“Bolalar san’ati” fanining maqsadi, ob’ekti va predmeti. Bolalar ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirishning nazariy asoslari


Maktabgacha yoshdagi bolalarning ijodiy



Yüklə 130,87 Kb.
səhifə3/4
tarix11.12.2023
ölçüsü130,87 Kb.
#145914
1   2   3   4
1-mavzu (Taqdimot)

Maktabgacha yoshdagi bolalarning ijodiy
qobiliyatini rivojlantirish jarayoning asosiy subyektlari

Ijod, ijodiyot va ijodkorlik tushunchalari.

  • Arabchadan yaratish, kashf qilish, vujudga keltirish “ijod” tushunchasi ikki xil ma’noni anglashiga urg’u beriladi: 1) badiiy, ilmiy, san’atga oid asar yoki moddiy boylik yaratish, vujudga keltirish, yaratuvchilik faoliyati; 2) yaratuvchanlik faoliyati mahsuli, samarasi.
  • Arabcha “ijodiyot” esa lug’aviy jihatdan “ijodiy ish bilan bog’liq faoliyat, ijod” ma’nolarini anglatadi.
  • “Ijodkorlik” tushunchasi esa arabcha “ijod”, shuningdek, forscha “kor” va o’zbekcha “lik” qo’shimchalari yordamida hosil qilingan tushuncha sifatida “ijodkorning ishi”, “ijodkorga xos faoliyat” va “yaratuvchanlik” ma’nolarini anglatadi.
  • Ijod – insonning yangi moddiy va ma’naviy ne’matlar yaratish faoliyati. Unda inson tafakkuri, xotirasi, tasavvuri, diqqati, irodasi faol ishtirok etadi, butun bilimi, tajri-basi, iste’dodi namoyon bo’ladi. Ijod dastlab inson tasavvurida tug’iladi, keyin unga taalluqli masalalar yuzasidan izlanishlar olib boriladi, boshqalar bajargan ishlar tanqidiy ko’rib chiqiladi, tahlil etiladi, kuzatishlar, tajribalar o’tkaziladi, mantiqiy xulosalar chiqariladi, gipotezalar qilinadi, bular tajribada sinab ko’riladi, noto’g’ri bo’lsa yangilanadi va hokazo

M.H.Usmonboyeva

Ijodkorlik qobiliyati mazmuni.

  • Ijodiy faoliyat – shaxsning hissiy holati – ta’sirlanish, ilhomlanish, ruhiy istirob, nimanidir yaratishga bo’lgan kuchli xohish-istaklariga tayangan holda ruhiy va aqliy imkoniyatlarni ishga solgan holda nimanidir yaratish, mavjud narsalarni takomillashtirish, yangilashga qaratilgan faoliyati sanaladi.
  • Ijodiy qobiliyatshaxs tomonidan ijodiy (nimanidir yaratish, asoslash, modellashtirishga qaratilgan) faoliyatni qiyinchiliklarsiz oson, samarali tashkil qilishga yordam beradigan qobiliyat.

Yüklə 130,87 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə