Buxgalteriya hisobi va audit” kafedrasi Audit 1-qism 5230900



Yüklə 0,8 Mb.
səhifə132/143
tarix22.05.2022
ölçüsü0,8 Mb.
#87655
1   ...   128   129   130   131   132   133   134   135   ...   143
AUDIT UMK 1-QISM 2022

1-jadval.



T/r



Xo‘jalik operatsiyalarining
mazmuni

So‘mma
(so‘mda)



Hisobvaraqlar
korrespondensiyasi

Yozuvlarni
tasdiqlovchi
hujjatlar

Debet

Kredit

1

Ta’til vaqtiga haq hisoblandi



230 315

9410

6710

Ariza, buyruq, buxgalteriya hisob-kitobi

2

Daromad solig‘i ushlab qolindi



18 425,2



6710

6410

Aksiyadorlar
umumiy yig‘ilishining
qarori, ta’sis shartnomalari, inventar kartochkalar, kassa chiqim orderlari

3

ShJBPH ajratmalar hisoblandi



2 303,15

6410

6530

Buxgalteriya hisob-kitobi, xususiy kapital harakati to‘g‘risidagi hisobot

4

Fuqarolarning majburiy sug‘urta badallari ushlab qolindi (6%)

13 818,9

6710

6520

Bank ko‘chirmasi, to‘lov talabnomasi, to‘lov topshiriqnomasi

5

Bankdan ta’til vaqtiga mablag‘ olindi



198 070,9

5010

5110

Chek, inventar kartochkalar, kassa chiqim orderlari

6

Ta’til vaqtiga haq to‘landi

198 070,9

6710

5010

Tarqatish qaydnomasi, chiqim orderi

7

Yagona ijtimoiy to‘lov hisoblandi (25%)



57 578,75

9410

6520

Buxgalteriya hisob-kitobi, moliyaviy natijalar harakati to‘g‘risidagi hisobot

Talab qilinadi:
1. Auditor ushbu vaziyatni baholash uchun qaysi me’yoriy hujjatlardan foydalanishi lozim?
2. Ushbu holatda auditor qanday audit usullaridan foydalanishi lozim?
3. Korxona buxgalteri tomonidan yuqoridagi muomalalar to‘g‘ri hisobga olinganligini tekshirib, auditorlik dalolatnomasini tuzing.

Masala. Korxona xodimiga 2012 - yilning 23- iyulidan 3 - avgustiga qadar mehnatga qobiliyatsizlik varaqasi berilgan. Uning mansab maoshi iyulda 300 ming so‘mni tashkil etgan, 1 - avgustdan boshlab u 350 ming so‘mga ko‘tarildi. 2011- yil iyuli - 2012 - yil iyuni uchun mukofotlar va mansab maoshidan oshadigan boshqa to‘lovlar so‘mmasi 2 400 ming so‘mni tashkil qildi, iyulda 200 ming so‘m mukofot yozildi. Vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik nafaqasi foizi - 80%. Korxona buxgalteri tomonidan esa xodimga quyidagi tartibda mehnatga qobiliyatsizlik varaqasi bo‘yicha nafaqa hisoblagan:


Korxona buxgalteri tomonidan iyul uchun vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik nafaqasi so‘mmasi: O‘rtacha oylik ish haqi:
300 000 + 2 400 000 / 12 = 500 000 so‘m, deb hisoblangan.O‘rtacha kunlik ish haqi o‘rtacha oylik ish haqini ish haqi olingan davrdagi jadval bo‘yicha ish kunlari soniga bo‘lish yo‘li bilan aniqlangan. 2012- yil iyulda ish kunlari soni 22 kunni tashkil etgan.
O‘rtacha kunlik ish haqi:
500 000 / 22 = 22 727,27 so‘mni tashkil qilgan.
Kunlik nafaqa o‘rtacha kunlik ish haqi va tayinlangan nafaqaning ish haqiga foizlardagi (masalan, 60, 80 yoki 100%) miqdoridan kelib chiqib aniqlangan.
Vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik nafaqasining miqdori iyul uchun:
22 727,27 so‘m x 7 kun x 80% = 127 272,71 so‘mni tashkil qilgan.
Shuningdek, buxgalter tomonidan avgust uchun nafaqa hisob-kitobida:
Avgust uchun o‘rtacha oylik ish haqi:
300 000 + (2 300 000 + 200 000) / 12 = 508 333,33 so‘mni tashkil etdi, bunda:
300 ming so‘m – 2012- yil avgust uchun maosh;
2 300 ming so‘m - 2011 -yil avgust - 2012 -yil iyul uchun mukofotlar va mansab maoshidan oshadigan boshqa to‘lovlar so‘mmasi;
200 ming so‘m - 2012 -yil iyul uchun mukofot
O‘rtacha kunlik ish haqi:
558 333,33 / 23 = 24 275,36 so‘mni tashkil qiladi.
Avgust uchun vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik nafaqasi miqdori:
24 275,36 so‘m x 3 kun x 80% = 58 260,86 so‘mni tashkil qiladi.
Kasallik varaqasi bo‘yicha vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik nafaqasining umumiy so‘mmasi 185 533,57 so‘mni (127 272,71 + 58 260,86) tashkil qilgan.
Korxona buxgalteri tomonidan yuqoridagi muomalalar ish haqi hisoblash tabeli, ish haqi to‘lash qaydnomasi, aylanma qaydnoma va boshqa kassa hujjatlari bilan rasmiylashtirilgan.
Talab qilinadi:
1. Auditor ushbu vaziyatni baholash uchun qaysi me’yoriy hujjatlardan foydalanishi lozim?
2. Ushbu holatda auditor qanday audit usullaridan foydalanishi lozim?
3. Bunday holatda auditorlar qanday yo‘l tutishlari lozim?
4. Xato va kamchiliklar ro‘yxati jadvalini tuzing.
Masala. Auditorlik tekshiruvi jarayonida "Qurilishloyiha" loyihalash-ishlab chiqarish korxonasi buxgalterlari auditorlik tashkilotidan jismoniy shaxslarning quyidagi daromadlariga soliq solinishi yoki solinmasligini tushuntirib berishini so‘radi:
1. Ish beruvchi xodimning Toshkentda davolanishi va unga tibbiy xizmat ko‘rsatilishiga pul o‘tkazish yo‘li bilan haq to‘lagan. To‘lov bizning tashkilotimiz bilan davolash muassasasi o‘rtasidagi shartnomaga ko‘ra amalga oshirilgan. Davolash muassasasi tomonidan ko‘rsatilgan tibbiy xizmatlar to‘g‘risida tegishli shartnoma va hisobvaraq-faktura taqdim etilgan.
2. Soliq davri mobaynida eng kam ish haqigacha miqdorda bir martalik moddiy yordam ko‘rsatilgan.
3. Ish beruvchi tashkilot xodimi qarindoshi (ukasi)ning o‘qishiga ushbu so‘mmani uning ish haqidan qoplash sharti bilan haq to‘ladi. Xodimning qarindoshi o‘qiyotgan tibbiyot instituti bilan tegishli shartnoma tuzilgan. Sanab o‘tilgan so‘mmalardan qaysi biriga soliq solinmaydi?
4. Bizning xodimimiz yakka tartibda uy-joy qurishga kredit oldi. Endi bankka ish haqining bir qismi kreditni qaytarish va unga doir foizlarni so‘ndirish uchun o‘tkazilyapti. Mazkur holda qanday so‘mmaga soliq solinmaydi?
Talab qilinadi:
1.Auditorlik tashkiloti tomonidan mijoz-korxonaga yuqoridagi masalalar yuzasidan qanday maslahat-tushuntirish ishlari olib borilishini bayon qiling?
2.Auditor ushbu vaziyatni baholash uchun qaysi me’yoriy hujjatlardan foydalanishi lozim.
Masala. Ta’sischi o‘z ixtiyori bilan korxonani tugatishga qaror qilgan. Buxgalteriya ma’lumotlariga ko‘ra korxonaning kreditorlik qarzi 16800 ming so‘mni tashkil etadi. Ta’sischilardan biri korxona rahbari hisoblanadi. Uning 620 ming so‘mlik ish haqisi korxonaning qarzlarini yopishga yo‘naltirmoqsi. Mazkur holatni buxgalteriyada to‘g‘ri rasmiylashtirish uchun sizning auditorlik tashkilotingizga murojaat qildi.
Talab qilinadi:
1.Yuqoridagi holatni buxgalteriya hisobida to‘g‘ri rasmiylashtirishda soliqqa oid munosabatlarni aniq hisoblash uchun amaliy yordam bering.
2.Auditor ushbu vaziyatni baholash uchun qaysi me’yoriy hujjatlardan foydalanishi lozim;
Masala. Korxonada hisobot yilida 10.08 kuni 109-sonli buyruqqa asosan o‘zining xodimi Ahmedov R.S. Farg‘ona shahriga safar xizmatiga jo‘natildi. Safar xizmati uchun 60000 so‘m berilgan.
Ahmedov R.S. safar xizmatidan qaytib kelgandan so‘ng avans hisoboti topshirgan. Avans hisoboti 26.08 kuni 58000 so‘mga tasdiqlangan. 2000 so‘m kassaga qaytarib topshirilgan. Avans hisobotida mehmonxona kviansiyasi 17400 so‘m bo‘lgan. Qolgan xizmat xarajatlariga tegishli tasdiqlovchi hujjatlar mavjud.
Shunga muvofiq buxgalteriya hisobida quyidagi yozuvlar qilingan:



Yüklə 0,8 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   128   129   130   131   132   133   134   135   ...   143




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə