Boshlang'ich sinflarda matematikadan sinfdan tashqari ishlarni tashkil etishning maqsad va vazifalari


IQTIDORLI O'QUVCHILAR BILAN ISHLASH



Yüklə 279,43 Kb.
səhifə6/18
tarix31.05.2023
ölçüsü279,43 Kb.
#114460
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
matem sinfdan tashqari 15 ТАЛИ

IQTIDORLI O'QUVCHILAR BILAN ISHLASH
Iqtidorli bola — bu u yoki bu faoliyatda yorqin, oshkora, ba’zi­da mashhur yutuqlari (yoki bu kabi yutuqlar uchun ichki asosga egaligi) bilan ajralib turuvchi boladir. Bugungi kunda ko‘pchilik psixologlar tan olishlaricha, iqtidorning sifat jihatdan o‘ziga xosligi va rivojlanish xususiyati darajasi — bu doim irsiyat va bolaning faoliyati bilan bog‘liq bo‘lgan (o‘yin, ta’lim, mehnat) ijtimoiy muhitning murakkab o‘zaro ta’siri natijasidir.
Bunda bolaning shaxsiy faolligi, shuningdek, asosida individual iste’dodni shakllantirish va amalga oshirish yotuvchi shaxsning o‘z-o‘zini rivojlantirish psixologik mexanizmlari muhim ahamiyatga ega. Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari(AKT)dan foydalanish o‘quvchilarga ularni qiziqtirgan savollarga javob topishlariga yordam beradi, ular uchun mohiyati noma’lum bo‘lib, ammo qiziq bo‘lgan hodi­salar to‘g‘risida o‘ylanishga undaydi. Muammoni o‘ylash jarayonida bahs-munozaralar, turli-tuman fikr-mulohazalar yuzaga keladi. A. Maslou, N. A. Bernshteyn va boshqa mashhur olimlarning fikrlariga tayangan holda, psixolog V.S. Yurkevich tomonidan yuksak qobi­liyatlar rivojlanishining (iqtidorning) uch qonuni ajratib berilgan:

  1. Bola ijobiy hissiyotlari yuzaga keladigan faoliyatdagina qobi­liyatlarning rivojlanishi yuz beradi.

  2. Qobiliyatlarning rivojlanishi uchun bolaning asosiy faoliyati (ta’lim va darsdan tashqari faoliyat) murakkablik darajasini doimiy oshirib borish zarur.

  3. Faoliyat rivojlantiruvchi bo‘lishi uchun (ham qobiliyati hamda bolaning shaxsi) bola uchun (ichki motivatsiyasi bo‘yicha) ahamiyatga ega bo‘lishi zarur.

Maktab faoliyatining vazifasi o‘quvchilarning qobiliyatlari va shax­siy-individual sifatlarini rivojlanirish uchun sharoitlar yaratish hi­soblanadi va bu bozor iqtisodiyoti sharoitida o‘quvchini uzluksiz ta’limga tayyorlaydi, bo‘lajak bitiruvchini mehnat bozorida raqobatbardoshligini ta’minlaydi. Pedagog va o‘quvchilarning hamkorlikdagi ilmiy-tadqiqot ishlarining maqsadi — AKT — kompetentlikni oshirish, pedagogika fanining yutuqlarini o‘rganish va innovatsion faoliyatda uni sinovdan o‘tkazish, jamiyatga moslashuv, shaxsning ijodiy o‘z-o‘zini rivojlantirishida AKTdan foydalanish hisoblanadi. Ilmiy-tadqiqot faoliyati — bu o‘qituvchi va o‘quvchining o‘zaro ta’siri vositasidir. An’anaviy ta’limiy dasturlarda odatda kreativlik va kommunikativ qobiliyatlarni rivojlantirish muhim hi­soblanmaydi. U faqatgina zarur bilim, ko‘nikma va malakalarni egallashga imkoniyat yaratadi. Iqtidorli bolalarning ta’lim olishlarida yangicha yondashuv, kompyuter orqali ta’limiy va rivojlantiruvchi dasturlar, AKTdan foydalanuvchi ish metodlari va shakllari zarurdir. O‘quvchilar bilan ishlash jarayonida vazifani imkon qadar yaxshiroq bajarib o‘qituvchining maqtoviga sazovor bo‘lishga intiladigan, bir-birlari bilan raqobatlashuvchi o‘quvchilar guruhi shakllanadi. Maktab pedagoglari oldida asosiy uch vazifa turadi:

  1. Iqtidorli bolalar bilan ishlashning nazariy, amaliy-yo‘naltirilgan tizimini ishlab chiqish.

  2. Maktabda o‘quvchilar iqtidorlarini barvarq aniqlash diagnostikasi va monitoringini o‘tkazish hamda elektron ma’lumotlar bazasini yaratish.

  3. Olingan ma’lumotlarni sinf rahbarlarining kasbga yo‘naltirish hamda psixologning kundalik mashaqqatli ish jarayonlarida qo‘llash.

Qo‘yilgan maqsad va vazifalarni amalga oshirish ta’lim jara­yonining yaxlitligi sharoitidagina, o‘quvchilarning dars va darsdan tashqari faoliyatlaridan ko‘proq foydalanishdagina amalga oshishi mumkin. O‘quvchilarning yosh xususiyatlarini hisobga olgan holda, shuningdek, o‘quvchilarning ta’lim va tarbiya mazmunining har bir bosqichlari uchun vazifalar belgilanadi: Ta’limning birinchi bosqichi: kichik maktab yoshidagi o‘quvchilarning ijodiy imkoniyatlarini aniqlash va rivojlantirish; o‘quv faoliyatiga barqaror qiziqishni shakllantirish; tadqiqotchilik faoliyatiga qiziqishni shakllantirish; mustaqil faoliyat elementlarini shakllantirish; ijodiy faoliyat asosi sifatida obrazli idrok va xayol elementlarini rivojlantirish; o‘ziga, insonlarga ijobiy munosabatni shakllantirish; olam, hayot, jamiyatga qadriyatli munosabatni shakllantirishdan iborat. Ta’limning ik­kinchi bosqichida: o‘quvchilarning intellektual va ijodiy imkoniyatlarini rivojlantirish; o‘quv va ijodiy faoliyatga bo‘lgan barqaror motivni shakllantirish; tadqiqotchilik faoliyati elementlarini o‘zlashtirish; mustaqil faoliyat asoslarini shakllantirish; tasavvurni rivojlantirish; shaxs sifatida o‘ziga, insonlar shaxsiga qadriyatli munosabatni shakllantirish; olam, hayot, jamiyatga qadriyatli mu­nosabatni shakllantirish.
Ta’lim uchinchi bosqichi vazifalari: katta sinf o‘quvchilarining aqliy va ijodiy faolliklarini rivojlantirish; o‘quv va ijodiy faoliyatga barqaror motivatsiyani shakllantirish; mustaqil ta’lim olishga ehti­yojni shakllantirish; tadqiqotchilik faoliyati metodlarini egallash; mustaqil intellektual va ijodiy faoliyatni rivojlantirish; obrazli idrok va xayolga oid qobiliyatlarini amalga oshirish; shaxs sifatida o‘ziga va inson shaxsiga qadriyatli munosabat xulqini amalga oshirish; hayotiy vaziyatlarni va ularning yechimini to‘g‘ri idrok eta olish qobiliyati. Iqtidorli o‘quvchilar bilan ish quyidagi yo‘nalishlarda amalga oshiriladi: o‘quvchilarning sinfdan tashqari va maktabdan tashqari ijodiy faoliyatlarini tashkil etishda maktabning intellektual, moddiy-texnik imkoniyatlaridan ko‘proq foydalanish: fan to‘garaklari va qiziqishlar bo‘yicha to‘garaklar; sport seksiyalari, kompyuter ijodkorligi to‘garaklari; ijodiy guruhlar; teatr studiyalari; tadqiqotchilik ishlari; olimpiada ishtirokchilarining tayyorgarliklari; individual mashg‘ulotlar; Bolalar va o‘smirlar iqtidorlari diagnostikasi; O‘quvchilarning ilmiy-tadqiqotchilik faoliyatiga qiziqish va moyilliklarini barvaqt uyg‘otish, bu jarayonga jiddiy tayyorlash; Faol fuqarolik pozitsiyasini, yuksak axloqiy sifatlar va ma’naviy madaniyatni tarbiyalash.
Mazkur yo‘nalishdagi ishlarni amalga oshirish quyidagilarni nazarda tutadi:

  1. O‘quvchining ijodiy faoliyat tajribasini egallashiga yo‘naltirilgan ta’lim metodlari mazmunini ishlab chiqish, bu quyidagi elementlarni qamrab oladi: tushunish, hodisalarning yashirin mexanizmlarini anglab yetish, ularning sabab-oqibatli aloqadorligi, mazkur hodisalarning rivojlanish tarzini oldindan ko‘ra bilish qobiliyati sifatida; dalillarni anglab yetish va tahlil yetishda muammoni aniqlash va qo‘yish qobiliyati; olingan bilimlarni tadqiqotchilik va konstruktorlik vazifalariga unumdor ko‘chira olish; obrazli, belgili, mazmunli analogiyalar asosida tadqi­qot­chilik va konstruktorlik vazifalarini yechish; obrazlar va g‘oyalarni o‘zgartirish, ularning interpretatsiyasi.

  2. O‘quvchilarning o‘quv faoliyatlarida metodologiya va o‘quv fanini hamda uning metodlarini kuchaytirish.


Yüklə 279,43 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə