Bog’lovchilarning ifodalanishi


Zidlov bog’lovchilari gap boshida kelib, avval aytilgan fikrga zid bo’lgan yangi fikrli gapni oldingi gapga bog’laydi



Yüklə 1,68 Mb.
səhifə3/3
tarix28.04.2023
ölçüsü1,68 Mb.
#107365
1   2   3
ona tilidan boglovchilar

Zidlov bog’lovchilari gap boshida kelib, avval aytilgan fikrga zid bo’lgan yangi fikrli gapni oldingi gapga bog’laydi:
Mazmunan bir-biriga qarama-qarshi gap bo’laklari va gaplarni bog’lashda –da, -u (-yu) yuklamalari ham qo’llanadi. Sobir kichkina-yu, pishiqqina (O.)
Ergashtiruvchi bog’lovchilar
Ergashtiruvchi bog’lovchilar qo’shma gap tarkibidagi sodda gaplarni bir-biriga tobelanish yo’li bilan bog’laydi.
Ergashtiruvchi bog’lovchilar grammatik aloqalarni ifodalash va ma’nolariga qarab: 1) aniqlov bog’lovchisi; 2) sabab bog’lovchilari; 3) chog’ishtiruv bog’lovchilari; 4) maqsad bog’lovchisi; 5) shart va to’liqsizlik bog’lovchilariga bo’linadi. 1) aniqlov bog’lovchlariga ya’ni, -ki (-kim) so’zlari mansub bo’lib, ular ergash gaplarni bosh gapga bog’lash uchun qo’llanadi. Bilib qo’yki, seni Vatan kutadi. Mirzo Ulug’ bek joyiga o’tirmagan ham ediki, saroybon kirib, ikkinchi nomani tutdi. (O.Y.)
2) sabab bog’lovchilariga chunki, shuning uchun, negaki, zeroki, nainki kabi so’zlar kiradi. Bu bog’lovchilar ergash gapni bosh gapga bog’lab, sabab, payt ma’nolarini ifodalaydi. Chorasi bo’lmagan ishga kirishma, chunki undan qutilib bo’lmaydi. (Amir Temur o’gitlari) Ko’chadagi suv ariqning tegidan sayoz oqar, shuning uchun undan foydalanish qulay emas edi. (A.Qod.) U ikki, balki uch yildan buyon o’z to’yini kutar edi. (O.)
3) chog’ishtiruv bog’lovchilari: go’yo, go’yoki. Bu bog’lovchilar bosh gapda ifodalangan fikrni ergash gapdagi fikr bilan qiyoslab ko’rsatadi. Sen menga baxsh etding ko’rkam bir yoshlik, go’yo qalbimda ulg’aydi quyoshday viqor. (J.Jabborov). Nihoyat chollar jim bo’lishadi, go’yo yoshliklarini sog’inganday boshlarini quyi solishadi (O.)
4) maqsad bog’lovchisi toki qo’shma gap tarkibidagi maqsad ma’nosini ifodalagan ergash gapni bosh gap bilan bog’laydi. Yomonlarning jazosini berish kerak, toki ular yaxshilarning boshiga yomon kunlarni solmasinlar. (H.G’ .)
5) shart va to’liqsizlik bog’lovchilari: agar (gar), modomiki, basharti, garchi, garchand, mabodo.
Bu bog’lovchilar shart va to’liqsiz ergash gaplarning bosh gapga bo’lgan munosabatdagi shartni, shu bilan birga to’liqsizlik ma’nolarini anglatadi: Agar kishining hayoti biror maqsad, biror g’ oya uchun kurash bilan o’tsa, bunday hayotga hech afsus qilmaslik kerak. (M.Ibr.) Bu oqshom, garchi tevarak tinch bo’lsa ham, kechagidan ko’ra qo’rqinchliroq, ezuvchanroq tuyular edi. (O.)
www.arxiv.uz
Bog’lovchi vazifasini bajaruvchi so’zlar
Boshqa so’z turkumiga oid ba’zi so’zlar ham bog’lovchi o’rnida qo’llanadi: bilan, deb, degan, bordi-yu, u(-yu), -da.
Masalan: Umrim shirin o’tsin deb, tilni tiydim hamisha. Ayvonda Hurmatbibi bilan onam choy ichib, gaplashib o’tirishibdi (O.)

E’tiboringiz uchun rahmat!
Yüklə 1,68 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə