Bmi mashhura



Yüklə 0,93 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə17/40
tarix13.06.2023
ölçüsü0,93 Mb.
#116911
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   40
Bmi mashhura

— 
oktan soni yuqori boigan benzin yoki individual aromatik 
birikmalar olish maqsadida oktan soni kichik bo'lgan benzin va ligroinni vodorodli 
muhitida qayta ishlash jarayonidir. Reformingda katalizator tasirida bir vaqtning o'zida 
quyidagi: olti a'zoli naftenlarning degidrogenlanishi, parafinlarning digidrogenlanib 
xalqali birikmalarga aylanishi, besh a'zoli naftenlarning olti a'zoli birikmalarga 
degigrogenlanib 
izomerlanishi, 
parafin 
uglevorodlarning 
gidrokrekingni 
va 
izomerlanishi reaksiyalari boradi. Kobalt va molibdenli katalizatorlar neft 
mahsulotlarining S li birikmalarini gidrogenlanib H
2
S hosil qilinishiga olib keladi. Bu 
hol S li (S li birikmalari ko'p bo'lgan) neftlarni qayta ishlash imkoniyatini beradi.
Reforming ikki tipga - platforming va gidroformingga bo'linadi. Platforming 
ftorlangan aluminiy oksidiga joylashtirilgan platina katalizatorda 480-510°C harorat va 


 
2-4 MPa vodorod bosimida olib boriladi. Gidroforming alyumolibdenli katalizator 
qavatda 1,7-1,9 MPa gaz bosimida amalga oshiriladi.
Neft mahsulotlarini tozalash. 
Haydash yo'li bilan va krekinglash orqali neft 
mahsulotlari tarkibida olifinlar, diolifinlar, oltingugurtli kislorodli va azotli birikmalar 
saqlaydi. Ular kimyoviy aktiv moddalar bo'lganligidan saqlash vaqtida oksidlanadilar 
va polimerlanadilar.
Neft mahsulotlarini tozalashning usullari kimyoviy va fizik-kimyoviyga bo'linadi. 
Kimyoviy tozalash usullariga: gidrotozalash va sulfat kislota bilan tozalashlar kiradi. 
Fizik-kimyoviyga adsorbsion va absorbsion tozalash usullari kiradi. Sulfat kislota bilan 
tozalash usuli katta miqdorda o'yuvchi reagentlar talab qiladi va bundan foydalanish 
qiyin bo'lgan chiqindilar hosil bo'ladi. Shuning uchun hozirgi davrda gidro- tozalash 
usuli keng tarqalgan. Bu usul oltingugurtli neftdan neft mahsulotlarini olish imkonini 
beradi. Bu usul 380-420°C va 3-4 MPa bosimda neft mahsulotlarini kobalt-molibdenli 
katalizatorlar ishtirokida selektiv (tanlab) gidrogenlashga asoslangan. Natijada 
oltingugurt, kislorod va azotning organik birikmalaridan: uglevorodlar hamda ajralib 
chiqishi oson bo'lgan H
2
S, NH
3
va H
2
O hosil bo'ladi. Shu bilan bir qatorda diyenlarning 
va aktiv olefinlarning gidrogenlanib to'yingan uglevodorodlar hosil qilish jarayoni ham 
boradi. 
Gidrotozalashda reforming natijasida 
olinadigan 
arzon 
vodoroddan 
foydalaniladi.
Adsorbsion usullar. 
Bunda neft mahsulotlari adsorbentlar-tabiiy tuproq, boksit, 
silikagel kabilar aralashtiriladi, qaysiki, ularning yuzasiga birinchi navbatda oltingugurt
azot va kislorod saqlovchi birikmalar hamda diolifinlar adsorblanadi. Absorbsion 
usullari kerosin va moylarning zararli aralashmalarini ular bilan aralashmaydigan 
suyuqliklarda tanlab erib o'tish xossasiga asoslangan. Shunday suyuqlik sifatida suyuq 
oltingugurt (IV)- oksidi, furforol, nitrobenzol, dixlor etil efiri va boshqalar qo'yiladi. 
Erituvchilar yo'li bilan regeneratsiyalanadi.

Yüklə 0,93 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   40




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə