Boshlang‘ich sinflarda o‘quvchilarni bayon va insho yozishga o‘rgatish



Yüklə 253,62 Kb.
səhifə1/22
tarix23.12.2023
ölçüsü253,62 Kb.
#155754
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22
Kamiljanova Nilufar OTO\'Mdan Kurs ishi (2)


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI

Urganch Davlat Universiteti Pedagogika fakulteti Boshlang‘ich ta’lim yo‘nalishi (sirtqi) 20/14-guruh talabasi Kamiljanova Nilufarning Ona tili o’qitish metodikasi fanidan tayyorlagan
Kurs ishi
Mavzu: Boshlang‘ich sinflarda o‘quvchilarni bayon va insho yozishga o‘rgatish

Topshirdi : Kamiljanova Nilufar


Qabul qildi : Baxtiyarova Maliyo
Baholash : ________________


Urganch -2023

MUNDARIJA


Kirish…………………………………………………………..…………….3
I Bob. Boshlangich sinf ona tili darslarida nazorat ishi otkazish muammo sifatida.................................................................................................11

    1. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining mantiqiy fikrlashini o‘stirish orqali ijodiy nazorat ishlari samarasini oshirish yo‘llari.................................................11

    2. Boshlang‘ich sinf ona tili darslarida bayon va insho yozdirish jarayonida xotiraning ahamiyat.............................................................................21

II Bob. Boshlang‘ich sinf ona tili darslarida nazorat ishi o‘tkazishning samarali shakl va metodlari...............................................................................29


2.1. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini bayon va insho yozishga o‘rgatish yo‘llari...................................................................................................................29
2.2. Ona tili darslarida lug‘at ishi va uning bayon yozishdagi ahamiyati....37
2.3. Nazorat ishlarida xatolarning turlari va ularni bartaraf etish yo‘llari...48
Xulosa…………………………………………………………….……....57
Foydalanilgan adabiyotlar………………………………….……..… …..59


KIRISH
Mavzuning dolzarbligi. Kelajagi buyuk davlatda yashaydigan xalqni har tomonlama komil insonlar bo’lishi talab etiladi. O‘zbekiston Respublikasi 1- Prezidenti I. A. Karimov quyidagilarni qayd etadi: “Yoshlarni zamonaviy fan- texnikaning, umuman, ilm-fanning yutuqlaridan bahramand qilmasdan turib, ularga yuqori malakali ixtisos egalari bo’lib yetishishga sharoit tug‘dirmay turib, biz respublikamiz xalq xo‘jaligini, sanoat ishlab chiqarish sohalarni tubdan o‘zgartira olmaymiz. Yana bir narsani biz hech qachon esimizdan chiqarmasligmiz lozim: iste’dodli yoshlarga sharoit yaratish”1.
Mamlakatimizda o‘qituvchi kadrlarning ma’naviy qiyofasiga, aqliy salohiyatiga hamda kasbiy mahoratiga nisbatan alohida mas’uliyatlar yuklangan. Chunonchi, bu borada O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov «biz yurtimizda yangi avlod, yangi tafakkur sohiblarini tarbiyalashdek mas’ulyatli vazifalami ado etishda birinchi galda ana shu mashaqqatli kasb egalariga suyanamiz va tayanamiz, ertaga o‘rnimizga keladigan yoshlarning ma’naviy dunyosini yaxshi tasavvur qilamiz». Ushbu fikrlardan bugungi kun o’qituvchisiga nisbatan qo‘yilayotgan talablarning mazmun va mohiyati anglaniladi.Shuni alohida ta’kidlash kerakki, yoshlarning ijodiy faoliyati dastlab oilada, bog’chada, keyinchalik boshlang‘ich sinflarda bilim olayotgan bolalarda shakllanadi. Ta’limning poydevori qanchalik mustahkam bo‘lsa, o’quvchining dunyoqarashi shunchalik rivojlanadi. Shundan kelib chiqib, jahon pedagogikasi erkin ijodiy fikrlovchi, mustaqil shaxsni shakllantirishning umumiy asoslarini keng miqyosda tadqiq qilgan va ko‘plab natijalarni qo‘lga kiritgan bo‘lsada, jamiyat taraqqiyotida ta’lim-tarbiya jarayoni zamon talabiga mos holda mustaqil ravishda rivojlanib, takomillashib borishi hozirgi kunda o‘z ifodasini topmoqda.
“Ilm-u tafakkur-kishini ezgulikka boshlaydigan beqiyos kuch. Ilm va tafakkur odamlar qalbiga nur, ongiga ziyo, xonadoniga fayz-baraka keltiradigan buyuk mo’jizadir”.2 1- Prezidentimiz I. A. Karimovning yuqorida keltirilgan fikrlari zamirida qanday ma’no-mazmun yotganligi hammamizga ma’lum. Shunday ekan, insonni yaralish tarixi davomida ilm va tafakkur tarzi kengayib, dunyo tizimidagi bilimlari boyib bormoqda. XXI asr fan, texnika taraqqiyoti asri deb bejiz atalmadi. Butun dunyo mamlakatlari qatori O’zbekiston ham ushbu asr nomiga mos ravishda ildam odimlab bormoqda. “Endilikda ilm-fan yangi yo’llar ochishi, sifat jihatidan yangi texnalogiyalarni jadallik bilan yaratishi, jamiyatning yangi holatga o’tishini ta’minlashi lozim”3-deb ta’kidlaganlar 1-Prezidentimiz
I.A. Karimov.
Respublikamizda islohotlarni muvaffaqiyatli amalga oshirishga mas’ul bo’lgan jamiyat a’zolari birinchi galda o’z kasbining mohir ustasi bo’lgan o’qituvchi kadrlar tayyorlash dolzarb vazifa bo’lib qolmoqda. Jumladan, «Ta’lim to’g’risida»gi qonunda «Tegishli ma’lumoti, kasb tayyorgarligi bor va yuksak axloqiy fazilatlarga ega bo’lgan shaxslar pedagogik faoliyat bilan shug’ullanish huquqiga ega» deb ta’kidlangan. Chunki jamiyatimiz taraqqiyoti yuksak umumiy va kasb-hunar madaniyatiga, ijodiy va ijtimoiy faollikka, ijtimoiy-siyosiy hayotda mustaqil ravishda mo’ljalni to’g’ri ola bilish mahoratiga ega bo’lgan, istiqbol vazifalarini ilgari surish va hal etishga qodir kadrlarning yangi avdlodini shakllantirishga yo’naltirilgandir.
“Bugungi kunda nafaqat ta’lim, qolaversa boshqa sohalarga ham e’tibor juda katta berilmoqda. Misol qilib qishloq joylarda zamonaviy turar joy binolarining qurilishi, katta-katta sport majmualarining foydalanishga topshirilishi, kasalxonalarning yangitdan ta’mirdan chiqarilishi va turli xil diogniostik aparatlar bilan taminlanishi, bunday ishlarni har qadamda uchratish mumkin. Bu imkoniyatlarning barchasi bu muqaddas zaminda azizdir inson konsepsiyasi ostida amalga oshirilmoqda. Bunday imkoniyatlarning inson va uning hayotiy faoliyati xavfsizligi va barqarorligi uchun amalga oshirilmoqda.

Hozirgi kunda hayotiy faoliyat xavfsizligi-bu har qanday sharoitdagi inson faoliyatidir. Insonning faol harakati ya’ni mehnat jarayonida, dam olishda, uyda hamda sportda uning faoliyatini tashkil qiladi. Bunday masuliyat yana o’qituvchi va murabbiylar zimmasiga yuklanmoqda. Shunday ekan o’qituvchi- murabbiylar dars berish jarayonida ta’lim va tarbiyani, hayotiy faoliyati va uning xavfsizligi haqida ham uzviy ravishda bilimi bo’lmog’i zarurdir.


“Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili” dasturidan yoshlarimizni sog’lom va barkamol etib tarbiyalash masalasi alohida o’rin egallashi tabiiydir.
Biz ta’lim va tarbiya tizimining barcha bog’inlari faoliyatini bugungi zamon talablari asosida takomillashtirishni o’zimizning birinchi darajali vazifamiz deb bilamiz.
Yosh avlod tarbiyasi haqida gapirganda, Abdurauf Fitrat bobomizning mana bu fikrlariga har birimiz, ayniqsa, endi hayotga kirib kelgan o’g’il-qizlarimiz amal qilishlarini men juda-juda istardim. Mana, ulug’ ajdodimiz nima deb yozganlar: “Xalqning aniq maqsad sari harakat qilishi, davlatmand bo’lishi, baxtli bo’lib izzat-hurmat topishi, jahongir bo’lishi yoki zaif bo’lib xorlikka tushishi, baxtsizlik yukini tortishi, e’tibordan qolib, o’zgalarga tobe va qul, asir bo’lishi ularning o’z ota-onalaridan bolalikda olgan tarbiyalariga bog’liq’’.
Bugungi tez o‘zgarayotgan dunyo insoniyat oldida, yoshlar oldida yangi- yangi, buyuk imkoniyatlar ochmoqda. Shu bilan birga, ularni ilgari ko’rilmagan turli xavf-xatarlarga ham duchor qilmoqda. G’arazli kuchlar sodda, g’o’r bolalarni o’z ota-onasiga, o’z yurtiga qarshi qayrab, ularning hayotiga, umriga zomin bo’lmoqda.
Bunday keskin va tahlikali sharoitda biz ota-onalar, ustoz-murabbiylar, jamoatchilik, mahalla-ko’y bu masalada hushyorlik va ogohlikni yanada oshirishimiz kerak. Bolalarimizni birovlarning qo’liga berib qo’ymasdan, ularni o’zimiz tarbiyalashimiz lozim.
Bizning navqiron avlodimiz manfaatlarini ta’minlash borasidagi faoliyatimiz yaqinda qabul qilingan “ Yoshlarga oid davlat siyosati to’g’risida”gi qonun asosida qat’iy davom ettiriladi.4
Barkamol shaxs va malakali mutaxassislarni tarbiyalash jarayonining muvaffaqiyati uchun zamin yaratuvchi omillar sirasida ma’naviy-axloqiy sifatlarga ega bo’lgan, mutaxassislik fanlari asoslarini puxta o’zlashtirgan, shuningdek, pedagogik mahoratga ega o’qituvchilarni tayyorlash alohida o’rin tutadi. Zero, yosh avlodni har jihatdan kamol toptirish, ularda muayyan kasbiy faoliyatni olib borish layoqatini shakllantirish hamda uning yetuk mutaxassis bo’lib yetishishida ta’lim muassasalarida faoliyat olib borayotgan o’qituvchilar o’ziga xos rol o’ynaydi.
Shundan kelib chiqib maktab o’quvchilarida shakllanayotgan hamda takomillashib borayotgan kasbiy faoliyati qanday talablarga javob berishi kerak? Boshlang’ich sinf darslarida o’qtuvchining mafkurasi qanday faoliyatlar asosida shakllanmog’i lozim? degan savollar hamon o’z javobini kutmoqda. Chunki shaxsning mafkuraviy ongi, muayyan faoliyatlar muvozanatida o’z yeсhimiga ega bo’lmog’i lozim. Shuning uchun uzluksiz ta’lim tizimida shakllanadigan yoshlarning ijodiy faoliyati faqat yangi bilimlarni o’rganish, ma’lumot olish bilan cheklanadigan bo’lsa, uning ijtimoiy mohiyati bir tomonlamaligicha qolib ketadi.
Bolalarning tarbiyasiga to’g’ri yondashish, uni muvaffaqiyatli o’qitish uchun bola rivojlanishidagi turli yoshdagi davrlariga xos xususiyatlarni bilish va uni hisobga olish muhimdir. Chunki bola orginizmining o’sishi ham, rivojlanishi ham, psixik taraqqiy etishi ham turli yosh davrlarida turlicha bo’ladi. Abu Ali Ibn Sino, Yan Amos Komenskiy, K.D.Ushinskiy, Abdulla Avloniylar ham bolani tarbiyalash zarurligini uqtirib o’tganlar.
Kengroq ma’noda o’qituvchining ijodiy faoliyati - pedagogik jarayonda muntazam ravishda kelib chiqib turadigan muammolarni anglab yetish va hal etishga qaratilgan faoliyat sifatida ko’riladi. Bunday yondoshuv ijodni har bir o’qituvchi faoliyatining zaruriy tarkibiy qismi deb hisoblash imkonini beradi, albatta, bunda ijod har bir darsda, bolalar bilan ishlashning turli paytlarida, darsga tayyorgarlik jarayonlarida va hokazoda turlicha tarzda namoyon bo’lishi mumkin. Pedagogning ijodiy faoliyati bolalar bilan muloqat qilishda berilgan pedagogik individuallik uchun pedagog tomonidan eng maqbul, uzviy va noan’anaviy pedagogik qarorlarni ishlab chiqish talab etiladigan, o’zgarib turadigan vaziyatlarda son-sanoqsiz o’quv-tarbiyaviy vazifalarni doimiy ravishda hal etib borishga qaratilgan faoliyat deb belgilanadi.
Pedagogik ijodkorlikning o’ziga xosligi shundaki, faqatgina pedagogik vazifani hal etish jarayonining o’zigina ijodiy xarakterga ega bo’lib qolmasdan, balki, bu qarorning ijodiy jarayon sifatida odamlar bilan muloqatda amalga oshirilishi ko’p jihatdan pedagogning individual-tipologik xususiyatlariga tayanadi. Pedagogik ijodkorlikning inson samarali faoliyatining hech bir boshqa xususiyati bilan tenglashtirib bo’lmaydigan xususiyati shundan iboratki, bunda o’qituvchi har doim jonli «inson materiali» bilan ijod qiladi. Shu sababli A.E.Shteynmetsning nuqtai nazari e’tiborga sazovor: «Pedagogik faoliyatning xususiyatlarini, uning bola, o’quvchi, ta’lim oluvchi shaxsining rivojlanishi va o’z- o’zini takomillashtirishi uchun sharoit yaratishdan iborat oliy, oxirgi maqsadi bilan aniqlash mumkin. Bu yerda ijodiy pedagogik faoliyatni boshqa samarali faoliyatlardan ajratish imkonini beradigan asosiy me’zon mavjud. Shunchalik insonparvar va yuksak bo’lgan pedagogik faoliyatning pirovard maqsadiga erishish faqatgina o’qituvchi va o’quvchilarningu yoki bu fan mazmunini o’zlashtirishda hamkorlik va birgalikdagi ijodkorlik xarakteridagi faoliyatlarini tashkil etish orqaligina amalga oshirilishi mumkin». Bu esa pedagogik ijodkorlikning insonning ma’lum bir ehtiyojlarni qondirish uchun asos bo’ladigan ichki faoliyat mazmuni bilan chambarchas bog’liq bo’lgan axloqiy jihatlarini birinchi qatorga olib chiqadi.
Tilni o’rganish o’quvchilar zehni, aqli, ongi, madaniy darajasini oshiradi va tilni puxta o’rganmay turib, boshqa fanlarni o’zlashtirish qiyin. Chunki har bir predmetni ifodalash, bolaga o’rgatish hamisha so’zlar vositasida amalga oshadi.
O’yin orqali bola faoliyati mukammallashadi, ularni jismonan rivojlanishiga yordam beradi. O’yin jarayonida, qiyinchiliklarni, to’siqlarrni yengishga o’rgatib boradi.O’yin bolalar faoliyatining asosiy turi. Bola o’yin orqali materiallarning ko’rinishi, rangi, tuzilishi, turli o’simlik va hayvonot o’zgarishlarni anglaydilar.O’yin - bu bolalar uchun o’qish, mehnat qilish va tarbiya vositalaridir. Biroq, darsning asosiy qismini o’yinga aylantirib qo’ymaslik lozim.Bolaning haqiqiy ijodiy izlanuvchan, sofdil va adolatli mard va olijanob rahmdil, o’z Vatanning vatanparvar, mehnatsevar va yaratuvchi bo’lishi uning boshlang’ich ta’lim bosqichida egallagan bilimi va tarbiyasiga bog’liq. Shunga ko’ra boshlang’ich ta’lim oldida turgan vazifa juda jiddiy ulkan ahamiyatga ega.
Boshlang’ich ta’lim bolaning o’z hayotini jamiyat manfaati bilan bog’lab borishi, ichki munosabatlardan ijtimoiy munosabatlarga o’tishi, oldiga qo’yilgan hayotiy maqsadlari esa jamiyat maqsadlari bilan mushtarak bo’lishiga erishmog’i kerak. Buning uchun boshlang’ich ta’lim pedagogik jamoasi bolalarga bilim berish bilan birga murakkab tarbiyaviy ishlarrni amalga oshirishlari lozim. Boshlang’ich ta’lim mazmunida bolalarni mehnat, ijtimoiy va shaxsiy hayotga tayyorlashga zarur bo’lgan hamkorlik, samimiyat va o’zaro yordam natijasida yosh avlodni tarbiyalashga alohida ahamiyat berilgan. Boshlang’ich ta’lim shaxsning shakllanishida u o’sib voyaga yetadigan shart-sharoitlarida muhim rolb o’ynaydi. Yosh avlodni ijodiy izlanuvchan, vatanparvar shaxs bo’lib shakllanishida boshlang’ich ta’lim mas’uliyati alohida ajralib turadi. Jamiyatimiz tuzumi ma’naviy-siyosiy birligini ijtimoiy tarbiyaning maqsadlariga to’la mos ekanligini belgilaydi.Bolalar faoliyatini oqilona tashkil eta bilgan o’qituvchi katta yutuqlarga erishishi mumkin. Buning uchun o’qituvchilar tarbiyaning mohiyatini vazifasini, avvalo o’zlari yaxshi tushungan holda bolalarning o’ziga xos xususiyatlarini inobatga olib ularga ijobiy ta’sir ko’rsata olishni bilishlari zarur.

Yüklə 253,62 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə