Butun maydonda to’p olib yurish texnikasi


To’pni ko’krakdan ikki qo’l bilan uzatish



Yüklə 30,64 Kb.
səhifə2/6
tarix02.05.2023
ölçüsü30,64 Kb.
#108047
1   2   3   4   5   6
22 mustaqil ish

To’pni ko’krakdan ikki qo’l bilan uzatish – nisbatan oddiy o’yin paytida, raqibning ta’qibi bo’shroq bo’lganda, to’pni yaqin va o’rta masofadagi sherigiga aniq va tez yo’naltirishga imkon beruvchi asosiy usuldir.
Tayyorlov qismi – barmoqlari yoyilgan panja bel balandligi to’pni erkin ushlab turadi. Tirsaklar bir oz bukilgan. Qo’llarning aylana harakati bilan to’pni ko’kragiga tortadi.
Asosiy qism – to’p qo’llarni oxirigacha tez tog’rilash bilan oldinga yuboriladi, orqaga aylanish harakatini beruvchi panjalar harakati bilan to’ldiradi.
Yakunlovchi qism: to’pni uzatgandan keyin qo’llarni bo’sh tushiriladi, o’yinchi to’g’rilanadi, so’ng esa bir oz oyoqlarni bukilgan holatga qaytadi (shunday yakunlovchi qism uzatishning boshqa usullariga ham xos). Agar raqib to’pni ko’krak balandligida uzatishga halaqit bersa, unda to’pni shunday yuborish mumkinki, u sherigi yaqinidagi maydonga urilib, to’g’ri unga sapchishi mumkin. To’pning tez sapchishi uchun unga ba’zan oldiga aylanma harakat berishadi.
Bunday uzatish paytida oyoqlarni ko’proq bukish, qo’llarni esa to’p bilan oldinga-pastga yo’naltirish lozim.
Yuqoridan ikki qo’llab uzatishdan ko’proq raqib zich himoya qilayotgan paytida o’rtacha masofalarda foydalaniladi.
To’pning bosh ustidagi holati uning o’yinchi o’z sherigiga himoyachi qo’llarni ustidan aniq uzatishga imkoniyat beradi.
Tayyorlov qismi: o’yinchi to’pni bir oz bukilgan qo’llari bilan bosh ustiga ko’taradi va uni bosh orqasiga o’tkazadi.
Asosiy qism: o’yinchi keskin qo’l harakatlari bilan, ularni tirsak bo’g’inlarida rostlab va panjalari bilan tez siltash harakat qilib, to’pni sherigiga yo’naltiradi.
Yelkadan bir qo’llab uzatish to’pni yaqin va o’rta masofaga uzatishda qo’llaniladigan usuldir. Bunda uzatish uchun eng oz vaqt ketadi va to’pni yaxshi nazorat qilinadi. To’pning uchib chiqish vaqtidagi panjalarning qo’shimcha harakati o’yinchiga yo’nalish va katta diapazonda to’pning uchish trayektoriyasini o’zgartirishga imkon beradi.
Tayyorlov qismi: qo’lni to’p bilan o’ng yyelkaga olib borishdi (o’ng qo’l bilan uzatishda to’p o’ng qo’l panjasida turadi va ushlash uchun chap qo’l bilan yo’rdam beriladi, tirsak ko’tarilmasligi kerak; shu bilan bir vaqtda o’yinchi o’ng tomonga buriladi.
Asosiy qism: to’p o’ng qo’lda, uni tez rostlashadi va shu zahoti panja bilan siltash harakatlari va gavda burilishini bajariladi.
Yakunlovchi qism: to’p uchib chiqqandan keyin o’ng qo’lda uni biron (lahza) kuzatib qo’yadi, so’ngra pastga tushirishadi. O’yinchi bir oz bukilgan oyoqlarda muvozanat holatiga qaytadi.

Yüklə 30,64 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə