Boshlang’ich ta’lim va sport tarbiyaviy ishi yo’nalishi



Yüklə 36,06 Kb.
səhifə2/3
tarix12.12.2023
ölçüsü36,06 Kb.
#148586
1   2   3
akbaraliyeva

To’limiy talab. Har bir dars o’quvchiga qandaydir bilim berishi lozim. Har bir darsning asosiy maqsadi ham shu.

  • Tarbiyaviy talab. Bu har jihatdan komil Shaxsni tarbiyalash demakdir.

  • Didaktik talablar. Bu o’qituvchiga darsni to’g’ri tashkil qilish: dars maqsadlarini, turini to’g’ri belgiiash, darsdagi u yoki bu materialni o’quvchilarga yetkazib berish usullarini to’g’ri tanlash, o’quvchilar bilimini tekshirish va baholash shakllarini aniqlab olish demakdir.

  • Psixologik talablar. Bu talab shuni nazarda tutadiki, o’qituvchi o’z o’quvchilarining xarakterxususiyatini qanchalik darajada yaxshi biiishi juda katta ahamiyatga ega. o’z o’quvchilarining psixologik xususiyatlarini yaxshi bilgan o’qituvchigina to’laqonli dars uyushtirishi mumkin.

  • Gigiyenik talablar. Bu o’quvchilar salomatligi haqida qayg’urish demakdir.

    Sinfda yorug’lik, toza havo har doim yetarli bo’lishi lozim. Boshqa fanlar kabi, ona tili o’qitishning samaraliligi darsning sifatiga bevosita bog’liqdir.
    Darsga qo’yilgan umumdidaktik talablar pedagogik adabiyotlarda keng yoritilgan. Ularni ona tili o’rgatishga tatbiq qilib, metodik aniqliklar kiritilsa, ona tili darslariga qo’yilgan talablar quyidagicha bo’ladi:

    1. Yangi bilim berish, ularni nutq amaliyotiga tatbiq etish va o’quvchilarni tarbiyalash bir butun jarayondir. Darsda o’quvchilarning o’quv faoliyatini tashkil etishga, foydalaniladigan til materialining g’oyaviysiyosiy, estetik va badiiy qimmatli bo’lishiga, tilni o’rganish jarayonida bolalarda dunyoqarash elementlarini shakllantirishga alohida ahamiyat berish zanir. Ijodiy izlanish muhiti yaratilgan darslardagina zarur axloqiy sifatlar tarbiyalanadi.

    Ona tili darslarida o’zbek tiliga muhabbat va so’zga ehtiyotlik bilan munosabatni tarbiyalashga alohida e’tibor beriladi. Buning uchun matn puxta tanlanadi. Tilni o’rganish jarayonida leksikuslubiy ishlarga katta o’rin beriladi. Darsda she’r, soddalashtirilgan matnlar bilan birga, yuksak badiiy matnlardan ham foydalaniladi.
    Ona tili o’qitish jarayoni o’quvchilarda ilmiy dunyoqarash asoslarini shakllantirishga qaratiladi. Ona tili darslari har bir kishi uchun zarur bo’lgan saranjomsarishtalik, mustaqillik, tashabbuskorlik sifatlarini ham tarbiyalaydi.


    1. Yüklə 36,06 Kb.

      Dostları ilə paylaş:
  • 1   2   3




    Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
    rəhbərliyinə müraciət

        Ana səhifə