Boʻshliqichlilar, kovakichlilar



Yüklə 94,31 Kb.
Pdf görüntüsü
tarix08.06.2023
ölçüsü94,31 Kb.
#116126
Boʻshliqichlilar - Vikipediya



Boʻshliqichlilar
Boʻshliqichlilar

kovakichlilar
(Coelenterata) — tuban tuzilgan suvda
yashovchi umurtqasiz hayvonlar tipi. B.
eng kad. koʻp hujayralilar, vend davridan
maʼlum. Koʻpchilik turlari dengizlarda
yakka yoki koloniya boʻlib yashaydi.
Dengiz B.ning hayot siklida oʻtroq
yashovchi polip va erkin suzib yuruvchi
meduza davrlari gallanib turadi
(metagenez). Ayrim B. (gidralar, korall
poliplar)ning meduza davri boʻlmaydi,


baʼzi ssifomeduzalar va gidroidlarning
polip davri yoʻqolgan. Alohida B.ning
tanasi tashqi ektoderma va ichki
endodermadan iborat ikkita qavatdan
tashkil topgan. Ektoderma va endoderma
oraligʻida hujayrasiz, quyuqmodda —
mezogliy boʻladi. B. tanasi hujayralari
toʻla ixtisoslashmaganligi uchun toʻqima
va organlari rivojlanmagan.
Ektodermasidagi hujayralarning asosiy
qismi epiteliymuskul, otuvchi va
ixtisoslashmagan oraliq hujayralardan
iborat. Epiteliymuskul hujayralari qoplash
va harakatlanish funksiyalarini bajaradi.
Otuvchi hujayralar oʻljani falajlab ushlash
va himoya vazifasini bajaradi, ularda
otiluvchi ipchalarga ega boʻlgan otuvchi


kapsula shakllanadi. Oraliq xujayralar
boshqa hamma hujayralarni hosil qiladi.
Endodermada epiteliymuskul va oziqni
qamrab olib hazm qiluvchi bezli
xujayralar boʻladi. Tana boʻshligʻi qopga
oʻxshash boʻlib, maxsus toʻsiq (septa) lar
yordamida kameralarga boʻlingan,
meduzalarda murakkab naylar
sistemasidan iborat. Tana boʻshligʻi ogʻiz
teshigi orqali tashqariga ochiladi. Ogʻiz
teshigi paypaslagichlar bilan oʻralgan.
Ogʻiz teshigi orqali oziq moddalar tana
boʻshligʻiga oʻtadi va hazm boʻlmagan
oziq moddalar chiqib ketadi. Oziq tana
boʻshligʻida va endoderma hujayralari
ichida hazm boʻladi. Nerv sistemasi
diffuz (tarqoq), tartibsiz joylashgan,


oʻsimtalari orqali bir-biri bilan tutashib
ketadigan nerv hujayralaridan iborat.
Meduzalarda bundan tashqari soyaboni
chetida ikkita nerv halqasi, sezgi
organlari — yorugʻlik sezuvchi koʻzchalar,
muvozanat organlari (statotsistlar) va
ropaliyalar (ssifomeduzalar) boʻladi.
Jinsiy va jinssiz koʻpayadi. Jinssiz
kurtaklanish orqali bir qancha turlar
koloniya hosil qiladi. Koʻpchiligi ayrim
jinsli. Gidroidlarning jinsiy hujayralari
ektodermada; ssifoid va korall poliplarda
endodermada hosil boʻladi. Koʻpchilik
dengiz B.da urugʻlangan tuxum
hujayradan erkin suzib yuradigan planula
lichinkasi chiqadi. Planuladan
metamorfoz orqali polip, baʼzan meduza


vujudga keladi. Oʻtroq yashovchi
poliplarda meduzalar polipning
kurtaklanishi tufayli hosil boʻladi. 4 sinf:
gidrozoylar, ssifomeduzalar, korall
poliplar va qirilib bitgan konulyatlar
(Conulata) ga boʻlinadi. 9000 dan
ortiqturi maʼlum, barcha dengizlarda,
baʼzi turlari (gidralar va ayrim meduzalar)
chuchuk suvlarda uchraydi. Yirtqich yoki
plankton bilan oziqlanadi. Ayrim turlari
boshqa organizmlar uchun oziq boʻladi.
Yirtqich turlari oziq uchun baliqlarga
konkurentlik qilishi tufayli zararli
hisoblanadi. B. orasida yashil xivchinlilar,
turli yashil oʻsimliklar bilan simbioz
yashovchilari ham bor. Koloniya boʻlib
yashovchi korall poliplar orollar hosil


qiladi va koʻpchilik dengiz hayvonlari
uchun pana joy hisoblanadi. Korall
poliplar qisman qurilish materiali va
zebziynat uchun foydalaniladi.
OʻzME
. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Boʻshliqichlilar
Biologik klassifikatsiya
Olam:
Hayvonlar
Adabiyotlar


Ko‘proq o‘rganish Ushbu maqolada
Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi
 (2000-
2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan.
Ushbu maqola 
chaladir
. Siz uni 
boyitib, (ht
tps://uz.wikipedia.org/w/index.php?title=
Bo%CA%BBshliqichlilar&action=edit)
Vikipediyaga
 yordam berishingiz mumkin.
Bu andozani 
aniqrogʻiga
almashtirish kerak.
"
https://uz.wikipedia.org/w/index
.php?
title=Bo
ʻ
shliqichlilar&oldid=3140
257
" dan olindi


Bu sahifa oxirgi marta 2-Noyabr 2022, 19:01 da
tahrir qilingan.

Matndan 
CC BY-SA 3.0
litsenziyasi boʻyicha
foydalanish mumkin (agar aksi koʻrsatilmagan
boʻlsa).

Yüklə 94,31 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə