Buxgalteriya hisobi va audit” kafedrasi Audit 1-qism 5230900


-MAVZU. ICHKI AUDIT ASOSLARI



Yüklə 0,8 Mb.
səhifə142/143
tarix22.05.2022
ölçüsü0,8 Mb.
#87655
1   ...   135   136   137   138   139   140   141   142   143
AUDIT UMK 1-QISM 2022

17-MAVZU. ICHKI AUDIT ASOSLARI

Takrorlash uchun savollar


1. Ichki audit xizmatining asosiy vazifalari va funktsiyalarini tushuntirib bering?
2. Ichki audit natijalari qanday umumlashtiriladi?
3. Ichki audit xizmatining huquq va majburiyatlarini izohlab bering?
4. Ichki audit xizmatiga qo’yiladigan talablarni tushuntirib bering?
5. Ichki audit xizmatining mustaqilligi deganda nima tushuniladi?
6.Ichki audit o’tkazishga va uni o’tkazish natijalari bo’yicha yig’ma hisobot tuzishga qo’yiladigan talablarni tushuntirib bering?
7. Ichki audit xizmatining javobgarligini izohlab bering?
9.O’zbekiston Respublikasi ichki auditni tartibga solish tiziminitushuntirib bering?
10. Ichki auditorni sertifikatlash tartibini tushuntirib bering?
11. Ichki auditning boshqa xizmatlar va tashkilotlar bilan o’zaro aloqasini tushuntirib bering?
12. Ichki auditni o’tkazish bosqichlarini tushuntirib bering?
13. Ichki audit xizmati ishini rejalashtirish qanday amalga oshiriladi?
14. Kichik biznes korxonalarida ichki auditning xususiyatlarini tushuntirib bering?

MAVZU BO’YICHA MASALALAR


Masala. Auditorlik firmasi mijozi “Raduga” kompaniyasi quyidagi keltirilgan muammoni hal etish bo‘yicha auditorlarga murojaat etdi. Kompaniyada quyidagi funksiyalarni bajaruvchi 3 ta ma’muriy xodim mavjud va bu xodimlar quyidagi funksiyalarni bajarishlari lozim:
1. Bosh kitobni yuritish.
2. To‘lanadigan schotlar registrlarini yuritish.
3. Cheklarni imzolashga tayyorlash.
4. To‘lov jurnalini yuritish.
5. Bankdagi schetlarni nazorat qilish.
6. Pul tushumlarini yig‘ish va ularni bankdagi hisob-kitob schetiga o‘tkazish.
Talab qilinadi:
1. Keltirilgan muammo shundan iboratki yuqorida keltirib o‘tilgan xodimlar bo‘yicha bajariladigan funksiyalarning to‘g‘ri taqsimlanmaganidadir. Siz ushbu funksiyalarini xodimlar o‘rtasida shunday taqsimlanganki, natijada kompaniyada ichki nazorat yuqori darajada tashkil etilsin.
2. Har bir funksiyani bajaruvchi xodimlarni lavozimi bo‘yicha ajratib chiqing.
Masala. Ichki auditorlik tekshiruvi jarayonida shu narsa aniqlandiki, tekshirish davrida ishlab chiqarish stanoklariga kumulyativ usulda quyidagicha eskirish hisoblanganligi tekshirildi. Ishlab chiqarish stanoklarining dastlabki qiymati 125000000 so‘m, foydalanish muddati 5 yil;
1-yil 8800000 so‘m.
2-yil 5600000 so‘m.
3-yil 4500000 so‘m.
4-yil 3800000 so‘m.
5-yil 4600000 so‘m.
Talab qilinadi: Ichki auditor sifatida korxona buxgalteri tomonidan yuqoridagi muomalalar to‘g‘ri hisobga olinganligini tekshirib, ushbu muomalalar bo‘yicha auditorlik dalolatnomasini tuzing.
Masala. Xodimlar bo‘limining boshlig‘i ichki auditor vakanti mavjudligini va unga xodim jalb qilish lozim. Ushbu vazifani amalga oshirish uchun internetda e’lon berishi lozim.
Talab qilinadi:

  1. Talabgor korxonaga taqdim qiladigan hujjatlar ro‘yxatini tuzing.

  2. Talabgorga beriladigan 10 ta savol tuzing.

  3. Talabgorga uning malaka va professionalligidan tashqari kamida 3 ta talab keltiring.




Yüklə 0,8 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   135   136   137   138   139   140   141   142   143




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə