Boshlang`ich sinfda kishilik olmoshlarini o`rganish uslubiyati



Yüklə 57,55 Kb.
səhifə2/10
tarix10.06.2023
ölçüsü57,55 Kb.
#116565
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Boshlang`ich sinfda kishilik olmoshlarini o`rganish uslubiyati

Kurs ishining maqsadi. O'z fikrini og'zaki va yozma tarzda to'g'ri va ravon bayon qiladigan, kitobxonlik madaniyati shakllangan, mustaqil va ijodiy fikrlay oladigan, o'zgalar fikrini anglaydigan - muloqot va nutq madaniyati rivojlangan shaxsni kamol toptirishdan iborat.1 Bu maqsadni amalga oshirish esa boshlang'ich ta'lim o'qituvchilariga kata mas'uliyat yuklaydi, ulardan chuqur bilim, mahorat talab qiladi.
Kurs ishining vazifasi. So'z turkumlarini o'rganish mavzulari boshlang'ich sinf o'quvchilarining nutqini o'stirishda alohida ahamiyatga egadir. Chunki bu mavzular orqali o'quvchilarning so'z boyligi ortadi. Boshlang'ich sinfda so'z turkumlaridan ot, sifat, son, fe'l va olmoshlar nazariy va amaliy tarzda o'rgatiladi.
Kurs ishining obekti. Olmoshlar ko'pincha boshqa so'z turkumlari o'rnida qo'llaniladi. Bu esa nutqdagi takrorlarning oldini olishga yordam beradi. 
Kurs ishining predmeti. Kishilik olmoshlari mavzularini o'quvchilarga tushuntirishda darslikda ham turli xil mashqlardan foydalaniladi. Bu mashqlar ham samarali hisoblanadi.
Kurs ishining tarkibiy tuzilishi. Kirish, asosiy qism, 2 ta bob, 4 ta reja, xulosa va foydalanilgan adabiyotlar ro`yhatidan iborat.
I-bob. Olmosh, kishilik olmoshlarini o'rganish metodikasi

    1. Olmoshlarning gapdagi vazifasi

Olmosh ham mustaqil so‘zlar turkumiga mansub bo‘lib, nutqda ot, sifat, son so‘z turkumlari o‘rnida qo‘llanadi. Olmosh shaxs, narsa, belgi va miqdorni ko‘rsatish uchun xizmat.qiladi. Olmoshlar ham xuddi sonlar kabi boshqa so‘z turkumlaridan morfologik yoki sintaktik yo‘l bilan yasalmaydi. Biroq son va olmosh turkumiga mansub so‘zlar boshqa so‘z turkumlarini yasash uchun asos bo‘lishi mumkin: birlik, ikkilanmoq, biryo‘la, sensiramoq, sizlamoq, manmanlik, allaqachon kabi. Olmoshlar ma’no va grammatik xususiyatlariga ko‘‘a yetti guruhga bo‘linadi.
Kishilik olmoshlari. Bu turdagi olmoshlarga quyidagilar kiradi:
Birlik sonda Ko‘plik sonda
I sh. men I sh. biz
II sh. sen II sh. siz
III sh. и III sh. ular
O‘zbek tilida 1 shaxs birlik sondagi kishilik olmoshi ko‘plik sondagi I shaxs kishilik olmoshi bilan almashinib ham qo‘llanadi. Masalan: Kitoblarni men keltiraman. Kitoblarni biz keltiramiz. Ushbu gaplarning har ikkalasida ham ishni bajaruvchi birlik sondagi birinchi shaxsdir. Shuningdek, II shaxs birlikdagi kishilik olmoshi o‘rnida II shaxs ko‘plik sondagi kishilik olmoshi qo‘llanib, ko‘plikni emas, balki hurmat ma’nosini anglatadi. Masalan: Uyga sen birinchi kir. Uyga siz birinchi kiring. Har ikkila holatda ham bir kishi nazarda tutilyapti. Odatda ko‘plik ma’nosi -lar qo‘shimchasi qo‘shilganda anglashiladi: Sizlar tezroq boraveringizlar, orqalaringizdan yelib boramiz. Bugun qabul tugadi, sizlami boshqa kuni yana chaqiramiz.
Kishilik olmoshi kelishiklar bilan quyidagicha turlanadi:
1. Bosh kelishik: men, sen, u, biz, siz, ular.
2. Qaratqich kelishigi: mening, sening, uning, bizning, sizning, ularning.
3. Tushum kelishigi: meni, seni, uni, bizni, sizni, ularni.
4. Jo‘nalish kelishigi: menga, senga, unga, bizga, sizga, ularga.
5. O‘rin-payt kelishigi: menda, senda, unda, bizda, sizda, ularda.
6. Chiqish kelishigi: mendan, sendan, undan, bizdan, sizdan, ulardan. Men va sen kishilik olmoshlari qaratqich va tushum kelishiklarining qo‘shimchalarini olganda, ular tarkibidagi bir (i) tovushi tushib qoladi: men-ning, sen-ni shaklida emas, me-ning, se-ni shaklida bo‘ladi. Xuddi shuningdek, и kishilik olmoshi jo‘nalish, o‘rin-payt va chiqish kelishiklarining qo‘shimchasini olganda, tarkibida bir [n] tovushi orttiriladi: u-ga, u-da, u-dan shaklida emas, balki un-ga, un-da, un-dan kabi.
Rus tilida kishilik olmoshlari kelishiklar bilan turlanganda, ularning boshlang‘ich shakllari butunlay o‘zgarib ketadi. O‘zbek tilida esa, Yuqorida ko‘rib o‘tganimizdek, o‘z asl shaklini saqlab qoladi.

Yüklə 57,55 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə