Boshlang'ich sinflarda matematikadan sinfdan tashqari ishlarni tashkil etishning maqsad va vazifalari



Yüklə 279,43 Kb.
səhifə1/18
tarix31.05.2023
ölçüsü279,43 Kb.
#114460
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
matem sinfdan tashqari 15 ТАЛИ



BOSHLANG'ICH SINFLARDA MATEMATIKADAN SINFDAN TASHQARI ISHLARNI TASHKIL ETISHNING MAQSAD VA VAZIFALARI
Matematikadan sinfdan tashqari ishlar deyilganda o‘quvchilarning darsdan tashqari vaqtda tashkil qilingan, dastur bilan bog‘liq bo‘lgan material asosida ixtiyoriylik prinsipiga asoslangan mashg‘ulotlar tushuniladi.
Sinfdan tashqari ishlarning asosiy vazifalari ushbulardan iborat: o‘quvchilarning bilimlari va amaliy ko‘nikmalarini chuqurlashtirish va kengaytirish; o‘quvchilarning mantiqiy tafakkurlarini, topqirliklarini, matematik ziyrakliklarini rivojlantirish; matematikaga qiziqishlarini orttirish; qobiliyatli va layoqatli bolalarni topish; talabchanlik; irodani tarbiyalash; mehnatga muhabbatni ; mustaqillikni; uyushqoqlikni va jamoatchilikni tarbiyalash.
Sinfdan tashqari ish sinf-dars formasidagi ishga nisbatan bir qator xususiyatlarga ega:
O‘z mazmuni bo‘yicha u davlat dasturi bilan cheklanmagan. Ammo matematik material o‘quvchilarning bilimlari va malakalariga mos ravishda bo‘lishi kerak.

  1. Maktabning boshlang‘ich sinflarida matematikadan sinfdan tashqari ishlarni sinfning hamma o‘quvchilari bilan birga bir vaqtda o‘tkaziladigan mashg‘ulot shaklida o‘tkazish maqul.

  2. Sinfdan tashqari mashg‘ulot ixtiyoriylik prinstipi asosida quriladi.

  3. Darslar 45 minutga rejalashtirilgani holda sinfdan tashqari mashg‘ulotlar mazmuniga va o‘tkazilish formalariga qarab 10-12 minutga ham, 1 soatga ham mo‘ljallangan bo‘lishi mumkin.

  4. Sinfdan tashqari ishlar shakl va turlarining ko‘p xilligiga qarab mazmunining turli tumanligi bilan xarakterlanadi.
    Maktab amaliyotida matematikadan sinfdan tashqari mashg‘ulotlarning ushbu turlari uchraydi: matematik o‘n minutliklar, soatliklar va qiziqarli matematika kechalari, matematika to‘garaklari, ertaliklari, viktorinalar, konkurslar, olimpiadalar. Shuningdek, sinfdan tashqari ishga matematikadan gazeta chiqarish, matematika burchaklarini rasmiylashtirishlar ham kiradi.
    Oldin 1-sinfda sinfdan tashqari ishlar qanday tashkil qilinishi va o‘tkazilishini qarab chiqamiz.Bu sinfda sistemali ishning asosini matematik o‘n minutliklar tashkil qiladi. Odatda, o‘n minutliklar hafdasiga bir marta butun sinf bilan o‘tkaziladi. O‘n minutliklardagi mashg‘ulotlar sinf chegarasidan tashqariga chiqishi juda muhimdir.
    Topshiriqlar darslarda beriladigan oddiy matemetik topshiriqlarga o‘xshash bo‘lmasligi kerak: topshiriqlarning mazmunlari bolalarga tushunarli qiyinlik darajalari bolalarga mos bo‘lishi kerak: javoblar tez topilishi kerak, agar hisoblashlar zarur bo‘lsa , ular faqat og‘zaki bajarilishi kerak.
    Qiziqarli matematika soati darsdan keyin sinfning hamma o‘quvchilari bilan o‘tkaziladi. 1-sinfda bu mashg‘ulotlar epizodik ravishda o‘tkaziladi. 2-3-sinflarda sistemali ravishda (ammo oyiga 1-2 martadan ko‘pmas ) o‘tkaziladi, chunki ularni o‘tkazishga ko‘p vaqt talab qilinadi. Mashg‘ulotning davomiyligi 1-sinfda 20-25 minut, 2-sinfda 25-35 minut 3-sinfda 35-40 minut, 4-sinfda 40-45 minut. Mashg‘ulot o‘tkazish uchun har hil qiziqarli arifmetik va geometrik mazmunli masalalar, qiyinroq masalalar, hazil masalalar, masalalar tuzishga doir masalalar, qiziqarli kvadratlar, rebuslar, topishmoqlar va boshqalar material bo‘lib hizmat qiladi.

    Yüklə 279,43 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə