Bolalar psixologiyasi muammolarining o‘rganilishi


I guruh: 1) bevosita hissiy aloqada bo‘lish (0-1 yoshgacha); 2) predmetlarni qo‘l bilan harakatga keltirish davri (1-3 yoshgacha II guruh



Yüklə 30,24 Kb.
səhifə4/5
tarix13.03.2023
ölçüsü30,24 Kb.
#102403
1   2   3   4   5
Bolalar psixologiyasi muammolarining o‘rganilishi

I guruh: 1) bevosita hissiy aloqada bo‘lish (0-1 yoshgacha);
2) predmetlarni qo‘l bilan harakatga keltirish davri (1-3 yoshgacha
II guruh:1) rolli o‘yinla faoliyati davri (7-10 yoshgacha);
2) o‘qish faoliyati davri (7-10 yoshgacha ) ;
III guruh: 1) o‘zaro samimiy , munosabatda bo‘lish davri (10-15 yoshgacha);
2) o‘quv professional faoliyat davri, kasb tanlash davri (17 yoshgacha)
D.B.Elkoninning yosh davrlarni tabaqalash haqidagi ta’limoti bolalar psixologiyasida muhim o‘rin egallaydi. Bolalar psixologiyasi fanining yana bir namoyondasi A.A. Lyublinskaya ijodida ham yosh davrlarni tabaqalash malakasiga katta o‘rin berilgan. Olima bola kamolotini uning faoliyatiga qarab davrlarga ajratadi.
1. Chaqaloqlik davr (0-1 yoshgacha).
2. Kichik maktabgacha davri –(1 oydan -1 yoshgacha).
3. Maktabgacha tarbiyadan avvalgi davri 1 yoshdan 3 yoshgacha.
4. Maktabgacha tarbiya davri (3-7 yoshgacha).
5. Kichik maktab yoshi davri (7-11-12 yoshgacha).
6. O‘rta maktab yoshi davri (13-15 yoshgacha).
7. Katta maktab yoshi davri (15-18 yoshgacha ).
Pedagogik psixologiya fanining namoyondasi V.A. Krutetskiy ham bola kamolotini quyidagicha ta’kidlaydi:
Chaqoloqlik (0-10 kungacha).
Go‘daklik (10-kundan -1 yoshgacha).
Ilk bolalik (1-3 yoshgacha).
Bog‘chagacha davr (3-5 yoshgacha).
Bog‘cha yoshi (5-7 yoshgacha).
Kichik maktab yoshi (7-11 yoshgacha).
O‘smirlik (11-15 yoshgacha ).
Ilk o‘spirinlik yoki katta maktab yoshi (15-18 yoshgacha).
Hozirgi zamon psixologiyasining ko‘zga ko‘ringan yirik psixologi A.V. Petrovskiy turli yosh davrlarning o‘ziga xos psixologik xususiyatlarini hisobga olib, yoshlikni quyidagi davrlarga ajratadi.
Ilk bolalik (0-3 yoshgacha).
Bohcha davri (3-7 yoshgacha).
kichik maktab yoshi davri (7-11 yoshgacha).
O‘rta maktab yoshi o‘smirlik davri (11-15 yoshgacha).
Yuqori sinf o‘quvchisi (ilk o‘spirinlik ) davri (15 yoshdan 17 yoshgacha).

Yüklə 30,24 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə