Bolalar va o’smirlarning jismoniy rivojlanishini baholash. Tashqi ko’rikdan o’tkazish (somatoskopiya) Ishdan maqsad


–rasm. Tana tuzilishining tiplari



Yüklə 4,71 Mb.
səhifə6/44
tarix28.11.2023
ölçüsü4,71 Mb.
#135089
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   44
Amaliy mashg\'ulotlar

8–rasm. Tana tuzilishining tiplari: a – astenik; bmeyoriy stenik; v – giperstenik (M.V.Chernoruskiy, 1938 – yil ma’lumotlari bo’yicha).
Shuningdek, ko’krak qafasining shakliga umurtqa pog’onasining turli xilda egilishlari xam ta’sir ko’rsatishi mumkin. Ushbu ko’rinishda, kifoz shaklida umurtqa pag’onasining egilishi sharoitida ko’pincha holatlarda bir vaqtning o’zida skolioz holati uchrashi qayd qilib, bu kifoskolioz deb nomlanadi, bunda ko’krak sohasining shakli esa – kifoskoliotik shakldagi ko’krak qafasi deb nomlanadi.
Shuningdek, ko’krak qafasini tekshirish davomida nafas olish tipi, uning chastotasi, nafas olish chuqurligi va nafas olish ritmiga xam e’tibor qaratish talab qilinadi. Jumladan, bunda nafas olishning quyidagi tiplari o’zaro farqlanadi: ya’ni, ko’krak sohasi bilan, qorin bilan va aralash tipda nafas olish. Agar, nafas olish harakatlari asosan qovurg’alar oralig’ida joylashgan muskullar hisobiga amalga oshirilsa, u holda bu nafas olish tipi ko’krak sohasi bilan nafas olish deb hisoblaniladi yoki qovurg’alar yordamida nafas olish tipi deb xam tavsiflanadi. Asosan bu tipda nafas olish ayollar organizmi uchun xos xususiyat hisoblanadi. Qorin bilan nafas olish tipi esa – asosan erkaklar organizmi uchun xos xususiyat hisoblanadi. Aralash tipda nafas olishda ko’krak qafasining quyi qismi va qorin sohasining yuqorigi qismlari muskullari ishtirok etadi, bu nafas olish tipi odatda sportchilar uchun xos hisoblanadi.
Muskullarning rivojlanishi tanadagi muskullarning miqdori, uning tarangligi, joylashish tavsiflari bilan belgilanadi. Muskullarning rivojlanishi haqida qo’shimcha tarzda kuraklarning joylashish holati, qorinning shakli va boshqa belgilar bo’yicha baho berish xam mumkin. Muskullarning rivojlanishi sezilarli darajada kuchni, odamning chidamliligini va u shug’ullanuvchi sport turini belgilab beradi.
Jinsiy jihatdan rivojlanish darajasi – maktab o’quvchilarining jismoniy jihatdan rivojlanishining muhim qismlaridan biri bo’lib, ikkilamchi jinsiy belgilar umumiyligi asosida aniqlanadi, jumladan bunda chov sohasida va qo’ltiq sohasida jun qoplami o’sganligi, bundan tashqari qizlarda sut bezlari rivojlanganligi va hayz ko’rish (menstruatsiya) muddatlari, o’smirlarda yuz sohasida soqol – mo’ylovlarning o’sishi, kekirdak bo’rtib chiqishi va ovozning o’zgarishi (do’rillash) kabilar hisobga olinadi.

Yüklə 4,71 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   44




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə