Bozor va asosiy raqobatchilarni tahlil qilish


Asosiy ichki va tashqi signallarni aniqlash



Yüklə 63,5 Kb.
səhifə5/5
tarix26.05.2023
ölçüsü63,5 Kb.
#113055
1   2   3   4   5
Bozor va asosiy raqobatchilarni tahlil qilish

Asosiy ichki va tashqi signallarni aniqlash.
Yetkazuvchi kompaniyalarning asosiy vazifasi iste’molchilar tomonidan ko‘plab ichki va tashqa signallarning sifat ko‘rsatkichi sifatida qo‘llanilishining aniqlashdan iborat. Keltirilgan jarayon mahsulotning xarid qilish va tashqi signallaring sifat ko‘rsatkichi sifatida qo‘llanilishini aniqlashdan iborat. Keltirilgan jarayon mahsulotni xarid qilish va ishlatilishini o‘rganadi. Bir kategoriya doirasida sifat xilma-xilligining diapozoni qanday? Sifatni baholash qiyinmi? Iste’molchilarda xarid qilishdan oldin ichki xarakteristika haqida ma’lumotlari yetarliligi yoki sinab ko‘rish uchun sotib olayotganida ular ancha sodda bo‘lgan tashqi signallarga ishonadilarmi? Raqiblar iste’molchilarga qanday signallar yuboradilar? Birinchi navbatda iste’molchi nuqtayi nazarida ahamiyatli bo‘lgan sifat signallari aniqlanadi, so‘ng kompaniya bozor uchun zarur bo‘lgan signallarni iste’molchilarga yetkazdi, bu narsa sifatni yaxshiroq qabul qilishga olib keladi.
Sifat qabul qilinishining dinamik xarakteristikasini tan oliinishi.
Informatsiya yig‘ilishi natijasida, tovar kategoriyasiga raqobatning kuchayishi, kutilgan natijalarning o‘zgarishi natijasida vaqtning o‘tishi bilan iste’molchilar tomonidan tovar sifatining qabul qilinishi o‘zgaradi. Sifatning dinamik tabiatiga ko‘ra tovar yetkazuvchi kompaniyalar qabul qilishni vaqt oralig‘ida kuzatishi va tovar strategiyasi va uning surilish strategisini to‘g‘rilashi lozim. Tovarlar ham ularni qabul qilish ham o‘zgarishi tufayli tovar yetkazuvchi kompaniyalar iste’molchilarga sifatni baholash usullarini o‘rgatishi kerak. Qadoqdagi reklama, ma’lumotlar va tovarlar bilan bog‘liq bo‘lgan kuzatilayotgan signallar istalgan darajadagi sifat qabul qilishining yaratish uchun boshqarilishi mumkin.




Iste’molchilar tomonidan puli va nomonetar narxlarning kodlanishini tushunish.
Yuqoridagi keltirilgan modellarga ko‘ra tovarlarning real va qabul qilinadigan narxlari o‘rtasida ma’lum bir bo‘linish mavjud. Shu sababli iste’molchilar narxlarni qanday kodlashini tushunish zarur. Nafaqat pulni balki nomonetar sarflarni ham (vaqt, iste’molchining kuchi) hisobga olish kerak. Ko‘p iste’molchilar, ayniqsa, yiligi 50 mln. ishlaydigan Amerika ayollari vaqtni o‘ta bebaho tovar deb hisoblaydilar.
Bahoni oshirish usullarining ko‘p xilligini tushunish.
Va nihoyat model tovar va xizmatlar bohosini to‘ldirish strategiyalarini taklif qiladi. Puli va nomonetar sarflarning qisqartirilishi, qurbonni qabul qilishni sustlashishi, muhim ichki atributlarni qo‘shilishi, ahamiyatga ega bo‘lgan yuqori darajali abstraksiyalarning qabul qilinishini paydo qilinishi va tashqi signallarni baho ko‘rsatkichi sifatida qo‘llanilishi - bular barchasi tovar yetkazuvchilar iste’molchilarning bahoni qabul qilishiga ta’sir qila oladigan strategiyalardir. Konkret tovar yoki bozor sigmentining strategiyasini tanlash iste’molchilarning bu holatda bahoni qanday aniqlashiga bog‘liqdir.
Yüklə 63,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə