Bugungi kunga kelib jahondagi barcha rivojlangan mamlakatlar iqtisodiyotini



Yüklə 72,84 Kb.
səhifə2/3
tarix23.12.2023
ölçüsü72,84 Kb.
#156150
1   2   3
Bugungi kunga kelib jahondagi barcha rivojlangan mamlakatlar iqtisodiyotini raqamlashtirdi desak noto

raqamli siljishlar kuzatilmoqda :
texnologiyalar doimiy ravishda o‘zlarining qo‘llanilish doirasini kengaytirmoqda;
tegishli vositalarni kiritish va ulardan foydalanish xarajatlari doimiy ravishda pasayib bormoqda;
iqtisodiy faoliyatni raqamlashtirish darajasi doimiy ravishda
o‘sib bormoqda (shu jumladan, dastlabki ikki omil ta’siri tufayli);
raqamli qurilmalarning (kompyuterlar, telefonlar, Internetga ulangan aqlli moslamalar va qurilmalar) mavjudligi va
tarqalishi doimiy ravishda o‘sib bormoqda.
Ushbu holatlar majmui raqamli platformalar tomonidan qo‘llab-quvvatlanadigan rivojlanishiga asoslangan yangi biznes modellarining iqtisodiy jihatdan maqsadga
muvofiq bo‘lishi uchun sifat jihatidan yangi shart-sharoitlarni
shakllantirishga olib keldi . Raqamli iqtisodiyot ekotizimi – ularga tegishli texnologik platformalar, amaliy Internet xizmatlari, analitik tizimlar, davlat
hokimiyati organlari axborot tizimlari, tashkilotlar va fuqarolarning doimiy hamkorligini ta’minlaydigan tashkilotlarning hamkorligi (1.2.2-rasm):
raqamli iqtisodiyotning muhim vositasi
bo‘lib, ko‘plab yangi texnologiyalarni birlashtiradi va foydalanuvchilarga (ishlab chiqaruvchilar ham, iste’molchilar va vositachilarga ham) eng yaxshi raqamli vositalar va erkin raqobatbozoridan foydalanish imkoniyatini beradi, bu esa tegishli segmentdagi o‘yin qoidalarining sifat jihatidan o‘zgarishiga olib keladi.
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 3-iyuldagi PQ-3832-sonli
qarori 2 ga binoan iqtisodiyotning raqamli sektorini rivojlantirish borasida davlat tomonidan keng ko’lamli chora-tadbirlar ko’rilmoqda, elektron hujjat aylanishi tizimlari joriy etilmoqda, elektron to’lovlar rivojlantirilmoqda va elektron tijorat sohasidagi normativ-huquqiy baza takomillashtirilmoqda.
Ma’lumotlarning taqsimlangan reyestri texnologiyalari, “sun’iy aql”,
superkompyuterlar imkoniyatlaridan foydalanish, shuningdek, kripto-aktivlar
bo’yicha faoliyat jahonning ko’plab mamlakatlarida raqamli iqtisodiyotni
rivojlantirish yo’nalishlaridan biri hisoblanadi. Ma’lumotlarning taqsimlangan reyestri texnologiyalari nafaqat iqtisodiyotning ko’plab sektorlariga, balki davlat boshqaruvi tizimiga va boshqa jamoatchilik munosabatlariga asta-sekin joriy etilmoqda.
O‘z navbatida keng qamrovli xizmat - korporativ mijozlarga ham, oxirgi
iste’molchiga ham xizmat ko‘rsatadigan Internet-vositachilar paydo bo‘lmoqda . Ular avtomatlashtirilgan axborot kanallari orqali mijozlariga xizmat ko‘rsatish boyicha ishlarni olib boradi:
sotishdan oldin ishlar potensial xaridorlar va buyurtmachilar bilan ishlash,
onlayn marketing;
onlayn buyurtmalar (bevosita bitim bilan bog‘liq vazifalari) - xizmat xaridorlar va iste’molchilar, maxfiy axborotni muhofaza qilish;
moliyaviy xizmatlar – buyurtmalarni bajarish bilan bog‘liq onlayntranzaktsiyalarning tarkibiy qismlari;
sotishdan keyingi ishlar – buyurtma, hisob-kitob, almashtirish, nizolarni hal
qilish holatini kuzatish.
Bundan tashqari taqdim etilgan ma’lumotlarga o’zgarish kiritish osonligi va shu tariqa vaqt va harajatlarni tejab qolinishi raqamli iqtisodiyot va elektron tijoratninginson hayotida naqadar muhim o’rin egallaganligini ko’rsatadi. Sohaning izchil rivojlanayotgani va keng ommaga tarqalayotganining sababi ham aynan shu.
Kuzatishlar shuni ko’rsatadiki elektron tijorat sodda qilib aytganda ijtimoiy
tarmoqlar hamda boshqa internet sahifalari kabi elektron vositalar ko’magida
ehtiyojlarimizni qondiradigan xizmatlar va tovarlarni sotib olish yoki aksincha sotish kabi online tijorat amaliyotidir. Mamlakatimizda bozor munosabatlari hukmronlik qilar ekan siz kabi tadbirkorlarning faoliyati rivojlanishi davlat rivojlanishi hamdir desak mubolag’a bo’lmaydi. Demak jahon standartlarida ishlashimiz biznesimizni takomillashtirib tovarlarimizni jahon bozorlariga milliy brend tarzida olib kirishimizda raqamli texnologiyalarning o’rni beqiyos. Ammo har qanday raqamli biznesni boshlashdan oldin, u qaysi modelga kirishini bilishingiz kerak. Siz
tushunganingizdek, elektron tijoratni amalga oshirishdan oldin uni qayerda
shakillantirishingizni bilishingiz kerak. Avvalam bor ichki bozorda o’zingizni sinab ko’rib, keyinchalik faoliyatingizni kengaytirishingiz mumkin. Har qanday holatda ham ular bir xil boshqaruv modeliga ega bo'ladi va bunga faqat o'zingiz tanlagan biznes modelining o'ziga xos xususiyatlari ta'sir qiladi.
Elektron tijorat quyidagilardan iborat 3:
Elektron malumot almashish (Electronics Date Interchange,EDI);
Elektron kapital harakati (Elektronic Funds Transfer, EFT;
Elektron savdo (inglizcha e-trade);
Elektron pullar (e-cash);
Elektron marketing e-marketing);
Elektron bank (e-banking);
Elektron sug'urta xizmatlari (e-insurance).
Elektron tijorat amaliyotida shuni ko‘rish mumkinki, aksariyat holatlarda
elektron tijoratning yuqori samaradorligi muomaladagi xarajatlarni minimallashtirish orqali ta’minlanadi. Ushbu sohada elektron tijorat samaradorligini baholashga uslubiy yondashuv quyidagicha bo‘lishi mumkin:
elektron tijoratning samaradorligini baholash uchun o‘rganilayotgan obyekt
sohasini aniqlash;
ushbu sohadagi tadbirkorlik subyektining maqsadli funktsiyasini aniqlash;
maqsadga erishish uchun ishlanish ko‘rsatkichlarini aqlash;
ishlash mezonlarini shakllantirish;
samaradorlik ko‘rsatkichlarini aniqlash uchun zarur statistik va Boshqa
ma’lumotlarni olishni tashkil etish;
ko‘rsatkichlar va ishlash mezonlarini hisoblash;
natijalarni tahlil qilish va qarorlar qabul qilish.
Elektron tijorat dasturlari tobora keng qamrovli yo’nalishlarni taqdim qilib
bormoqda, qo‘llanilishning ham yangi yo‘nalishlari paydo bo‘la boshladi. Buguni kunda bir necha to’liq shakllangan elektron tijorat tizimlarini sanab o’tishimiz mumkin. Kompaniyaning bozor strategiyasiga qarab, Internetdagi quyidagi shakllari mavjud:
elektron biznes karta;
elektron katalog;
elektron do‘kon;
internet do’kon.
savdo internet-tizimlar;

Yüklə 72,84 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə