilm - fanni yuksaltirish uchun Ixlosiya madrasasini tashkil etadi, uning yonidan maktab ochib, o‘z vaqfidan mablag` ajratadi. Madrasada qattiq intizomga amal qilingan. Adib ustoz - murabbiylarga ham katta talablar qo‘yadi, ularni avvalo o‘zlari bilimli va tarbiyali bo‘lishlari lozim deydi. Shu bilan birga ustozlarning mehnatini juda qadrlaydi: Haq yo‘linda kim senga bir harf o‘qitmish ranj ila,
Aylamak bo‘lmas ado oning haqin yuzganj ila. Shoirning "Xamsa"siga kirgan "Hayratul abror" dostoni va "Maxbubul qulub" asarlari axloqiy - didaktik asarlardan hisoblanadi. "Hayratul abror"dagi masalalarni 3 turkumga ajratish mumkin:
1. Falsafiy masalalar.
2. Ijtimoiy - siyosiy masalalar.
3. Axloqiy -ta’limiy masalalar.
Asarning 5- maqoloti insoniy fazilatlardan biri - saxiylikka bag`ishlanadi. 6- bob tarbiyaga bag`ishlanadi. Bolaga dastlab yaxshi ot quyish, so‘ngra yaxshi muallimga berish, yaxshi tarbiya berishni maslahat beradi. Bolalarni esa ota - onani hurmat etishga chaqiradi:Boshni fido ayla ato qoishiga, Jismni qil sadaqa ano boshiga. Ikki jahoningga tilarsen fazo, Hosil et ushbu ikkisidan rizo. Tun-kuningga aylagali nur fosh, Birisin oy ayla, birisin quyosh. Alisher Navoiy o‘z pedagogik qarashlarida bolaga yoshlikdan ta’lim va tarbiya berish, o‘g`il - qizlarni 6 yoshdan muallimga berish lozimligini aytadi. Turli fanlar va hunar egallashni maslahat beradi. U o’zining «Hamsa», «Maxbub ul-qulub», « Munojot», «Vakfiya» va asarlarida ta’lim tarbiya masalalariga e’tibor berar ekan, tarbiya jarayonlarini, vositalarini, talablarni ko’rsatadi. U ta’limda ilmiylikka asoslanganlik, tarixiylik, kabi talablarni asos qilib oladi. O’z davrdagi musulmon maktablarini yutuq va kamchiliklarini tahlil etadi. U o’qituvchi gapirar ekan, muallim o’z shogirdlarini ham, o’zi ta’lim berayotgan fanni sevgan bo’lishi zarur deydi. O’ziga ham, o’qituvchiga ham talabchan bo’lishni Navoiy o’qituvchini jamiyatda obro’li va hurmatga loyiq inson bilib, shogirdlar muallimni vatandek juda hurmat qilishlarini, e’zozlashlarini uqtiradi.


Yüklə 46,25 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə