Blokcheyn va mayning jarayoni



Yüklə 128,24 Kb.
səhifə2/4
tarix22.03.2024
ölçüsü128,24 Kb.
#181255
1   2   3   4
Raqamli iqtisodiyot 26-variant

1) Operatsion ma’lumotlar. Bu onlayn tranzaksiyalarni qayta ishlash jarayonida mavjud bo‘lgan yoki onlayn tahliliy ma’lumotlar bazasidan olingan mijozlar, yetkazib beruvchilar, hamkorlar va xodimlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar. Odatda tranzaksiya ma’lumotlari, aloqa ma’lumotlari va jismoniy shaxslar haqidagi umumiy ma’lumotlarni o‘z ichiga oladi. Ko‘pincha bunday ma’lumotlar qo‘shimcha sensorlar va korxona jarayonlarini monitoring qilish yordamida muvaffaqiyatli to‘planadi. Masalan, bank tizimiga ulangan kassa apparatlari, aqlli hisoblagichlar, ovozli aloqa, radiochastotani identifikatsiyalash va boshqalar;
2) «Qorong‘i» ma’lumotlar. Tashkilotlar tomonidan ataylab saqlanmaydigan yoki to‘planmagan, lekin biznesni yuritish yoki tarmoq xizmatlari bilan ishlash jarayonida tasodifiy (yo‘lda) yaratilgan va Internet arxivlarida qoladigan ma’lumotlar. Bunday ma’lumotlar ommaga ochiq va qisman tahlil qilish uchun tuzilgan, jumladan, elektron pochta xabarlari, elektron shartnomalar, hujjatlar, multimedia, tizim jurnallari va boshqalar;
3) Tijorat ma’lumotlari. Katta ma’lumotlar texnologiyasi imkoniyatlari paydo bo‘lishidan oldin, turli sohalarda qimmatli tijorat ma’lumotlarining agregatorlari mavjud edi. Ushbu agregatorlar obuna ma’lumotlarining o‘z kataloglariga to‘liq kirishni ta’minlaydi. Biroq zamonaviy bozor munosabatlarining potensial investorlar va mijozlar uchun ma’lumotni ochishga yo‘naltirilganligini hisobga olgan holda, tijorat manfaatlariga oid ko‘plab ma’lumotlar raqamli muhitda ochiq joylashtiriladi;
4) Rasmiy ma’lumotlar. Davlat organlari tomonidan tarqatiladigan ma’lumotlar (bayonotlar, press-relizlar, ob-havo prognozlari, munitsipal rivojlanish rejalari to‘g‘risidagi ma’lumotlar), ochiq davlat registrlari, e’lon qilingan normativ-huquqiy hujjatlar (shu jumladan, ularning loyihalari) eng ishonchli va eng ko‘p tuzilgan hisoblanadi;

Yüklə 128,24 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə