Blokcheyn va moliyaviy texnologiyalar



Yüklə 223,76 Kb.
səhifə3/8
tarix10.11.2023
ölçüsü223,76 Kb.
#132757
1   2   3   4   5   6   7   8
222 (1)

Identifikatsiya jarayonini boshqarish: bu ko‘rsatgich business to business (B2B) tarmog’ida juda katta ahamiyatga ega, ya’ni, kelishuv tuzilayotgan hamkor haqida iloji boricha ko‘proq ma’lumotlarni bilish imkoniyatiga ega bo‘lish.

  • Konsensus (kelishuv PoW va PoS)ning modulli algoritmi: ammo xozirgi davrda ishning bajarilishini tasdiqlash juda sekin bajariladi va qimmatga tushadi. Shart-sharoitdan kelib chiqqan xolda, konsensus algoritmini o‘zgartirish imkoniyatini ham ko‘zda tutmoq kerak.

  • Kafolatlangan konfidentsiallik: tranzaksiyalarning ommaviy bo‘lishi unchalik shart emas.

  • Buxgalteriya kitobi audit uchun doimo tayyor: operatsiyalar konfidensial xolda bo’lsalar ham, ular nazorat qiluvchi organlar uchun ochiq bo‘lishi kerak.

  • «masshtablashtiriladigan» blokcheyn: ideal xolatda bloklar zanjiri katta sondagi kelishuvlarni ta’minlashi lozim.

  • uzoq muddat faoliyat ko‘rsatuvchi blokcheyn: xozirgi kunda mavjud

    bo‘lgan to‘lov tizimlari ancha avval paydo bo‘lgan. Blokcheynga asoslangan yangi tizimlar eksilarining davomi bo‘lishi kerak. Biz esa kelajakda xosil bo‘lishi mumkin bo‘lgan muammolarni oldindan bilish imkoniyatiga ega bo‘lishimiz lozim.
      1. Blokcheynda tarmoq havfsizligini ta’minlash masalalari


    Bunday havfsizlik uchun ularning har biri mas’uliyatli bo‘lishi – shaxsiy kalitlarni ishonchli himoya qilishlari zarurligidir.Bu yerda havfsizlik standartlari muhim ahamiyatga ega bo’ladi. Bitkoyin blokcheyni AQSH Standartlar va texnologiyalar milliy instituti tomonidan chiqarilgan va axborotni qayta ishlash federal standarti sifatida qabul qilingan mashhur va puxta ishlab chiqilgan SHA-256shifrlash standartida ishlaydi. Blok yechimini topish uchun zarur bo‘lgan ko‘p martalik matematik hisob- kitoblarni takrorlash murakkabligi hisoblash qurilmasidan masalani yechish va yangi bitkoinlar ishlab topish uchun ko‘p elektr energyasi sarflashni talab qiladi.
    Blokcheyn novatorlar va tadbirkorlarga ushbu kuchli platformada qiymat yaratishning yangi usullarini topgan holda shu va boshqa ko‘plab muammolarni hal qilishga imkon beradi.Jahon moliya mutaxassislari blokcheyn bilan bog’liq bo’lgan quydagi g’oyalar haqida puhta o‘ylab ko‘rishlari lozim:
    Attestatsiya. Tarixda birinchi marta, turli sub’ektlar bir-birini bilmagan va bir-biriga ishonmagan holda bitim tuzishi va ishlarni yuritshi mumkin. Shaxsni tasdiqlash va ishonch o‘rnatish moliyaviy vositachining huquqi va imtiyozi bo‘lmay qo‘ydi. Boz ustiga, moliyaviy hizmatlar nuqtai-nazaridan ishonch bayonnomasi yangi ma’noga ega bo‘ladi. Blokcheyn zarur bo‘lgan paytda tranzaksiyalar tarixi (blokcheynda), nufuz qiymati (agregatsiyalangan fikrlar asosida) va boshqa umumiqtisodiy ko‘rsatkichlar asosida har bir tomonning aynan o‘xshashligi va to‘lov layoqatini tasdiqlab, ishonchli munosabatlar o‘rnatishi mumkin.

    Yüklə 223,76 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
  • 1   2   3   4   5   6   7   8




    Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
    rəhbərliyinə müraciət

        Ana səhifə