Bmtning bola huquqlari tòĜrisidagi konversiyasi


-modda. Ijtimoiy himoyaga muhtoj bolalarning jamiyatga uyg‘unlashish huquqi kafolatlari



Yüklə 56,83 Kb.
səhifə15/18
tarix20.05.2023
ölçüsü56,83 Kb.
#111717
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18
BMTNING BOLA HUQUQLARI TÒĜRISIDAGI KONVERSIYASI

25-modda. Ijtimoiy himoyaga muhtoj bolalarning jamiyatga uyg‘unlashish huquqi kafolatlari
Ijtimoiy himoyaga muhtoj bolalar jamiyat hayotida ishtirok etishda boshqa bolalar bilan teng huquqlarga egadir.
Davlat ijtimoiy himoyaga muhtoj bolalar va ular oilalarining jamiyat hayotida faol ishtirok etishini ta’minlash uchun ularning sha’ni va qadr-qimmatini kamsitmaslik shartlari asosida dasturlar ishlab chiqish tashabbuskori bo‘ladi hamda zarur resurslar ajratadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ta’lim, tibbiyot va madaniy-ma’rifiy muassasalar nogironligi bo‘lgan bolalarning hamda jismoniy va (yoki) ruhiy rivojlanishida nuqsonlari bo‘lgan bolalarning erkin harakatlanishlari uchun moslashtirilgan bo‘lishi kerak.
(25-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 17-maydagi O‘RQ-770-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 18.05.2022-y., 03/22/770/0424-son)
Davlat ijtimoiy himoyaga muhtoj bolalarni reabilitatsiya qilish tizimini shakllantirish va rivojlantirishni tashkil etadi hamda bunga ko‘maklashadi.
Nogironlik belgilangan paytdan boshlab bola tegishli davlat organlari tomonidan bajarilishi majburiy bo‘lgan yakka tartibdagi reabilitatsiya dasturidan foydalanish huquqiga ega.
26-modda. Ijtimoiy himoyaga muhtoj bolalarning turar joyga bo‘lgan huquqlari kafolatlari
Oldingi tahrirga qarang.
Yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar, to‘liq davlat ta’minotida turgan ixtisoslashtirilgan o‘quv-tarbiya muassasalarini bitirgan yoki jazoni o‘tash muassasalaridan ozod qilingan bolalar, shuningdek ijtimoiy himoyaga muhtoj bo‘lgan boshqa toifadagi bolalar o‘zlari ilgari yashagan turar joy maydoniga ega bo‘lish yoki qonunchilikka muvofiq turar joy olish huquqiga ega.
(26-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
LexUZ sharhi
Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasining Uy-joy kodeksi.

Yüklə 56,83 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə