Bitiruv malakaviy ishlarini bajarish talablari, tashkiliy va ilmiy-metodik ta’minoti, maxsus fanlardan maslahat soatlarini tashkil etish va oʻtkazish metodikasi. Reja



Yüklə 13,47 Kb.
tarix29.05.2023
ölçüsü13,47 Kb.
#113915
9.m


Bitiruv malakaviy ishlarini bajarish talablari, tashkiliy va ilmiy-metodik ta’minoti, maxsus fanlardan maslahat soatlarini tashkil etish va oʻtkazish metodikasi.
Reja:
1. Bitiruv malakaviy ishlarimk bajarish tartibi.
2. Bitiruv malakaviy ishlarini tashkil etish .

Bitiruv malakaviy ishning sarvarag„i vazirlik, ish bajarilgan muassasa, kafedra va yo„nalish nomlari va bitiruvchining ismi-sharifi bosh harflar bilan kegl 14 va «bitiruv malakaviy ishi» jumlasi bosh harflar bilan kegl 16 da, boshqa ma‟lumotlar esa kegl 14 da kichik harflar bilan yoziladi. Bitiruv malakaviy ishning hisob-tushuntirish bayoni GOST 7.32-81 bo„yicha rasmiylashtiriladi va uning matni berilgan topshiriqqa to„liq mos kelishi kerak. Ishning matni kompyuterda A4 bichimdagi (210x297 mm) bir xil navdagi (80 g/m 2 ) oq qog„ozning bir tarafiga «WORD» tizimida «Times New Roman» shriftda 1,5 intervalda kegl14 da yoziladi. Bitiruv malakaviy ishning bayoni quyidagi ko„rinishda: A4 format qog„ozining chap tomonidan 30 mm, o„ng tomonidan 10 mm, yuqori tomonidan 15 mm va pastki tomonidan 20 mm qoldirilgan holda hoshiyasiz (ramkasiz) bajarilishi lozim. Matnda korxona, tashkilot, firma, tovarlar nomi va ismlar haqiqiy ko„rinishda (original holda) yoziladi. GOST 7.12-77 ga muvofiq ayrim so„z va birikmalari qisqartirilgan holda yozilishi mumkin. Bitiruv malakaviy ishining barcha betlariga tartib raqamlari qo„yiladi. Sarvaraq 1- bet hisoblanadi, ammo unga raqam qo„yilmaydi, keyingi betga 2 raqami qo„yiladi. Bet raqamlari varaqning yuqori xoshiyasining o„rta qismiga qo„yiladi. Bitiruv malakaviy ishning asosiy sarlavhalari yozma harflar bilan simmetrik ravishda yoziladi. Asosiy sarlavhalarni yozishda so„zlarni ko„chirishga ruxsat etilmaydi. Bo„limlarning sarlavhalari xat boshidan yoziladi. Agar sarlavhalar ikki va undan ortiq gaplardan tuzilsa, u holda har gapdan so„ng nuqta qo„yilib, keyingisi yoziladi. Lekin asosiy sarlavhalardan keyin nuqta qo„yilmaydi. Bitiruv malakaviy ish matnini xat boshi 15-17 mm masofadan keyin yozilishi, sarlavhalar va matnlar orasidagi masofa 3-4 interval bo„lishi kerak. Har bir bo„lim yangi varaqdan yozilishi lozim. Bo„limlarning sarlavhasi bosh harflar, kichik bo„limlar sarlavhasi esa kichik harflar bilan qatorning o„rtasiga yoziladi. Kichik bo„limlar tarkibiga kiruvchi bo„limchalarning sarlavhasi esa kichik harflar bilan yangi qatordan yoziladi. Bo„lim sarlavhalari bitiruv malakaviy ishining boshidan oxiriga qadar bir tartibda raqamlanadi, masalan «1.», «2.», «3.» va h.k. Ishning «Kirish», «Xulosa va takliflar», «Foydalanilgan adabiyotlar ro„yxati» va «Ilovalar» raqamlanmaydi. Har bir bo„limdagi kichik bo„limlar bo„lim doirasida raqamlanadi, masalan «2.3.», «3.4.» va h.k. Bitiruv malakaviy ishida jadvallar, chizmalar, sxemalar, grafiklar, diagrammalar, rasmlar xuddi matnlar singari A4 bichimdagi oq qog„ozning bir betiga bajariladi yoki yopishtiriladi. Ko„rgazmali materiallar ishda har bir bo„lim doirasida raqamlanadi, masalan «3.4- rasm», «3.4- chizma». Bitiruv malakaviy ishda keltirilgan barcha ko„rgazmali materiallar, jadvallar hamda, agar berilgan bo„lsa, ilovalarga tayaniladi va ular oddiy matn ko„rinishida yoki qavs ichida ko„rsatiladi, masalan (3.1- rasm), (2- ilova), (3.6- jadval) va h.k. Matnda tayanilgan adabiyotlar raqami uning «Foydalanilgan adabiyotlar ro„yxati» dagi raqamiga muvofiq to„rt burchak qavslarda keltiriladi, masalan [14] yoki adabiyot mualifining nomi va uning nashr yili ko„rsatiladi, masalan [Inomov.I., 2005.y.]. Muallifning nomi matnda keltirilgan hollarda uning ismi sharifi familiyasidan oldin va asarning «Foydalanilgan adabiyotlar ro„yxati»dagi nomeri yoki uning nashr yili to„rt burchak qavs ichida keltiriladi. Masalan: «Inomov.I. [14] ko„rsatadiki, ...» yoki «Inomov.I. [2005.y.] ko„rsatadiki, ...» va h.k. Bitiruv malakaviy ishida ilovalar keltirilgan bo„lsa, ular bir tartibda raqamlanadi, masalan «1- ilova», «2- ilova» va h.k. Bitiruv malakaviy ishida «Foydalanilgan adabiyotlar ro„yxati»da adabiyotlar alfavit tartibida beriladi.
Foydalanilgan adabiyotlar ro„yxatida dastlab ishda tayanilgan Prezident asarlari, O„zR qonunlari, O„zR VM ning qarorlari, so„ngra foydalanilgan o„zbek tilidagi, keyin xorij tilidagi adabiyotlar hamda eng so„nggida Internetdan olingan ma‟lumotlar manbalari keltiriladi. Foydalanilgan adabiyotlar ro„yxatida bitiruv ishini tayyorlash (yozish)da foydalanilgan barcha turdagi nashrlar: me‟yoriy-huquqiy hujjatlar, o„quv va uslubiy qo„llanmalar, lug„atlar, monografiyalar, maqolalar va shuningdek, vebsaytlar keltiriladi. Bunda foydalanilgan manbalarning ko„p bo„lishi boshqa mualliflarning fikrlarini bevosita ko„chirib olishni anglatmasdan, balki tinglovchining o„z fikri, qarashlarini tegishlicha asoslangan holda bayon etishga xizmat qilishi kerak. Keltirilgan adabiyotlar ro„yxatida faqat ishni tayyorlashda foydalanilgan manbalar ko„rsatilishi, ular mavzuni mazmun jihatidan to„liq yoritish va qo„yilgan masalalarni atroflicha hal etish uchun etarli bo„lishi lozim. YUqoridagi ko„rsatilgan talablar asosida rasmiylashtirilgan va kafedrada dastlabki himoyadan o„tgan bitiruv malakaviy ishi qattiq jild bilan muqovalanadi. Jildning ikkinchi oxirgi betiga konvert yopishtiriladi va unga bitiruv malakaviy ishining elektron varianti, ish rahbarining xulosasi, ishga olingan taqriz va kafedra majlisi bayonidan ko„chirma 1 nusxadan joylashtiriladi. Tayyorlangan taqdimot (prezentatsiya) materiallari bitiruv malakaviy ishining mazmuni va mohiyatini, tadqiqotning asosiy natijalari, xulosa va takliflarni aks ettirishi lozim. Slaydlar sonining 10-12 ta bo„lishligi maqsadga muvofiqdir. 1- slaydda bitiruv malakaviy ishining mavzusi, ob‟ekti, maqsad va vazifalari, bitiruvchi va ish rahbari, ish bajarilgan muassasa va kafedra haqida ma‟lumotlar aks ettiriladi. Oxirgi slaydda xulosa va takliflar keltiriladi. Qolgan slaydlarda esa ish mazmuni erkin shaklda ifodalanadi. Slaydlar avtoko„rinish tartibida yoki sichqoncha yordamida namoyish etiladi.
Bitiruv malakaviy ishning grafik qismiga qo„yiladigan
talabvako„rsatmalar.Hamma konstruktorlik chizmalar asosiy formatlarda A1(24), A2(22),A3(12)va A4(11), GOST2.301-68 (ST SEV 1178-78) chiziqlar bo„yicha, GOST2303(STSEV 1078)ga binoan bajariladi; ularga hamma yozuvlar va sonlar standartchizmaharflar (shriftlar) bilan GOST 2.304-81 (ST SEV 851-78, ST SEV 1190-78)bo„yicha o„rnatiladi, materiallarning grafikasini belgilanishi va chizmalarda ularnichizish qoidalari GOST 2.306-68 (ST SEV 860-78) binoan bajarilishi kerak, shakllari, o„lchamlari va asosiy yozuvlarning mazmuni GOST 2.109-73 (ST SEV 858-78, ST SEV 865-78) bo„yicha aniqlanadi. GOST 2.109 (ST SEV 858-78, ST SEV 1182-78) yig„ma chizma hujjatdir, yig„ma birikmalar (komplekt) qabul qilishni, nazorat qilishni, ularni tayyorlash uchun kerak bo„ladigan ma‟lumotlarni ko„rinishini aks ettiradigan hujjatdir. Mahsulotning asosiy tavsifi va texnik talablari GOST 2.316-68 (ST SEV 858-78) ga binoan yoziladi, birikmalarni o„tkazish GOST 2.25347-82 (ST SEV 144-75) bo„yicha tanlanadi.SHakl va yuzalarning joylashishi bo„yicha chetlanishlar va ruxsat etilganqiymatlar ST SEV 368-76 bo„yicha, yuza g„adir budurliklari esa GOST 2.309-73bo„yicha belgilanadi. CHizmalarda o„lchamlarning ruxsat etilgan chetlanish qiymatini qo„yish GOST 2.109-73 bilan amalga oshiriladi.
10. Malakaviy ishni himoya qilishga taqdim etish Belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan bitiruv malakaviy ishtalab darajasida bajarilganligini ish rahbari o„z mulohazasida yozib kafedra mudiriga taqdim etadi. Bitiruv malakaviy ishtalab darajasida bajarilganligini ishonch hosil qilgan ish rahbari mulohazada talabaning faolligi, qabul qilingan qarorlardagi yangiliklar, qanday muammoni hal etganligi va qanday natija berish mumkinligini hamda ishning boshqa ijobiy tomonlarini tavsiflaydi. Kafedra mudiri taqdim etilgan materiallar asosida, malakaviy ishni talaba tomonidan Davlat attestatsiya komissiyasi (DAK) da himoya qilishga kiritish haqidaqarorqabulqiladi.Himoyaga kirishga rasmiy ruxsat olingandan so„ng malakaviy ishgataqrizolish uchun ishlab chiqarishdagi mutaxassislar yoki oliy o„quv yurtlarining professor-o„qituvchilariga yuboriladi.Taqriz olgandan so„ng fakultet dekani malakaviyishnihimoyaqilishuchunDAKgayuboradi.Bitiruv malakaviy ishini himoya qilishtartibiO„zbekistonRespublikasioliyta‟lim muassasalari bitiruvchilarining «YAkuniyDavlatattestatsiyasito„g„risidagiNizom» bilan belgilanadi va davlat tilida (o„zbektilida)o„tkaziladi.Kafedratavsiyasiga asosan bitiruv malakaviy ishi xorijiy tillardahambajarilishimumkin.Bunday hollarda bitiruv malakaviy ishiga davlat tilida annotatsiyailovaqilinadivaishni himoya qilishda taqdim etiladi. Bitiruv malakaviy ishni himoyasi zamonaviy axborot texnologiyalari vositasida taqdimot (prezentatsiya) shaklida tashkil etiladi va o„tkaziladi.Institutda zamonaviy axborot texnologiyalari vositasidataqdimotshaklidabitiruv malakaviy ishlar himoyasini tashkil etish uchun maxsusjihozlanganauditoriyalarbelgilanadi.Bitiruv malakaviy ishlar mavzusi mazmun-mohiyativaxususiyatlarigamuvofiq ularning himoyasini tashkil etish va o„tkazishningboshqashakllariinstitut Ilmiy kengashi tomonidan o„rnatilishi mumkin.
Arxiv, axborot resurs markazi va kafedralarda saqlanayotgan yoki internet resurslaridan foydalanish aynan ko„chirib olinganligi rasmiy himoyagacha aniqlanib, tasdig„ini topgan bitiruv malakaviy ishlari kafedra mudiri taqdimnomasiga asosan rektor buyrug„i bilan bekor qilinadi va bitiruvchiga qoniqarsiz baho qo„yilib, ish rahbari esa keyingi 3 yil davomida rahbar etib tayinlanmaydi.Bitiruv malakaviy ishlarni himoya qilish taqdimot shaklida o„tkaziladi. Baholash mezonlari sifatida talabaning taqdimoti, bajargan bitiruv malakaviy ishi hamda ushbu ish mazmuniga mos keluvchi ayrim savollarga javoblari olinishi mumkin. Ballarga muvofiq keluvchi baholar: 86–100 ball – «a‟lo», 71–85 ball– «yaxshi», 55–70 ball – «qoniqarli», 0–54 ball – «qoniqarsiz» hisolanadi. Bitiruv malakaviy ishi himoyasi natijalari bitiruv ishi himoyasini qabul qilish kommissiyasi bayonnomasi bilan rasmiylashtirilib, uning raisi, a‟zolari va kO'quvchi-talabalarning fanni o'rganishlarida nazariy va amaliy darslar bilan bir qatorda maslahat darslari ham muhim o'rin tutadi (Nazariy va amaliy darslar, V va VI boblar). O 'quv jarayonini tashkil qilishda, ayniqsa, seminar, amaliyot darslarini ko'ngildagidek o'tishini ta ’minlashda maslahat darslarining o ‘z o ‘rni bor. M aslahat darslari guruhiy va individual tarzda o'tkazilishi mumkin. G uruhiy maslahat darslarini semestr yakunida yoki m urakkab mavzuni m uhokam a qilishda o ‘tkazish yoki guruhning talabi bilan, aytaylik, yangi o ‘quv adabiyotini o'rganish, munozarali m uam m olarni hal etish uchun tashkil etish mumkin.
Maslahat darsining asosiy qismi individual tarzda o ‘tkazilib, u ixtiyoriy ravishda tashkil etiladi. Talabalar qayerda maslahat darsidan zarur yordam olsalar, o'sha yerda maslahat darsiga bajonidil qatnashishadi. Aynan m aslahat darslarida talabalar adabiyotlarni konspekt qilish, m ustaqil o‘qishni tashkil etish masalalari bo'yicha ham da o'zlari uchun qiyin bo'lgan boshqa savollarga javob olishadi. O'qituvchi maslahat darsida faqat talabaning savoliga javob berish bilangina qanoatlanib qolmay, balki qoloq talabalar bilan ishlashga e ’tibor qaratishi lozim. M aslahat darsi qayerda, qachon, qanday mavzuda o'tishini talabalarga yetkazish kerak. Individual maslahat darsi o'qituvchining o'quvchi, talabani yaqindan bilishiga, uning ichki dunyosi,-psixologik xususiyatlarin to'laroq his qilishiga yordam beradi. U nda o'quvchi-talaba faqatgina axborotga ega bo'lib qolmay, fan bo'yicha har tom onlam a maslahat oladi. Shuning uchun ham fanni chuqur o'zlashtirishga, izlanishga, uning qiziqishini kengaytirishga yordam beradi. Talabalam i amaliyot bilan yaqindan tanishishida sayyor darslarning roli katta. Bunday dars o'rganilayotgan soha bo'yicha korxona, tashkilot, muassasalarda o'tkaziladi. U yerda ishlayotgan mutaxassislar o'quvchi-talabalarni ish jarayoni bilan tanishtirib, dars o'tadilar. N atijada, talabalar amaliyot bilan yaqindan tanishadilar. Elektron darsliklar yaratilishi bilan hayotga masofadan o'qitish kirib keldi. U ning o'ziga xos afzalliklari va kamchiliklari bor. O 'qitishning bunday shakli qanday rivojlanishini kelajak ko'rsatadi. Maxsus fanlarni o'qitishda qo'llaniladigan usullarni aniq belgilab, yuqori samara beruvchi usullardan foydalanish, mashg'ulotlar davomida berilayotgan bilim va ko'nikmalarning talabalar tomonidan o'zlashtirish darajasini belgilovchi nazorat va tekshirishning turli usullari hamda testlardan foydalanish muhim ahamiyat kasb etadi. Har bir kasbiy fan uchun o'quv dasturi talabiga mos holda dastavval tayanch tushunchalarni aniq belgilab olib, ularning darajasi va me'yorini aniqlas h kerak. Talabalarning ma'lumot darajasi oshib borishiga va rivojlanishiga qarab predmetni bayon qilishning didaktik tizimi fan tizimiga tobora yaqinlashib boradi. Mashg'ulotlarni o'tkazishda dasturga aniq rioya qilish va talabalarning darslik bilan ishlashi ularning bilimlarni muayyan tizimda o'zlashtirib olishga yordam beradi. Ta’lim jarayonida tizimlilik va izchillik tamoyilini amalga oshirishda ta’lim beruvchi o‘quv materiallarini oldingisini keyingisi uchun asos bo‘lishi, keyingisi esa, oldingisining davomi va oldingisi bilan mustahkam bog‘liq bo‘lishini ta’minlashi lozim. Darsning tizimli va izchil bo‘lishida quyidagilarga e’tibor berish, ya’ni ma’lumdan – noma’lumga, osondan – qiyinga, oddiydan – murakkabga, yaqindan– uzoqqa, yakkadan – umumiyga, umumiydan – juz’iyga, konkretdan – abstraktga, misollardan – qoidalarga o‘tish tavsiya etiladi. Amaldagi qo‘llanib kelayotgan DTS talablari asosidagi o‘quv rejalari va dasturlari ham ta’limning tizimli va izchil bo‘lishiga amal qilingan holda tuzilmoqda. Xullas, ta’limning ilmiy, tizimli va izchil bo‘lishi tamoyili ta’lim jarayonida bir – biriga mustahkam bog‘langan holda umumiy birlikni tashkil etadi. otibii tomonidan imzolanadi.
Foydalanilgan adabiyotlar roʻyxati
1.Тожибоева Д.Махсус фанларни ўқитиш методикаси.-Т.: Фан ва технолгия. 2007.-541 бет.
2.D.Tojiboeva, Yo’ldoshev. Maxsus fanlarni o’qitish metodikasi. Darslik.-T.: Aloqachi, 2009.-568 bet.
3.Файзуллаева Д. Мутахассислик фанларини ўқитиш методикаси.- Т.: Иқтисодиёт, 2013.
4.Хакимова М.Ф., Файзуллаева Д., М. Лутфуллаева Н.Х. Махсус фанларни ўқитиш услубиёти. Ўқув қўлланма.-Т.: ТДИУ, 2014.
5.Хўжаева Н., Хасанбоев Ж., Мамажонов И., Мусахонова Г. Янги педагогик технологиялар. Ўқув қўлланма.-Т.: ТДИУ, 2007.-180 б.
Yüklə 13,47 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə