Biznes muloqot va akademik yozuv


Ijtimoiy –psixologik toʻsiqlar



Yüklə 2,32 Mb.
səhifə15/194
tarix16.03.2023
ölçüsü2,32 Mb.
#102694
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   194
Biznes muloqot va akademik yozuv-fayllar.org

4.Ijtimoiy –psixologik toʻsiqlar

Munosabat va fikrlar. Fikr bilan muvofiqlashtirilgan ma’lumot va shaxsning munosabati muayyan shaxs uchun muvofiqdir.

Hissiyotlar muloqotda muhim rol o‘ynaydi. Agar soʽzlovchi sarosimada, tashvishlangan, hayajonlangan, qo‘rqqan, asabiylashgan boʻlsa, unda u oʽzining xabarini to‘gʻri yetkaza olmaydi.

Yashirin idrok. Idrokini yashirgan inson bilan muloqot qilish juda qiyin. Biz oʽz fikrimizda shunchalik qat’iylik bilan turamizki, hattoki boshqalarni tinglashdan ham bosh tortamiz.

Maqomni anglab yetish. Biz oʽzimizning past yoki yuqori lavozimimizni shunchalik ortiqcha anglab yetamizki, oʽz fikr va mulohazalarimizni xolis ifodalaymiz.

Ma’lumot manbai. Ishonchimizga koʻra munosabat bildirib, muloqotning kelib chiqqan manbasiga tayanamiz.

Noto‘gʻri yetkazib berish. Xabarni yetkazib berishda asosiy qismi yo‘qoladi (ogʻzaki muloqotda, har bir ma’lumot yetkazilishida uning 30% yo‘qoladi)

Past eslab qolish qobiliyati. Ogʻzaki xabar ayniqsa insonning past eslab qolish qobiliyati tufayli yo‘qoladi.

Samarali muloqot prinsiplari:





Muloqot tizimining eng zarur xususiyatlarining batafsil ro‘yxati taklifini kiritish juda qiyin. Bu vaziyatning muayyan ehtiyojlariga bogʻliq boʻladi. Quyidagi yoʻriqnomalar yoki prinsiplar samarali muloqotga erishish uchun rioya qilinishi mumkin:

1.Xabarning aniqligi: muloqotning bosh prinsipi aniqlikdir. Xabar iloji boricha aniq boʻlishi shart. Unga noaniqlik o‘rmalab kirmasligi kerak. Xabar soʽzlovchining ham, tinglovchining ham ongida aniq ta’riflanganda to‘gʻri yetkazib beriladi.

2. Tezlik: muloqotning yaxshi tizimi xabarning tez yetkazilishini kafolatlashi shart. Xabarni belgilangan joyga yetkazilishiga ketadigan vaqt va muloqot tizimining tezligi xabar uzatishning shoshilinchligi asosida hisoblanishi kerak. Agar xabar oʽz vaqtida yetkazilmasa, bu tashkilot uchun muammo keltirib chiqarishi mumkin.


Yüklə 2,32 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   194




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə