Buxoro davlat pedagogika instituti jismoniy madaniyat fakulteti jismoniy tarbiya nazariyasi va metodikasi kafedrasi



Yüklə 1,71 Mb.
səhifə4/85
tarix22.03.2024
ölçüsü1,71 Mb.
#182930
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   85
BOLALAR JISMONIY TARBIYASI YANGI MAJMUA

Asosiy adabiyotlar:
1.Tulenova X, Xo’jayev P, Xo’jayeva M, Meliyev H. Jismoniy tarbiya nazaryasi va metodikasi (1-2 qismlar)Maktabgacha ta’lim va bolalar sporti ta’lim yo’nalishi talabalri uchun uchun qo’llanma.-T “IQTISOD-MOLIYA”,2012
2. Djalilova H.H Bolalar jismoniy tarbiyasi. T.2020 y
3.A.H.Normurodov “Jismoniy tarbiya” T. O’zbekiston 2011 y
4.Makamjonov K.Salomov R. Ikromov I. “Jismoniy madaniyat nazaryasi va metodikasi” Iqtisod-Moliya 2008 y

2- Mavzu: Bolalar jismoniy tarbiya nazaryasi va texnologiyalari faning tadqiqot metodlar.


Mavzu rejasi:
1. Kuzatuv: maktabgacha ta’lim muassasasi ish hujjatlarini o’rganish, anketika,anketa turlari.
2. Pedagogik eksperiment, pedagogik eksperiment o’tkazish bosqichlari


Tayanch so’zlar Ilmiy tadqiqot, tajribalar, jismoniy tarbiya, fiziologiya, antropologiya, bioximiya, psixologiya, pedagogik kuzatish, eksperiment.

Barcha ilmiy fanlar kabi jismoniy tarbiya nazariyasi ilmiy izlanish uslubiyatlaridan foydalanadi. Hozirgi kunda jismoniy tarbiya jarayoning ilmiy tekshirish uslubiyatlarining turli xillari mavjud bo'lib, ayniqsa qo'shma fanlarning tadqiqot uslublari, ayniqsa, fiziologiya, antropologiya, bioximiya, psixologiya va ijtimoiy-tarixiy yo'nalishlarning izlanish uslublariga ko'proq ehtiyoj sezilayotganligi ahamiyatga molik.


Bolalar jismoniy tarbiyasi nazariyasining asosiy ilmiy tadqiqot uslubiyatlari - nazariy taxlil va umumlashtirish, pedagogik kuzatish, eksperiment (tajriba) va matematik xisoblashdan nisbatan ko'proq foydalanilmoqda.
1. Ilmiy tadqiqotda jarayonida nazariy taxlil va umumlashtirish Ma’lumki, nazariy tahlil va umumlashtirish adabiyot materiallarini to'la tahlil qilish va umumlashtirishdan boshlanadi. Adabiyot materiallarini to'liq o'rganib chiqish juda qiyin. U har 4-5 yilda yana shunchadanga ko'payadi. Bundan tashqari ilmiy jurnallardagi tadqiqotlar xaqidagi maqolalar bir necha marotaba ko'paymoqda. Bunda yordamchi ilmiy predmet - "bibliografiya" fani tadqiqotchining ishini yengillashtiradi. U nashr qilingan adabiyotlarni tartibga soladi va ro'yxatini tuzib chiqadi. Retrospektiv uslub orqali sistemaga solish maolum davr ichidagi mavjud adabiyotlarning ilmiy yo'nalishi bo'yicha yangiliklarga qisqa izox beradi. Bundan tashqari, tadqiqotchi "bibliografik tavsifnomadan ham foydalaniladi. Tavsifnoma yangi chiqqan adabiyot uchun yozma ravishda yoki referat sifatida (ilmiy ish natijasini qisqartirgan holda) tayyorlaydi, unga izoh beradi.
Bibliografik izlanish esa tadqiqotchining adabiyotlar ustidagi birlamchi ishi bo'lib, tadqiqotchi izlanishi orqali topilgan qarama-qarshiliklar ustida nazariy bahs yuritadi, ularni bir-biri bilan taqqoslaydi.
Nazariy tahlil va umumlashtirishning yana bir usuliyati xujjat materiallari ustida ishlashdir. Jismoniy tarbiyaning ko'p tomoni amaliy mashg’ulotlar uchun tuzilgan rejalar, kundaliklar, konspektlar, hisobotlar va shunga o'xshashlarda ifodalanadi. Ular albatta amaliyotni nazarda tutgan xolda tuzilgan bo'ladi. Ularni ilmiy jihatdan chuqur o'rganish kutilmagan natijalarni berishi mumkin. Masalan, jaxonning kuchli sportchilarini tayyorlash va ularning shug’ullanish rejalarini solishtirish, malakali sportchilarning kundaliklari, haftalik, oylik, yillik jismoniy yuklamalarning hajmi, miqdori, bajarish intensivligi va boshqalar tadqiqotchiga manba bo'lishi mumkin. Ilmiy tadqiqot uchun musobaqa materiallari, ko'p yillik trenirovkalarning natijalarini o'rganish ham tadqiqot obyekti bo'lib xizmat qiladi. Ilmiy maqsadda tuzilgan turli xil anketalar ham hujjat materiallari bo'lib xizmat qilishi mumkin. Tuzilgan savollarga "ha" va "yo'q" deb javob berish ham ko'p xulosalarga olib keladi.

Yüklə 1,71 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   85




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə